“Yoshlar tarbiyasi va milliy qadriyatlar” mavzusida anjuman o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019 – yil 12- fevral  kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi oldidan  “Yoshlar  tarbiyasi  va milliy  qadriyatlar”  mavzusida  anjuman  bo‘lib  o‘tdi.

Anjuman  ishini  ilmiy ishlar  va innovatsiyalar bo‘yicha  prorektor G‘ulomiddin Hodjimatov  ochib berdi.

Shundan so‘ng, Toshkent  agrar  universiteti  Andijon  filiali dotsenti To‘lqinjon Sultonov “Tarbiya  va milliy  qadriyatlar”  mavzusida  ma’ruza  qildi.

Institut  fakultet, gospital jarrohlik  kafedrasi dotsenti  Jo‘raxon Saidxodjaevaning “Kitob–tarbiya mezoni” mavzusidagi ma’ruzasi ham  barchada qiziqish uyg‘otdi.

Anjumanda  ADTI monitoring  va ichki nazorat bo‘limi  xodimi  Ahmadali Qo‘ldoshev  “Globallashuv sharoitida  yoshlar tarbiyasi  masalalari”  mavzusida  ma’ruza qildi.

Ma’ruzachilar  xalqimizning ulkan ma’naviy merosi, milliy qadriyatlarimiz, kitob mutolaasi, yoshlar tarbiyasi va insoniylikka xos go‘zal  fazilatlar aks etgan durdona asarlar, hikmatli so‘zlar va rivoyatlar xususida  gapirib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.  Anjuman yakunida G‘.Hodjimatov  tashkilotchilarga va faol ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi. Mehmonlarga va pediatriya fakulteti murabbiylari faoliyati bo‘yicha mas’uli  Shukurullo  Halilovga  sertifikatlar topshirdi.

Anjuman  mazmunli va samimiy ruhda o‘tdi. Talabalar anjuman davomida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

567