Yuqumli kasalliklar kafedrasida gastroenterologiya muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 2-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida gastroenterologiya muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Toshkent Tibbiyot akademiyasi Yuqumli kasalliklar kafedrasi professori, t.f.d. M.J.Axmedova «O‘tkir ichak infeksiyalari, tashxisoti, kechishi va davolash», «Surunkali gepatitlar», «Parazitologiya muammolari» mavzularida ma’ruza qildi.

U o‘z ma’ruzasida hazm tizimi trakti vazifalarini buzilishida qo‘llaniladigan preparatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Jigar va o‘t yo‘llari surunkali kasalliklarini samarali davolashda va diagnostikasida yuqori texnologiyalardan keng ko‘lamda foydalanishni, surunkali virusli gepatitlarning kelib chiqishi va rivojidagi mohiyatini ochib berdi, chet el olimlarining ilmiy izlanish natijalari misolida gepatoprotektorlarning samaradorligini tushuntirib berdi. Bundan tashqari, parazitar kasalliklar, ularni diagnostikasi va davolashdagi muammolar haqida gapirib o‘tdi.

Anjuman ishi davomida ADTI Yuqumli kasalliklar kafedrasi xodimlarining gepatitlarni diagnostikasi, OIV infeksiyasi, ichak infeksiyalarini va parazitar kasalliklarni davolash muammolariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalari tinglandi va muhokama qilindi. Ma’ruzalar bilan D.Mirzakarimova, M.Yulchibaev, M.Qalandarov, Y.Yuldashev, K.Mulladjanovalar ishtirok etdi. Ma’ruzalar yuzasidan savollar berildi. Savollarga ma’ruzachilar muammoni yoritib beruvchi misollar bilan tushuntirib berdilar.

267