QABUL 2020
Andijon davlat tibbiyot instituti magistratura bo‘limi o‘sha davrda rektor vazifasida ishlagan professor M.A.Xo‘jamberdiev tashabbusi bilan 2001-yilda tashkil etilib, 5 ta mutaxassislik– akusherlik va ginekologiya, terapiya, kardiologiya, pediatriya, umumiy jarrohlik bo‘yicha mutaxassislik kafedralarda o‘quv jarayoni tashkil etilgan va bu mutaxassisliklarda 16 nafar talaba tahsil olgan. Ushbu kafedralarda o‘quv jarayonini etarli darajada tashkil etishda professorlar M.A.Xo‘jamberdiev, T.K.Muhitdinova, D.B.Asranqulova, Z.S.Saloxiddinov, Q.D.Djalolov, F.N.Nishonov, A.YA.O‘rinov, X.T.Musashayxov, G‘.M.Xodjimatov, I.I.Alimdjanov, A.SH.Arziqulov, O.S.Toshboevlar shogirdlari bilan sidqidildan mehnat qilishgan.
2005-2010 yillarda tibbiyot fanlari doktori U.M.Qoraboev, professor A.SH.Arziqulov, professor A.I.Xatamov, t.f.d. SH.X.Xamroqulov,X.M.Mamadiyevlar bo‘lim boshligi vazifasida ishlagan va barcha mutaxassisliklarda ta’lim olgan talabalar tarbiyasida, o‘quv jarayoni sifatini oshirishda, magistrlik dissertatsiyalar sifatini yanada yuqori darajaga ko‘tarishda jonbozlik ko‘rsatganlar.
Birinchi bo‘lib professor Q.T.Xudoyberdiev magistratura bo‘limi boshlig‘i etib tayinlagan va uning faol mehnati tufayli mutaxassisliklar soni yildan yilga ortib borgan. 2005-yilga kelib mutaxassisliklar soni 13 taga etdi, psixiatriya, bolalar yuqumli kasalliklari, bolalar jarrohligi, umumiy onkologiya, neyrojarrohlik, gematologiya va transfuziologiya, dermatovenerologiya, otorinolaringologiya mutaxassisliklari yangi yo‘nalishlar qatoridan joy oldi. Bu davrda ushbu kafedrada professor K.M.Mirzaev, M.T.Tolipov va hozirda ham o‘z tajribasini ayamay mehnat qilib kelayotgan professor M.L.Agranovskiy, A.A.G‘ofurov, Q.T.Xudoybrerdiev, Q.K.Soliev, SH.A.Xamidov, A.B.Paqirdinov, S.S.Ibragimov, A.I.Alimov, Q.Q.Qosimov, dotsent M.YUlchibaev, YO.Q.Qosimov, Y.To‘xtasinov, A.K.Qurbonov, N.A.Akbarov, B.S.Raximov, B.Mirzakirimov, M.K.Sultanqulova, D.Z.Mamarasulova, N.YU.Mirzayuldashev, N.E.YUldasheva, F.SH.Xamidov, K.P.Norboev, O.S.YUldasheva, X.N.Nigmatshaeva, S.E.Djumaboeva, M.A.Jo‘raeva, D.Q.Soliev, N.R.Uzbekova, M.I.Tojiboeva, G.Qodirova, I.Toshtemirova, M.E.Abdulaeva, M.SH.G‘anieva, A.A.G‘aniev, N.E.Bozorov, A.K.Botirov, D.Ten, t.f.d. A.L.Qosimov, X.X.Xamdamovlar faoliyat olib bordilar.
