alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchi- shifokorlari uchun ochiq integral ma’ruza

15:32 28.12.2019

Andijon davlat tibbiyot institute vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchi shifokorlari va professor o`qituvchilari uchun ochiq integral ma’ruza bo’lib o’tdi.


100 dan ortiq shifokor  tinglovchilar qatnashgan integral ma’ruzalarda Akusherlik-genekologiya kafedrasi mudiri dotsent O.A.Yakubova “Zamonaviy kontratsepsiya vositalari turlari va ularni afzalliklari”, Bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti Z.D.Isomiddinov “Bolalar yuz jag` tug`ma nuqsonlarida xirurgik rekonstruksiya amaliyoti”, Umumiy amaliyot shifokorlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash kafedrasi mudiri dotsent G.U.Nazarova “Yuqumsiz kasalliklar epidemiologiyasi va xavf omillarini tarqalishi” mavzularida qiziqarli ma’ruza qildilar.


Ma’ruzalardan so’ng Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.X.Tursunov so`zga chiqib barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan qizg’in tabrikladi. Z.D.Isomiddinovga 2019-yil O`zbekistonda bolalar plastik xirurgiyasini rivojlantirishdagi faol harakatlari uchun maxsus diplom va kubok sohibi bo’lganligi bilan esdalik sovg`alari topshirdi.

X.Tursunov

VMO va QT fakulteti dekani

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!