alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YANGI O‘ZBEKISTONGA YANGI TASVIRLAR” KO‘RGAZMASI BO‘LIB O‘TDI.

15:41 30.08.2021

“YANGI O‘ZBEKISTONGA YANGI TASVIRLAR” KO‘RGAZMASI BO‘LIB O‘TDI.

Rassom o‘z san’at asariga mehr bera olsagina muxlislar muhabbatiga erishadi. Andijonlik taniqli rassom Odiljon Nishonov yarim asrdirki, rang-tasvirlarida hayotni kuylab kelmoqda. Uning O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonga yangi tasvirlar” nomli ko‘rgazmasi tasviriy san’at ixlosmandlariga bayram tuxfasi bo‘ldi. Andijon davlat tibbiyot institutida ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda shoir, dramaturg Ziyo Najmiy hamda tasviriy san’at namoyondalari ishtirok etdilar. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor M.Botirov ochib berdi.

Ezgu tilaklar, munosabatlardan so‘ng ko‘rgazma lentasi qirqildi. Taniqli san’at, madaniyat, sport vakillarining portretlari rassom tomonidan shunday o‘xshatib chizilganki, suratga olingandek go‘yo. Tabiat va hayot manzaralari esa bir dam hayolga chulg‘aydi, bolalikka eltadi sizni…

Bu kabi ko‘rgazmalarni tashkil etish yoshlarda san’atga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otadi. Shuningdek, asriy an’analarimizni shakllantiradi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!