alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar turar joyidan joylar kimlarga ajratiladi?

19:32 03.09.2021

Mazkur savol Andijon viloyati tumanlari, boshqa viloyatlardan kelib oʻqiydigan barcha talabalarni oʻylantirmoqda. Soʻnggi uch yil ichida talabalar soni 3700 nafardan 8300 nafarga oshdi. Talabalar turar joyida esa oʻrinlar soni 700 tani tashkil etadi. Shularni hisobga olgan holda talabalar turar joyidan joy birinchi navbatda, tasdiqlovchi xujjatlar asosida chin yetim, yetim, nogironligi bor talabalar va «temir daftar»iga kiritilgan oila farzandlariga va ulardan keyin joylar soni ortadigan boʻlsa, boshqa viloyatlardan kelgan 1-bosqich talaba qizlarga ajratiladi.

Quvonarlisi, Prezidentimizning topshiriqlariga asosan 2022-2025-yillarda ADTIda 4 ta 400 oʻrinli, jami 1600 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi qurilishi rejalashtirilgan.

Ijarada yashovchi talabalarning ijara xarajatlarining bir qismi davlat byudjetidan qoplanadi. Prezident farmoniga koʻra, 2021- yil 1- maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan, ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!