Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR TALABALAR BILAN MULOQOT O‘TKAZDI

19:30 14.10.2024

Bugun, 14-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Pediatriya va Davolash fakultetlari talabalari bilan uchrashdi.

Unda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, fakultetlar va talabalar ishtirok etdi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda institut rektori barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, professor-o‘qituvchi va talabalar uchun yaratilayotgan sharoit hamda imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, o‘z navbatida yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o‘qib, o‘rganib, kelajakda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishlari lozimligini ta’kidladi.

– Sizlarning o‘qib-izlanishingiz uchun barcha imkoniyatlar bor. Har bir darslarda faol ishtirok etish, axborot-texnologiyalaridan unumli foydalanishingiz kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishingizga zamin yaratadi. Bu uchun axborot-resusrs markazida ham ilmiy, badiiy, elektron kitob fondimiz ham mavjud,- deya ta’kidladi institut rektori.


Shuningdek, institut rektorining talabalar bilan muloqot qilishi doimiy an’ana ekanligini, ularning tashabbus va takliflarini amalga tatbiq etishga doimo tayyorligini bildirib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

Institutda va talabalar turar joyida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, kiyinish madaniyati, kuz-qish mavsumida texnika xavfsizligigga amal qilish yana bir bor ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida talabalar taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!