alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ZIYONET” PORTALIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

16:06 19.04.2022

Axborot texnologiyalarining yanada rivojlanayotgani kundalik turmush va ish jarayonlarimizga yengillik bermoqda. Talabalarni “ZiyoNET” portalidan bepul va unumli foydalanishlari maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti RTT markazi xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi. Unda “ZiyoNET” tarmog‘ining faoliyati, asosiy vazifalari, sahifalari, bepul sayt-sattelitlar yaratish, uTube.uz – videoportalida ro‘yxatdan o‘tish va video joylashtirish bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tildi va yo‘riqnoma bilan tanishtirildi.

Mazkur portalda talabalar, shuningdek, kitoblar, darsliklar, audiokitoblarni o‘qishlari, xorijiy tillarni o‘rganishlari, turli saytlardan kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!