alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MUHAMMAD YUSUF BATTLE” KECHASIGA MARHAMAT

09:06 23.04.2021

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufni yod etish,  boy merosini yoshlarimiz o‘rtasida targ‘ib qilish,  xotiralash  maqsadida  Talabalar turar joyida   institut ustoz-murabbiylari, talabalari, inrstitut hududidagi  mahallalar  yoshlari o‘rtasida

“Muhammad Yusuf battle” kechasi o‘tkaziladi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarini asosan aholi, ya’ni mahalla fuqarolari  tashkil etadi. Shuning uchun ham yakshanba kuni talabalar turar joyida  tashkil etilmoqda.  Tadbir ko‘cha muhitida yoshlar orasida tashkil etilib, tadbir o‘tkaziladigan joyda Muhammad Yusuf  rasmi, devorlarda targ‘ibot qiluvchi “ko‘cha” ko’rinishida chizilgan yozuvlar, turli ko‘rinishdagi “ko‘cha” dekoratsiyalari tayyorlanadi. Gulxan albatta past olovda yoqiladi.

Tadbirning dastlabki 20-25 daqiqasida aholini jalb etish maqsadida kayfiyat ko‘taruvchi zamonaviy yoshlarbop, ya’ni o‘zlarini uslubidagi qo‘shiq va raqslardan foydalanib (jaz, pop, rep janrlardagi musiqalar, qiziqarli raqslar, break dance, gitarachilar jalb etiladi), yoshlarni  she’rga, adabiyotga  qiziqishlari, kitob mutolaasini targ‘iboti, ajdodlar boy merosi, milliy qadriyatlarimiz targ‘ib qilinadi singdiriladi, yoshlar tili bilan aytganda o‘zlarini uslubidan foydalanib, o‘zlariga bugungi kun yoshlar siyosati yetkaziladi.

Shundan so‘ng davrada ham tarixdan, adib hayoti va ijodidan  ilmi bor, ham pozitiv ruhda yoshlarni jalb qila oladigan boshlovchi o‘rtaga chiqib barchaning e’tiborini davraga qaratadi. Yoshlarimizga jarayonlardan lavhalarni #MuhakmmadYusufbattle xeshtegi ostida joylab borishlarini so‘raydi. Bellashuv shartlari  bilan tanishtiradi.

Bellashuv shartlari:

– Barcha ishtirokchilar ko‘ngilli yoshlardan jalb etiladi.

– Ishtirokchilar yakka tartibda o‘zi uchun bellashadi.

– Ishtirokchilar (4-5ta) ikki guruhga bo‘linib bir-biriga qarama-qarshi turib har ikki tomonning birinchi ishtirokchilari bellashishni boshlashadi.

– Masalan Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga tegishli har qanday ma’lumot yoki she’rlaridan  aytib “raund” deydi. Shunda navbat raqibiga o‘tadi. Raqib tomon ham o‘zidan avval aytilgan ma’lumot yoki ruboiydan boshqasini aytib “raund” deydi. To‘xtab qolgan (ma’lumot yoki she’r topa olmagan, takror aytgan) ishtirokchi bellashuvni tark etadi.

Shu asnoda bitta g‘olib aniqlanadi va u Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga oid raqiblariga nisbatan eng ko‘p ma’lumotga ega, ( deb e’tirof etiladi va taqdirlanadi).

Boshlovchi tomoshabinlar orasidan ko‘ngilli ishtirokchilarni tanlaydi va asosiy qismga start beradi.

Asosiy qismi 20-25 daqiqa davom etadi. G‘olib taqdirlangandan so‘ng yoshlar uchun 10 daqiqalik disko atmosfera yaratib beriladi hamda shu bilan tadbir yakunlanadi.

Bundan ko‘zlangan maqsad faqatgina talabalar bilan cheklanibgina qolmay, aholi, asosan uyushmagan yoshlar orasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf  hayot faoliyati, ilmiy merosi  targ‘ib qilinadi.

Ishtirokchilar soni chegaralanadi, har bir jamoada, lekin yoshi chegaralanmaydi, har bir jamoa 5 kishidan iborat bo‘ladi, jamoa tarkibi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lishi mumkin.

Albatta tomoshabinlar ichida adib haqida ketayotgan she’r, ma’lumotlarni to‘g‘riligini tasdiqlab turuvchi ziyolilar bo‘lishi  shart. Hakam desa ham bo‘ladi, tanlangan adibga qarab oldindan tarixchi, adabiyotchi professor o‘qituvchilar tanlovga biriktiriladi.

Eslatib o’tamiz, tadbirimiz mehmoni Muhammad Yusufning turmiush o’rtog’i shoira Nazira As-Salom hamda qizlari Madina Muhammad va Nozima Yusupovalar bo’ladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!