YAPONIYANING XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGI (JIKA) VAKILLARIDAN IBORAT DELEGATSIYA ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIGA KELDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2018-yil 6-dekabr kuni  Yaponiya Xalqaro   Hamkorlik  agentligi (JIKA) vakillari  Tanigushi Hajime, Matsuno Masato, Takemura Yoshimasa, Taketsuru Eyko hamda   agentlikning O‘zbekistondagi vakolatxonasi koordinatorlari Malik Muhitdinov, Sharifzoda Sharipovlardan iborat  delegatsiya a’zolari  Andijon davlat tibbiyot institutiga  tashrif buyurdilar. Mazkur delegatsiya O‘zbekistonda yangi loyihalarni  amalga oshirish,  o‘rganib chiqish maqsadida yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi. Delegatsiya a’zolarini Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov, ADTI klinikasi bosh shifokori B.Rahmonov, vrachlar malakasini  oshirish va qayta tayyorlash fakulteti  dekani H.Tursunov va boshqalar samimiy kutib oldilar.

Shundan so‘ng, institut  xalqaro hamkorlik bo‘limida Yaponiya  delegatsiyasi a’zolari bilan qizg‘in va do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi. ADTI rektori M.Madazimov  yaponiyalik  mehmonlarni  institut  faoliyati  bilan batafsil tanishtirdi. Jumladan  o‘quv-uslubiy, ilmiy –amaliy, xalqaro hamkorlik aloqalari  xususida gapirib, delegatsiya  a’zolarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Shuningdek, bugungi kunda ADTI klinikasini barcha talablarga javob bera  oladigan  fan, ta’lim, davolash   bazasiga aylantirish uchun zamonaviy davolash  va diagnostik asbob-uskunalar zarurligini ta’kidladi.

Suhbat davomida  ADTI klinikasi bosh shifokori  B.Rahmonov  institutning asosiy  o‘quv bazasi hisoblangan  klinikaning  bugungi faoliyati bilan tanishtirdi.U yerdagi davolash bo‘limlari va kafedralar faoliyatiga  to‘xtalib, zamonaviy tibbiy  jihozlar va asbob uskunalarning  yetishmayotganligini  aytib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida professor H.Tursunov  vrachlar malakasini  oshirish va qayta  tayyorlash fakulteti tomonidan amalga  oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi.

Suhbat  yakunida institut rektori M.Madazimov  mazkur hamkorlik aloqalari kelgusida o‘zining samarasini berishiga, qolaversa,talabalarning  tibbiy bilimlarni mukammal egallashlarida, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlar, mutaxassislar faoliyatida  foydali bo‘lishiga ishonch bildirdi. O‘z o‘rnida  delegatsiya  rahbari Tanigushi Hajime ham ADTI va uning bazasidagi klinika to‘g‘risida berilgan ma’lumotlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng,  Yaponiya delegatsiyasi instutut simulyatsion markazida bo`lib u yerdagi amaliyot jarayonlari bilan tanishdilar.

So`ngra yaponiyalik mutaxassislar  Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga  tashrif buyurdilar.

Uchrashuv chog‘ida  VMO va QT fakulteti  operativ diagnostik, endoxirurgiya, stomatologiya va urologiya kafedrasi dotsenti, klinika bosh shifokori B.Rahmonov  mehmonlarga kunchiqar davlat  bilan azaliy hamkorlik aloqalari mavjudligini aytib,   klinikadagi  bo‘limlar faoliyati, jumladan  Yaponiya hukumatining kichik miqyosli  ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordami dasturi orqali Yaponiya  hukumati tomonidan  O‘zbekiston xalqiga taqdim etilgan va hozirda qo‘llanilayotgan  tibbiy jihozlar, asbob-uskunalar  bilan tanishtirdi. Ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.

232