alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xushxabar: Andijonda 4 ta virusga chalinganlar butunlay sog‘aydilar

09:12 14.04.2020

Andijondan xushxabar: 4 ta virusga chalinganlar butunlay sog‘aydilar, 97 nafar virusga chalinganlarning qolganlarini ham salomatlik holati talab darajasida, hattoki 85 yoshli onaxon va 7 oylik chaqaloqning ham salomatligi tiklanmoqda.
Ha, Andijon ahlining keyingi kunlardagi ilk xushxabari ham shunday, Andijon viloyatida Koronavirusga chalinganlar soni hozirgi kunda 97 nafar bo‘lib, ularning to‘rt nafari butunlay sog‘aydilar va shifoxonadan chiqib ketishga ruxsat etildi.
Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. 4 nafar sog‘aygan Andijonliklar salomatlik holatini tiklash – reabilitatsiya jarayonini o‘taydilar. Ularda martning oxirgi kunlarida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan edi. Ushbu bemorlar shifokorlar tomondan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalar tufayli ayni paytda darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi.
13-aprel holatiga Andijonda Koronavirusga chalinganlar 97 nafar bo‘lib, ularning eng yoshi 7 oylik chaqaloq bo‘lsa, eng yoshi ulug‘ onaxon 85 yoshdalar. 85 yoshli Andijonlik onaxonning salomatlik holati yaxshi bo‘lib, u to‘liq sog‘ayish arafasida.
Shuningdek maxsus shifoxonada davolanayotgan 97 nafar Andijonliklarga xizmatda bo‘lgan 117 nafar shifokorlar, hamshiralar, farroshlar, oshpaz va boshqa xizmatchilar brigadasi 14 kunlik mehnat faoliyatini tugatdilar. Ular maxsus test tekshiruvlardan o‘tdilar, ularda kasallik aniqlanmadi, ularning o‘rniga boshqa tibbiyot xodimlari va xizmatchilari faoliyatini davom ettiradilar. Darhaqiqat, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashda tibbiyot xodimlari jasorat va fidoyilik namunasini ko‘rsatib mehnat qilishmoqda. Oilasi, yaqinlari, xalqimiz uchun ishda qolib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining olishga harakat qilishmoqda. Bu kabi vatanparvarlikni maxsus karantin va tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan minglab tibbiyot xodimlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Respublikamiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 74 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!