Ertaga Yangi yil. Barcha maskanlarda bayram shukuhi avjida. “Obod” MFY markaziga bezatilgan archa atrofida bayram tadbirlari davom etmoqda. Bu gal Davolash fakulteti xodimlari tomonidan chiqishlar namoyish etilmoqda. Bir yonda Qorbo va Qorqiz sheʼr va qoʻshiq yod olgan bolajonlarni sovgʻalar bilan xushnud etayotgan boʻlsa, bir yonda stol tennisi musobaqalari oʻtkazilmoqda.
Bunday koʻngilochar dasturlar xalqimizning faraxbaxsh kunlariga mazmun va xushkayfiyat ulashishga xizmat qilmoqda.