2010 yilga kelib institutimiz rektori, professor A.Q.SHadmanov tashabbusi bilan mutaxassisliklar soni 21 taga etdi, ularga nevrologiya, urologiya, morfologiya, normal va patologik fiziologiya, oftalmologiya, bolalar anesteziologiya va reanimatologiyasi, bolalar nevrologiyasi, narkologiya mutaxassisliklari yangi qo‘shildi. Hozirgi kunda institutda jami 25 mutaxassislikda o‘quv jarayoni tashkil qilingan, yuqumli kasalliklar, ftiziatriya, neonatologiya, sud tibbiyoti ekspertizasi, bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi, travmatologiya va ortopediya, sog‘liqni saqlashni boshqarish, tashhisning instrumental va funksional tekshiruv usullari mutaxassisliklari kafedralarida professor A.I.Xatamov, A.F.Ikramov, dotsentlar SH.U.Usmanov, D.T.Abduqodirova, Z.N.Amanova, U.T.Abduqodirov, U.M.Rustamov, X.M.Aliev, G.J.Ulug‘bekova, SH.X.Xamroqulov, G.N.Mamatxo‘jaeva, A.Qosimov, R.Xakimova, B.B.Inaqova, SH.X.Xakimov, A.R.Mamataliev, J.T.To‘xtaev, S.M.Babich, M.X.Solieva, SH.U.Rashidova, SH.O.Toshboev, M.B.Usmanovalar kabi yuqori malakali, tajribali, kamtarin ustozlarimiz ishlab kelmoqdalar, jami bo‘lib talabalarga 21 nafar professor va fan doktorlari, 50 nafar dotsent va fan nomzodlari ta’lim bermoqdalar.Agar siz clothes bozorida bo’lsangiz, bizning platformamiz eng yaxshi tanlovdir!
O‘tgan davr mobaynida magistratura mutaxassisliklarining ta’lim sifatini oshirish borasida keng ko‘lamda ijobiy ishlar olib borildi. Bu ishlarning isboti sifatida shuni ta’kidlash joizki, «Bolalar jarrohligi» mutaxassisligi bo‘yicha sobiq talaba SHerzod Alimov 2005 yilda, “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Nodira Mamajonova 2006 yilda, “Jarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Muzaffar Nosirov 2007 yilda, “Nevrologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Zikrillo O‘lmasov 2013 yilda, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha YAhyo Ziyaev 2014 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi” sovrindori bo‘ldilar va institutimizning shonli tarixiga o‘z hissasini qo‘shdilar.
Hozirgi kunda 700 dan ortiq bitiruvchilardan 5 nafari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 95 nafari kafedralarda assistent lavozimlarida ishlab kelmoqdalar. So‘nggi yillarda institutimiz kafedralari mutaxassislari ilmiy aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko‘tardilar, natijada respublika va xorijiy davlatlar nufuzli ilmiy dargohlari bilan tajriba almashish keng yo‘lga qo‘yildi. SHu sababli talabalarimiz ham ushbu dargohlarga borib, yangi innovatsion o‘quv va davolash texnologiyalarini o‘rganib keldilar hamda amaliyotga tatbiq qilmoqda. Bunga misol qilib, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Zulxumor Xoldarova N.N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi, “Neyrojarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Erkin Haydarov Kirov davlat tibbiyot akademiyasi, Abbos Mamadaliev Donetsk milliy tibbiyot universiteti, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Saidalixon Hakimov Qozon tibbiyot universiteti, “Otorinolaringologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Hayot Qosimov Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Otorinolaringologiya kafedrasida, Qudrat Tursunov “Travmatologiya va ortopediya” mutaxassisligi bo‘yicha, Akram Hakimov Toshkent travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish markazida, “Neyrojarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Mavluda Turg‘unova Respublika neyroxirurgiya ilmiy tekshirish markazida, “Tashhisning instrumental va funksional tekshiruv usullari” mutaxassisligi bo‘yicha Go‘zaloy Soipova Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining funksional diagnostika kafedrasida, “Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha Umida G‘anieva Yaponiya davlatining Nagoya tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalarni keltirish mumkin.
Magistratura – aniq ixtisoslik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan bakalavriatdan keyin uning negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Magistrant – har tomonlama bilimdon, fundamental ilmiy asosga ega, ilmiy ijod uslubiyoti, zamonaviy axborot texnologiyasi, ilmiy ma’lumotlar qabul qilish, ulardan foydalanish va saqlash usullarini biladigan, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyor bo‘lgan etuk insondir.
Magistratura bo‘limining maqsadi va vazifalari
– Universitet magistratura bo‘limining asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimining magistratura bosqichida yuqori malakali, yuksak madaniyatli, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk, bilim jihatdan xalqaro standartlarga mos keluvchi raqobatbardosh magistrlarni tayyorlash.
