2019 -yil 1-iyun kuni ADTI talabalar turar joyidagi sport zalida O‘zbekiston voleybol Federatsiyasi Andijon viloyat bo‘limi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, institut reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari hamkorlikda davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning – Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ikkinchi tashabbus ijrosini ta’minlash hamda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sportning voleybol turi bo‘yicha viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda viloyatimizning barcha tumanlaridan kelgan o‘quvchi qizlardan iborat jamoalar faol qatnashdilar. Voleybol musobaqasi qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Mazkur sport tadbirida Andijon olimpiya zaxiralari maktab-internati jamoasi 1-, Baliqchi tumanining voleybolchi qizlari 2-, Marhamat tumani jamoasi 3- o‘rinni qo‘lga kiritdilar. G‘olib jamoalarga esdalik sovg‘alari va diplomlar taqdim etildi.