alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJIY TILLAR KAFEDRASI TOMONIDAN “ENGLISH SPEAKING YOUTH” NOMLI TANLOV O‘TKAZILDI

22:15 17.11.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan  17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilindi. Zukkolar bellashuvi shaklidagi tanlov, “English speaking youth” nomi ostida ingliz tilida bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va chet tillarini o‘rganishni ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir avvalida institut rektori M.Madazimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarning samaralari va tibbiyotda, xususan institutimizda erishilayotgan yutuqlar hamda rejalarga to‘xtalib o‘tdi. Fursatdan foydalanib talabalarni bayram bilan tabrikladi va ezgu niyatlarini bildirib tadbirni ochib berdi.

Shundan so’ng, talabalar ingliz tilida 4 ta: 1-O’z jamoasini tanishtirish, 2-Ekranda ko’rsatilgan rasmni tasvirlash, 3-Berilgan so’zlardan kim tez maqol tuzish, 4-Maxsus tayyorlangan sharlarni ishirib yorish va uning  ichidagi topshiriqni bajarish kabi shartlar bo’yicha bellashdilar.

Tanlovda institutning 1-bosqich talabalaridan tashkil topgan 6 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Davolash, 2-o‘rinni Farmatsiya va 3-o‘rinni Stomatologiya fakultetlarining talabalari qo‘lga kiritdilar. G‘olib jamoalar va barcha ishtirokchilar institut rektorining esdalik  va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!