alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YANGI ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

15:27 14.03.2024

Bugun, 14-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Daun sindromi bilan tug‘ilgan bolalarda ko‘rish, eshitish a’zolari kasalliklari” mavzusida xorijiy mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjuman avvalida institut rektori M.Madazimov Shveysariya davlatidagi “Light for sight” jamg‘armasi asoschisi, Toshkentdagi MESCA Foundation-National Eye Institute (Milliy ko‘z instituti) direktori Nikki Hafezi va “Magic ear academy” direktori, t.f.n. Nargiza Karimova bilan uchrashdi. Ushrashuv davomida tomonlar hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha suhbat o‘tkazdi va institut haqida batafsil ma’lumot beruvchi videorolik bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng, Toshkentdagi MESCA Foundation-National Eye Institute hamda Andijon davlat tibbiyot instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandumdan tomonlar o‘rtasida bilim va malaka almashish uchun, mana shu sohada faoliyat yuritayotgan shifokorlar va talabalar uchun tajriba maydoniga aylanishi, ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni hamkorlikda olib borish hamda jahon miqyosida tadbiq etish masalalari o‘rin olgan.


Yakunda tadbir mehmonlariga esdalik sog‘alari topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!