alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO HAMKORLIKLARNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA

16:28 25.03.2024

Bugun, 25-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Mechnikov nomidagi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetidan tashrif buyurgan universitetning xalqaro bo‘limi ijrochisi Kashina Yuliya Yuryevna bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvda institutning Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov va Tibbiy profilaktika kafedrasi mudiri M.Axmadxo‘jayeva ham ishtirok etdi. Suhbat davomida oliygohlar o‘rtasidagi hamkorlik, mutaxassislar va talabalar almashinuvini rivojlantirish masalalarida fikr almashildi. Tomonlar o‘rtasida takliflar bildirilib, muhokamalar o‘tkazildi.

Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish borasida tibbiy profilaktika yo‘nalishida ham amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Uchrashuvda institut hayoti va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar aks etgan videorolik Yuliya Kashinaga manzur keldi. Mustahkam hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!