Marhamat tumani yoshlari bizning talabalar bilan birladhishmoqda. Qushchi MFYning Sherobod va Madaniyat, Paxtakor MFYning Ozod va gulzor koʻchalarida «Yosh volontyorlar» jamoasi hamda Yosh gitarachilar jamoasi madaniy tadbir tashkil etdilar. Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, koronavirus havfini oldini olish boʻyicha aholiga maʼlumotlar berildi. Yosh gitarachilarning shoʻx qoʻshiqlariga mahalla yoshlari mazza qilib raqsga tushdilar.
ADTI matbuot xizmati