Xalqaro  olimlar ishtirokida konferensiya

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2018-yil 19-dekabr kuni Andijon shahri “Hamkor” biznes markazida xorijiy olimlar ishtirokida konferensiya bo’lib o’tdi.

Anjumanni gospital terapiya hamda 1-UASHT kafedralari hamkorlikda tashkil etdilar. “Gastroenterologiyaning dolzarb muammolari” deb nomlangan anjumanni ADTI ilmiy ishlar bo’yicha prorektori, professor G’.Hojimatov ochib berdi.

Konferensiyada xorijiy mehmonlar, institut professor-o’qituvchilari, klinik ordinatorlar hamda Farg’ona vodiysi viloyatlari endokrinolog, gastroenterolog , UASHlari ishtirok etdilar. Konferensiya dasturi bo’yicha tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari hamda xorijiy olimlarning  o’nga yaqin taqdimotlari  ko’rib chiqildi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining A.S.Loginov  nomidagi Moskva klinik ilmiy markazi  oshqozonosti bezi, o‘t yo‘llari va hazm trakti yuqori bo‘limlari patologiyalari  bo‘limi boshlig‘i,  tibbiyot fanlari doktori, professor  Bordin Dmitriy Stanislavichning  “Oshqozonosti bezi ekzokrin qismi yetishmovchilgini tashxis va davolash usullari” va “Jigarning alkogolsiz yog’li distrofiyasi, takliflardan klinik amaliyotgacha” mavzularida qiziqarli  ma’ruzalari qatnashchilarga yetkazildi. Konferensiya kun tartibi bo’yicha yakuniga yetkazildi.

169