alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yonsey universitetining professori Ken Vu Lining Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrifi

11:37 10.05.2019

2019- yil 10- may kuni Koreya davlati Seul shahri Yonsey universiteti stomatologiya maktabi professori Ken Vu Li  Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut rahbariyati, stomatologiya fakulteti xodimlari va talabalar samimiy kutib oldilar.


Institut xalqaro hamkorlik bo‘limida yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor P.Asxanov, mazkur bo‘lim boshlig‘i K.Salohiddinov, stomatologiya fakulteti dekani D.To‘lanovlar hamda professor Ken Vu Li o‘rtasida qiziqarli va  do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida Koreyadagi universitetlar bilan ADTI o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalari xususida, jumladan ADTI stomatologiya fakultetidagi bugungi ta’lim jarayoni, kelgusidagi rejalar to‘g‘risida gap bordi.

Uchrashuv davomida professor Ken Vu Li Yonsey universiteti, xususan, stomatologiya maktabidagi o‘quv jarayoni haqida ma’lumot berdi. Andijon shahrining bugungi go‘zal manzarasi, ADTIning bugungi nufuzi va salohiyati to‘g‘risida xabardorligini aytib, o‘zining iliq va samimiy fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, mazkur tashrifdan mamnunligini izhor etib, – “Bizning o‘zaro hamkorligimiz, bir-birimiz bilan fikr- tajriba almashishimiz, oldimizga qo‘ygan istiqboldagi maqsadlarimizni samarali bo‘lishiga olib keladi”,-deya ishonch bildirdi.


Shundan so‘ng, koreyalik mehmon institut simulyatsion o‘quv markazidagi sharoitlar, talabalarning amaliyot jarayonlari hamda institut muzeyidagi  eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.



Institut kengashlar zalida stomatologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan uchrashib, ma’ruza o‘qidi.


Professor Ken Vu Li yaqin bir necha kun davomida institutda bo‘lib, tashrif doirasida ma’ruzalar o‘qiydi, mahorat darslari va sikl  mashg‘ulotlarini olib boradi.            

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!