alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” qo‘shiqlar tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

10:49 13.06.2019

Bugun, 13 iyun kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” qo‘shiqlar tanlovining  2-bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi PQ-1091  qarorida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirining 2019 yil 20 apreldagi 364-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirni ADTI ma’naviyat-ma’rifat  bo‘limi boshlig‘i  A.Abduhalimov ochib, ko‘rik-tanlovni o‘tkazilish tartibi va hay’at a’zolari bilan tanishtirdi.

Tanlovda Andijon davlat universiteti pedagogika fakultetining musiqa ta’limi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi I.Abdullaeva “Vatandan ayro etma”, Andijon mashinasozlik instituti matbuot kotibi  O.Odilov “Barcha uchun birdek aziz makon”, Andijon davlattibbiyot instituti davolash fakulteti 4-bosqich talabasi I.Hoshimov “Yoshlar madhi”  nomli qo‘shiqlarini ijro etdilar.

Qo‘shiqlar ijrosini taniqli shoir va yozuvchilar  Nusrat Abdusalom, Orifjon Meliev, Vosit Ahmadlardan iborat hay’at a’zolari odilona baholab bordilar.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Andijon davlat universiteti talabasi I.Abdullaeva 1-, Andijon mashinasozlik instituti matbuot kotibi O.Odilov 2-, ADTI talabasi I.Hoshimov 3- o‘rinni egalladi.

Tanlov ishtirokchilariga diplomlar topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!