TA’LIMGA EʼTIBOR: INSTITUT REKTORI “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” TADBIRIDA ISHTIROK ETDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TA’LIMGA EʼTIBOR: INSTITUT REKTORI “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” TADBIRIDA ISHTIROK ETDI

09:33 02.09.2025

Bugun, 2-sentabr kunidan respublikamizdagi barcha maktablarda 2025–2026-oʻquv yili boshlandi. Sana munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Marhamat tumani, “To‘lga” MFY hududidagi 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida jaranglagan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida institut rektori M.Madazimov ishtirok etdi.

Mazkur taʼlim maskani 320 oʻrinli boʻlib, joriy yilda 1-sinfga 26 nafar o‘quvchi qabul qilindi.

Tantanali tadbirda Rektor maktab o‘quvchilari, ayniqsa ilk bor maktabga qadam qo‘yayotgan kichkintoylarga ezgu tilaklar bildirdi.
– Bugun maktab eshigini ochgan har bir bolaga ishonchimiz katta. Kelajak – sizlar bilan porloq bo‘ladi – dedi, rektor.

Tadbir davomida 1-sinf o‘quvchilariga Prezidentimiz tomonidan yuborilgan bayram sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, rektor tomonidan bolajonlarga esdalik sovg’alari ham taqdim etildi. Bolajonlar va ota-onalar ushbu e’tibordan mamnun bo‘lib, quvonchli onlarni boshdan kechirdilar.

Ushbu tashabbuslar yosh avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik, ularning barkamol voyaga yetishi yo‘lidagi amaliy ishlarning yana bir namunasidir. Maktabda “Birinchi qo‘ng‘iroq” jarang sochib, barchani darsga chorladi.

Shuningdek, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov “Kelajak soati” darslarida ishtirok etdi.

Skip to content