alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XITOY XALQ RESPUBLIKASI FUQAROSI ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI KLINIKASI MUTAXASSISLARI TOMONIDAN OPERATSIYA QILINDI

11:44 17.05.2022

Shifokorning birinchi galdagi vazifasi bemor qay bir millat fuqarosi bo‘lmasin unga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Xitoy xalq respublikasi fuqarosi, “GM UZAVTO MOTORS“ korxonasining ish boshqaruvchisi Dong Manxong Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi mutaxassislari M.Shadmanov hamda G.Tursunov tomonidan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

Bemor bir necha yillar davomida siydik tosh kasalligi bilan og‘rib kelayotgan edi. Shifokorlarimiz tomonidan chap tomonlama transuretral ureterolitotripsiya va chap siydik nayini stentlash tashrixi o‘tkazilgandan so‘ng bemorning ahvoli yaxshilandi.

O‘zbekistonda barcha sohalar qatori tibbiyotning yuksak darajada rivojlanayotgani, shifokorlarning xushmuomalasidan behad quvongan bemor mutaxassislarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!