alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xodimlar bo’limi

 

ABDURAXMANOV AKMALBEK XASHIMOVICH

Bo’lim boshlig’i

Telefon: 74 2239471

 

 


BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI

  • Bo‘limning faoliyati va xodimlarining mehnatini tashkil qilish;
  • Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, topshiriq xatlari va telefonogrammalarini ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • Oliy o‘quv yurtining rektor nomenklaturasiga kiruvchi barcha xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni rasmiylashtirish, shuningdek yuqori organlar nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tasdiqdan o‘tish uchun xodimlar xujjatini tayyorlash;
  • Kafedra va institutning boshqa bo‘limlari bo‘yicha shtatlardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishni va joylashni amalga oshirish;
  • Xodimlarga asosiy mehnat qonunlarini tushuntirish;
  • Institutning barcha bo‘limlarida ichki tartib va mehnat intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;
  • Xujjatlashtirishga kiritilgan ariza, bildirishnomalarni ishlab chiqish xamda keyingi rasmiylashtirishda aniqlik kiritish;
  • Professor-o‘qituvchilar va boshqaruv apparati, ma’muriyat va o‘quv-yordamchi xodimlarning  tabellarini tekshirib borish va haqiqatda ishlamagan xodimlarga ish vaqti qo‘yilishi holatlarini oldini olish choralarini ko‘rish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 dekabrdagi  971-son qaroriga asosan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishi munosabati bilan mehnat shartnomalarni elektron tuzish, amaldagi mehnat daftarchalarni “YaMMT” IDAKdan ro‘yxatdan o‘tkazish. Institutda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning mehnat daftarchalari, mehnat shartnomalari va spravka ob’ektivkalarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi dasturiga doimiy ravishda kiritib borish, shaxsiy guvoxnoma blankalarini xisobga olish va topshirish, rektorga imzo uchun taqdim etiladigan buyruq loyihalarini tekshirish va nazorat qilish;
  • Professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xo‘jalik bo‘limi xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va joylashtirish bo‘yicha komissiyalar tarkibida qatnashish;
  • Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning xisobga olish bo‘yicha T-2 shakl barcha shaxsiy varaqchalarini tasdiqdan o‘tqazish, rasmiylashtirish, institut barcha xodimlariga belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’til jadvali asosida ta’tillarini berilishini nazorat qilish, zaxira kadrlar bilan ishlash, yillik, oylik xisobotlarni tayyorlashni ta’minlash va belgilangan muddatlarda taqdim etilishini amalga oshirish;
  • Xodimlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha belgilangan tartibda mehnat organlariga va yuqori tashkilotlarga xisobotlar tayyorlash va taqdim etishni ta’minlash;
  • Bo‘sh lavozimlarga iqtidorli yosh magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, kadrlar zaxirasiga kiritish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha rektorga takliflar kiritish.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!