alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun test sinovlari o‘tkazildi

08:48 06.09.2020

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi OTMlari, jumladan Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishini ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun Andijon davlat universitetining chet tillar fakulteti sport zalida 5-sentyabr kuni onlayn test sinovlari o‘tkazildi.

Chet tillar fakulteti sport zalida 200 o‘ringa mo‘ljallangan imtihon o‘tkazish joyi hozirlangan bo‘lib, imtihon o‘tkaziladigan kompyuterlarda 300 mb/sek. tezlikdagi internet bilan ta’minlandi.
Imtihon topshiruvchilar hududga dezinfeksion tunel orqali kiritilib, tegishli tekshiruvlardan o‘tkazildi. Imtihonlar ikki smenada tashkil etildi.

Nomzodlar test sinovlarini onlayn rejimda topshirib, shu vaqtning o‘zida test natijalarini bilib olmoqdalar.
Imtihon o‘tkaziladigan hudud hamda sport zali perimetr bo‘yicha to‘liq kuzatuv kameralari nazorati ostida bo’ldi.

ADTI axbort xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!