Andijon davlat tibbiyot instituti sport zalida Rektor kubogi uchun sport musobaqalari boshlandi. Unda fakultetlar, boʻlim xodimlari, tyutorlar jamoa boʻlib ishtirok etdilar. Musobaqa avvalida institut rektori M.Madazimov soʻz olib, xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ularni sportga jalb etish, talabalarga namuna boʻlishda bunday bellashuvlarning ahamiyati yuqori ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Erkaklar oʻrtasida stol tennisi, mini futbol, shaxmat-shashka kabi sport turlarida musobaqalar oʻtkazildi, ayollar esa voleybol sport turida oʻzaro bellashdilar.
Musobaqalar ertaga ham davom etadi.
ADTI matbuot xizmati