alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“VATAN TARAQQIYOTIGA MENING XISSAM” RESPUBLIKA TANLOVI START OLDI

14:09 14.11.2021

Yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuygʻularini kuchaytirish, ularning ijodiy fikrlashini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening xissam” respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov 3 yoʻnalishda oʻtkaziladi:

–  Tasviriy va amaliy sanʼat;

–  Adabiyot va publitsistika;

–  Milliy maqom va milliy estrada.

Respublika tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan har bir ishtirokchi oʻz ishlarini tanlov yoʻnalishi nomini koʻrsatgan holda, tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining xududiy boʻlimlariga maʼlumotnoma bilan birgalikda topshiradi.

Ishtirokchilar quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari lozim:

–  ariza-anketa;

–  shaxsni tasdiqlovchi xujjatning nusxasi;

Tanlovda taqdim etilgan ijodiy ishlar yakka tartibda yoki yoki jamoaviy tarzda bajarilgan boʻlishi mumkin.

Tanlovga arizalarni qabul qilish www.ziyo-tanlov.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etib, oʻz ijodingizni namoyon eting!

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!