alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“XOʻTANARIQ” MFYDA 5 TA MUHIM TASHABBUS DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

18:18 04.02.2022

Doimo izlanish va harakatda boʻlgan yoshlar uchun imkoniyat topilaveradi. Pediatriya fakultetining bir qator xodimlari “Xoʻtanariq” MFYning uyushmagan yoshlari uchun mashgʻulotlar olib bordilar. Kompyuter savodxonligiga qiziqqan yoshlar mutaxassislardan oʻzlari uchun kerakli koʻnikmalarni oldilar. Ayniqsa, internetdan foydalanish madaniyati, samarali usullari borasidagi maʼlumotlar ayni muddao boʻldi.

Adabiyotga oshno qalblar esa moʻjaz kutubxonada bir maqsad sari birlashdilar. Ayni kunlarda tavallud ayyomlari nishonlanayotgan mutafakkir mir Alisher Navoiy hamda shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar mutaxassislarimiz tomonidan atroflicha berib oʻtildi.

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan mahallalarda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasidagi mazkur tadbirlarda uyushmagan yoshlar va oʻquvchilar katta qiziqish bilan ishtirok etishmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!