alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XOʻJAOBOD TUMANIDA “YOSH VOLONTYORLAR” JAMOASINING TARGʻIBOTI

20:57 05.07.2022

Mazkur jamoa mana toʻrt yildirki, aholi oʻrtasida sogʻlomlashtirish tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda. Koʻngilli talabalar shu yillar davomida viloyatimizning barcha shahar, tumanlarining mahallalarida boʻlib, fuqarolarimiz bilan yaqindan suhbatda boʻlishmoqda.

Bu gal ular Xoʻjaobod tumanidagi “Buyuk turon”, “Yangi chek”, “70 mergan”, “Garagura”  MFYlaridagi Magnit, Chimbuloq koʻchalarida boʻlib, honadonlarning aʼzolari bilan uchrashdilar. Suhbat davomida sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, har olti oyda tibbiy koʻriklardan oʻtish zarurligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, yoz mavsumi mobaynida toʻgʻri ovqatlanishga amal qilish, aholi oʻrtasida koʻp uchraydigan gipertoniya (qon bosimining oshishi), qandli diabed kasalligini uy sharoitida davolash mavzularida maʼlumotlar keltirildi.

Qolaversa, oila hamshiralari bilan birgalikda ayni kunlarda bemor boʻlgan otaxon va onaxonlarning ham holidan xabar olindi. Ularga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!