alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YILNING ENG YAXSHI TALABALAR TEATR STUDIYALARI” RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI O’TKAZILDI

20:10 20.12.2022

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oliy taʼlim muassasalari teatr studiyalari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi talabalar teatr studiyalari” Respublika koʻrik-tanlovi eʼlon qilingan edi.

Andijon davlat institutida ushbu ko’rik-tanlovning institut bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so’zi bilan ochib berdi va barcha jamoalarga omad tiladi. Shundan so’ng, Davolash fakultetining «Golden stars», Pediatriya fakultetining «Yosh pediatrlar» hamda Stomatologiya fakultetining «Dentist» jamoalari ijodiy bellashdilar.

 

Ular jamiyatdagi turli xil vaziyatlarni, muammolarni o’z rollari orqali jonlantirib, yig’ilganlarga namoyish etdilar.

Yakunda jamoalar va ularning ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalarda taqdirlandilar:

  1. Eng yaxshi spektakl – “Parvona” spektakli (Stomatologiya fakulteti)
  2. Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun – “Talaba kelin kerak emas” spektakli (Davolash fakulteti)
  3. Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun – “Umid” spektakli ( Pediatriya fakulteti)
  4. Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi – “Dentist” jamoasi ( Stomatologiya fakulteti)
  5. Eng yaxshi erkak roli uchun – Jaloliddin Abduraimov ( “Dentist” jamoasi)
  6. Eng yaxshi ayol roli uchun- Rohatoy Madaminova (“Golden stars” jamoasi)

G’oliblar institut rektori M.Madazimov tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ushbu bosqichda saralangan talabalar institutning «Shifokorlar» teatr jamoasi tarkibiga qabul qilinadi hamda jamoa bilan ko’rik-tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etadilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!