alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO HAMKORLIKLARNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA DADIL QADAMLAR TASHLANMOQDA

16:27 13.07.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulovning Hindiston davlatidagi xizmat safari davom etmoqda.

Uning doirasida institut rektori M.Madazimovning aprel oyida bo‘lib o‘tgan Hindiston safari chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amaliy qadamlari muhokamasi bo‘yicha mamlakatning eng katta klinikalar tarmog‘i “Apollo” klinikasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu klinikada eng zamonaviy jarrohlik operatsiyalari o‘tkazilib kelinadi. U yerda Dr.Sudhir Dhakre bilan Transplantologiya operatsion xonalari, bemorlarni operatsiyaga tayyorlash va keyingi monitoring jarayonlari, murojaatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Tibbiy sohada Andijon davlat tibbiyot instituti imkoniyatlarini o‘rganish va transplantologiya operatsiyalari uchun xonalarni to‘g‘ri tashkil etishda tavsiyalar berish uchun Dr.Sudhir Dhakre boshchiligida hindistonlik shifokorlarning avgust oyida institutga safari rejalashtirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!