alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MEHRIBON QALB – MEHRGA MUSHTOQ MASKAN“

18:32 23.08.2021


“Bolalar shaharchasi”. Shaharchada umuman hayot boshqacha boʻladi. Ota-onasining mehridan, oila quvonchidan bebahra bolalarning koʻzlaridagi mung, hadik, sogʻinch va alamni izohlash oson emas. Toʻgʻri, ularni hech qanday moddiy neʼmatga ehtiyoji yoʻq, baraka topsin, sogʻmi, nogironmi barisi davlatimizning himoyasida. Biroq, farzand uchun ota-onadan boshqasi berolmaydigan mehr deb atalgan tuygʻu borki, uni bu murgʻak qalblarga hech kimsa bera olmaydi. Bersa ham, ota-ona oʻrnini hech kimsa bosa olmaydi. Ular bola qalbi bilan bir-birini tushunadi, bir-biriga suyanch, yelkadosh boʻlib qolishgan.

Xabaringiz bor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yilning 28-iyul kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Yurtboshimizning tashabbusi bilan mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va maʼnaviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazishga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada yangi tizim joriy qilinishi taʼkidlangan edi.
Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham Andijon shahridagi bolalar shaharchasi oʻgʻil-qizlarining maʼnaviyatli va vatanparvar boʻlib kamol topishlari uchun astoydil bel bogʻlaganlar.
Bolalar shaharchasi bilan hamkorlikda yoʻl xaritasi ishlab chiqilgan boʻlib, navbatdagi tadbirlar Gulxayo Xolmatova rahbarligida institut faol xotin-qizlari tashabbusi bilan tashkil etildi.
Kun davomida Pokistonlik oʻqituvchimiz Ayisha Zamon tomonidan ingliz tili mashgʻulotlari, talabalar turar joyida tashkil etilgan toʻgarak rahbarlari Shoira Xasanova pazandachilik, Muhabbat Soliyeva chevarchilik, Zulxumor Abdullayeva sport mashgʻulotlarini olib bordilar. Kutubxonada sheʼriyat muxlislari uchun ”Soʻz qadri“ mavzusida suhbat tashkil etildi. Shaharcha tarbiyalanuvchisi, ijodkor oʻquvchi qiz Koʻhinur Komilovaning shoir M. Botirovning ”Tirik yetim deya atashmasa bas!» nomli sheʼrini taʼsirchanlik bilan ifodali oʻqishi qalblarni larzaga soldi. Kun davomida mehrga muhtoj koʻngillar onalik mehridan bahra oldilar. Bolalar shaharchasidagi mehr-muhabbatga toʻla faoliyatimiz hali davom etadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!