alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YOSHLIK ZAVQINI QAYTARGAN MUSOBAQA

21:53 22.02.2022

Jismoniy faollik qarish jarayonini kamaytiradi. Buni, ayniqsa bizning shifokorlar yaxshi biladilar va barchaga sport bilan muntazam shugʻullanishni tavsiya qiladilar. Mazkur oltin qoidaga oʻzlari ham amal qilgan holda institut miqyosida oʻtkaziladigan turli sport tadbirlarida doimo ishtirok etib boradilar.

Talabalar turar joyidagi mini futbol arenasi Andijon davlat tibbiyot institutining professor-oʻqituvchilari va xodimlariga yoshlik zavqini qaytardi. Mini futbol sport turi boʻyicha rektor musobaqasi boʻlib oʻtdi. Barcha jamoalar gʻoliblik uchun kurash olib bordilar. Hayratlanarlisi, yoshi katta professor-oʻqituvchilarimiz shijoat borasida yoshlarga oʻrnak boʻla oldilar. Raqibini chapdastlik bilan dogʻda qoldirishlari ularning sportga oshno ekanliklarini isboti boʻldi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Stomatologiya fakulteti va institut xodimlari jamoalari ikkinchi, uchinchi oʻrinni egalladilar. Oliy oʻrin, yaʼni rektor kubogi esa Davolash fakultetining jamoasiga nasib etdi.

Shuningdek, sport tadbirlari davomida koʻngillilar stol tennisi boʻyicha ham bellashdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!