alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Vatanni himoya qilish sharafli burchimiz!

15:21 13.01.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati “Vatanni himoya qilish barchamizning sharafli burchimiz!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimov ochib berar ekan, muqaddas Vatan himoyasi har birimizning muqaddas burchimiz ekanligi, Vatan himoyachisi degan sharafli nomga ega bo‘lish har bir yigitning orzusi ekanligi ta’kidlab o‘tdi.


Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi O‘.S.Po‘latova rahbarligida davolash fakultetining 3-bosqich talbalari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur O‘zbekiston Respublikasi davlat madhisining jo‘rovozlikda kuylash bilan boshlandi.

Vatanni, mard harbiy xizmatchilarni madh etuvchi she’rlar, ona Vatan haqidagi qo‘shiqlar olqishlar bilan kutib olindi.


Harbiy vatanparvarlik ruhidagi sahna ko‘rinishi barchaga manzur bo‘ldi.

Institutning “Ulfatlar jamoasi tomonidan taqdim etilgan sahna ko‘rinishlari baryram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

“Vatanni himoya qilish barchamizning sharafli burchimiz!” shiori ostida bayram tadbiri yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!