Yoshlar ittifoqi faollari ishtirokida “Bir savolga – bir sovg‘a” aksiyasi o’tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon shahri Yangi bozor hududi  “Xolis” savdo markazi  ro‘parasida  O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi va ADTI boshlang‘ich tashkiloti faollari bilan hamqorlikda   aholining siyosiy madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan aksiya tashkil etdilar.

Aksiyaga Yoshlar Ittifoqi Andijon viloyati Kengashi  boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri Xurshidbek Qurbanov  targ‘ibotchilar uchun ajratilgan avtobus bilan   yetib keldi. Tadbirda Yoshlar itttifoqi faollari bugungi kun mavzusi: tadbirkorlik, tashabbuskorlik  va siyosiy savodxonlik  xususida fikr yuritib, “Bir savolga  – bir sovg‘a”  aksiyasini tashkil etdilar.

ADTI boshlang‘ich tashkiloti  yetakchisi Bobur Abdulazizxojiev  boshchiligida  g‘olib va faol ishtirokchilarga Yoshlar ittifoqining hamkorligida chop etilgan kitoblar, Yoshlar ittifoqi ramzi aks etgan  futbolka  va kepkalar  sovg‘a tarzida  tarqatildi.

Aksiya aholi tomonidan qizg‘in kutib olinib, faollik, daxldorlik va ko‘tarinkilik ruhida  o‘tdi.

 

 

564