alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJIY TALABALAR TASHABBUSI.

21:16 10.04.2021

Xorijiy talabalarning istak va xohishlari doimo eʼtiborda. Bugun institutimiz rektori M. Madazimov yana bir xorijiy talabalar bilan ochiq suhbat olib bordi.

Muloqotda prorektorlar, talabalar turar joyi tarbiyachilari, masʼullari, xorijiy boʻlim boshligʻi va fakultet dekani ishtirok etdilar.

Xorijiy talabalar darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida yakshanba kunlarida ham sport zalidan foydalanish, talabalar turar joyida ham simulyatsion xona tashkil etish, ingliz tilidagi badiiy va ilmiy adabiyotlarni koʻpaytirish kabi takliflari rektor tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va tez orada amalga oshirilishi taʼkidlandi.

Tashabbuskor xorijiy talabalarning bunday takliflari albatta barchani birdek quvontirdi. Bu esa ularning ilmga va sportga chanqoq ekanliklaridan dalolat beradi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!