alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“XAVFSIZ TALABA.IIV” ELEKTRON TIZIMINI JORIY QILISH BO’YICHA YIG’ILISH O’TKAZILDI

20:44 07.10.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktika xizmati Yoshlar bilan ishlash bo’limi xodimlari rahbarligida «Xavfsiz talaba.IIV» elektron tizimini joriy qilish bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.

 

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov, institut profilaktika inspektori J.Xo’jayev, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim rahbari D.Matmusayev va tyutorlar ishtirok etdi.

Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktika xizmati Yoshlar bilan ishlash bo’limi xodimlari tomonidan platforma bo’yicha tushuntirish berib o’tildi. Yig’ilganlar ushbu platformaning ishlash mexanizmlari va qanday vazifa bajarishi borasida to’liq ma’lumotga ega bo’lishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!