alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KEKSALAR HAM TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TDILAR, HAM MADANIY HORDIQ OLDILAR

18:19 14.06.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Sahovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq shahrimizdagi “Sahovat” keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rik o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, hozirda internat uyida 98 nafar keksa otaxon va onaxonlar istiqomat qiladi. Ularga 9 nafar shifokor, 23 nafar hamshira, 28 nafar kichik tibbiyot xodimlari tibbiy xizmat ko‘rsatadilar. Qariyalar yilda 2 marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bu gal ularning salomatliklarini institutning 16 nafar mutaxassislari tekshirdilar. Ularni bezovta qilayotgan holatlari bo‘yicha shifokorlarning keravkli maslahat va tavsiyalari berildi. UZI, EKG va laborator tekshiruvlari ham olib borildi.

Shuningdek, tibbiy-ko‘rikdan so‘ng “Yoshlar oyligi” doirasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faolllari tomonidan ko‘ngilochar konsert dasturi ham tashkil etildi. Yoshlikni madh etuvchi sho‘x qo‘shiq-kuylarga otaxon va onaxonlarimiz mazza qilib raqsga tushdilar. She’riyat ixlosmandlari tomonidan she’rlar o‘qildi. “Yosh volonyorlar” jamoasi esa sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tarqatma materiallarni ulashdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!