2019 -yil 4 -may tongida Andijon davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetiga qarashli barcha fakultetlar professor-o’qituvchilari, xodimlari institut bosh o’quv binosi oldiga yig’ildilar.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchisida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish ko’zda tutilgan edi. Shu yo’nalishda ADTIda ham professor-ustozlar va talabalar faollik ko’rsatib, tongi yurish mashқqarini bajarmoqdalar.
Bu galgi tongi yurish mashqlarida stomatologiya fakulteti dekanining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha o’rinbosari N. Musaev boshchiligida bir guruh ustozlar bir-birlari bilan hamsuhbat bo’lib, bosh o’quv bino oldidan yurib, Andijon olimpiya zahiralari sport kolleji binosi oldidan o’tib, Andijon qilichbozlik majmuasi binosi oldiga qadar borib qaytdilar.
Shu kuni sog’lomlashtiruvchi va chiniqtiruvchi yurish mashqlarida qatnashgan barcha ishtirokchilar a’lo kayfiyatda ish boshladilar.