Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PREZIDENT QARORI AMALDA: O‘ZBEKISTON VA KOREYA DAVLATLARINING OTMlari HAMKORLIGIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR ISHTIROKIDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

14:24 17.04.2023

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga innovatsion taʼlim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8-may 2019-yildagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash” to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni intellektual, ilmiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirish va ularni sohaga qiziqtirish uchun sharoitlar yaratishni tashkil qilish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalari bo‘yicha prorektori boshchiligida Koreya milliy transport universiteti «Tibbiyot ishi» fakulteti bilan hamkorlikda ilk marotaba innovatsion yondashuv asosida “Birinchi tez tibbiy yordam” mavzusida o‘quv-treninglar tashkil qilindi.

Ushbu o‘quv-treninglar Andijon viloyatida yashovchi maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari va tarbiyalanuvchilariga aholi gavjum joylarida, bozorlarda, savdo markazlarida ko‘p sonli aholi vakillari ishtirokida o‘tkazildi.   Unda kichik yoshdagilarga tibbiyot sohasi haqida qisqacha maʼlumot berildi va birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliyot jarayonlarida bolalarning o‘zlari qatnashdilar. Bu ularda katta taassurot qoldirib, sohaga bo‘lgan qiziqishlarini orttirdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!