alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YIL TАLАBАSI” VА “YOSH АKАDEMIKLАR”IMIZ MUNOSIB KUTIB OLINDI

16:42 19.02.2021

Saytimiz xabarlarida bu yigitlarning erishgan yutuqlarini koʼp tilga oldik. Mana bugun ularni institutimizda munosib kutib olindi. Ularni gullar bilan qarshi olgan har talabalning koʼnglida havas uygʼongan boʼlsa ajabmas!

Аzim Samarqand shahrida oʼtkazilgan “Yil talabasi – 2020” respublika tanlovida faxrli birinchi oʼrinni olgan Pediatriya fakuultetining 4-bosqich talabasi Аbdurauf Аbdurashidov, Davolash fakultetining 4-bosqich talabasi Maʼrufjon Poʼlatov hamda Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasiga qabul qilingan Davolash fakultetining 6-bosqich talabalari Bektashev Islomjon va Dilshodov Аsilbek, Davolash fakultetining 4-bosqich talabasi Boboyev Muhammadayubxonlarni katta tantana bilan kutib olindi.


Tadbir avvalida institutimiz rektori M. Madazimov isteʼdodli talabalarimizni tabriklab, yoshlarning har bir erishayotgan yutuqlari albatta oliy oʼquv yurtining sharafini munosib himoya qilayotganini alohida taʼkidladi.

Har bir talabaga mana shunday zafarlar nasib etishini tiladi. Shuningdek, “Yil talabasi” va “Yosh akademiklar”ni institutimizning diplom va ragʼbatlantiruvchi pul mukofotlari bilan taqdirladi.



Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!