alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O’YINI BO’YICHA «REKTOR KUBOGI-2022» TURNIRI YAKUNLANDI

09:52 24.12.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yini bo’yicha «Rektor kubogi-2022» turniri o’z nihoyasiga yetdi. Uning yakuniy bosqichida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi H.Qo’chqorov, Stomatologiya fakulteti dekan o’rinbosari X.Mahmudov  va institutning «Zakovat» intellektual klubi koordinatori Sh.Abduraxmonov ishtirok etdilar.

Ushbu turnirning yakuniy o’yini ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi. Dastlab, 3-o’rin uchun bahsda «Optimist» hamda «Million ilinjida» jamoalari o’zaro bellashdilar va yakunda «Million ilinjida» jamoasi raqiblarini 2:0 hisobida mag’lub etdi hamda turnirni 3-o’rin bilan yakunladi.

Final o’yinida esa «Dream team» hamda «Dominant» jamoalari o’zaro chempionlik uchun kurash olib bordilar. Teng kurashlar ostida kechgan bahsda «Dominant» jamoasi raqiblarini 2:1 hisobida mag’lub etgan holda ikkinchi marotaba ham turnirning g’olibiga aylandi.

Tantanali taqdirlash marosimida jamoalar va ularning a’zolari, yakkalik nominatsiyalar g’oliblari institut ma’muriyati tomonidan diplom, pul mukofotlari, g’oliblikni qo’lga kiritgan «Dominant» jamosiga esa maxsus kubok topshirildi. Ular quyidagicha:

1-o’rinni egallagan «Dominant» jamoasining har bir a’zosi 3 million so’m;

2-o’rinni egallagan «Dream team» jamoasining har bir a’zosi 2 million so’m;

3-o’rinni egallagan «Million ilinjida» jamoasining har bir a’zosi 1 million 500 ming so’m;

4-o’rinni egallagan «Optimist» jamoasining har bir a’zosi 1 million so’m;

«Eng bilimdon talaba yigit» nominatsiyasi g’olibi – Azamatjon Shokirov 500 000 so’m;

«Eng bilimdon talaba qiz» nominatsiyasi g’olibasi- Xushnoza Rahimova  500 000 so’m miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Barcha g’olib va sovrindorlarni mazkur g’alaba bilan tabriklab, ularning o’qish va ishlarida omad tilab qolamiz. Eslatib o’tamiz, institutimizda «Zakovat» intellektual o’yinlari bo’yicha turnirlar yangi yildan davom etadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!