alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XOTIN-QIZLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

20:42 27.03.2024

Bugun, 27-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan «Adolat» sotsial demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi bilan hamkorlikda talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi G.Xolmatova, «Adolat» sotsial demokratik partiyasi viloyat kengashi raisining o‘rinbosari M.Musayeva va shahar kengashi raisi J.Rahimova ishtirok etdi.

Davra suhbatida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni tazyiq va zo’ravonliklardan himoya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Oilalarda farovon va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun muhim bo‘lgan tavsiyalar aytib o‘tildi. Talabalar ham o‘zlarining fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!