– Magistratura bo‘limi bir necha mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlaydigan universitetning o‘quv-ilmiy va ma’muriy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
– Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari (bundan buyon matnda Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi) va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
– O‘quv jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda ishtirok etish, magistrantning mustaqil ishlari xajmini belgilash va nazorat qilish.
– Mutaxassislik kafedralari hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasini shaklllantirish.
– Mutaxassislik kafedralarining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik amaliyotini o‘zaro hamkorlikda tashkil etish.
– Magistratura talabalari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlar loyihalarini shakllantirish va universitet rektoriga tavsiya qilish.
– Magistratura talabalari orasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni odob ahloq qoidalari bilan tanishtirish.
– Magistratura talabalarinng ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik amaliyotlarini tizimdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
– Universitet magistraturasiga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish hamda qabul bo‘yicha taklif va mulohazalarni universitet rahbariyati bilan hamkorlikda yuqori tashkilotlarga taqdim qilish.
– Magistratura faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bo‘yicha chet el universitetlari tajribalarini o‘rganish va ularni samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.
ADTI magistratura mutaxassisliklarini kafedralar bo‘yicha taqsimlanishi
№ | Shifr | Mutaxassisliklar | Mutaxassislik kafedralari |
1. | 5A510101 | Akusherlik va ginekologiya | 1-Akusherlik va ginekologiya kafedrasi |
2 – Akusherlik va ginekologiya kafedrasi | |||
2. | 5A510103 | Terapiya | 1 – UASh tayyorlash kafedrasi |
3. | 5A510104 | Otorinolaringologiya | Otorinolaringologiya kafedrasi |
4. | 5A510105 | Kardiologiya | Fakultet terapiya kafedrasi |
5. | 5A510106 | Oftalmologiya | Oftalmologiya kafedrasi |
6. | 5A510107 | Yuqumli kasalliklar | Yuqumli kasalliklar kafedrasi |
7. | 5A510108 | Dermatovenerologiya | Dermatovenerologiya kafedrasi |
8. | 5A510109 | Nevrologiya | Nevrologiya kafedrasi |
9. | 5A510110 | Umumiy onkologiya | Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi |
10. | 5A510112 | Xirurgiya | Jarrohlik va urologiya kafedrasi |
Umumiy jarrohlik kafedrasi | |||
11. | 5A510113 | Tashxisning instrumental va funksional usullari | Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi |
12. | 5A510114 | Neyroxirurgiya | Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi |
13. | 5A510115 | Sog‘liqni saqlashni boshqarish | Jamoat salomatligi kafedrasi |
14. | 5A510117 | Urologiya | Jarrohlik va urologiya kafedrasi |
15. | 5A510118 | Morfologiya | Normal va patologik fiziologiya |
Anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi | |||
16. | 5A510119 | Narkologiya | Psixiatriya kafedrasi |
17. | 5A510121 | Travmatologiya va ortopediya | Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi |
18. | 5A510123 | Sud tibbiyoti ekspertizasi | Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi |
19. | 5A510127 | Sport tibbiyoti | Reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi |
20. | 5A510201 | Pediatriya | Gospital pediatriya kafedrasi |
21. | 5A510202 | Bolalar xirurgiyasi | Bolalar jarrohligi kafedrasi |
22. | 5A510203 | Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi | Anesteziologiya, reanimatologiya va shoshilinch pediatriya kafedrasi |
23. | 5A510204 | Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi | Gospital pediatriya kafedrasi |
24. | 5A510205 | Bolalar nevrologiyasi | Nevrologiya kafedrasi |
25. | 5A510206 | Neonatologiya | Fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi |
26. | 5A510111 | Psixiatriya | Psixiatriya kafedrasi |
27. | 5A510120 | Anesteziologiya va reanimatologiya | Anesteziologiya, reanimatologiya va shoshilinch pediatriya kafedrasi |
Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti va Koreyaning Tegu universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan «Tibbiyot injeneriyasi» qo`shma magistirlik dasturi asosida 2018-2019 o`quv yilidan boshlab Andijonda tibbiyot muhandislari tayyorlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 5 – maydagi PQ- 2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon mashinasozlik instituti bilan Koreyaning Tegu universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan tibbiyot injeneriyasi bo‘yicha institutlararo magistratura tajribaviy dasturi asosida 2018-2019 – o‘quv yilidan boshlab sog‘liqni saqlash tizimi uchun tibbiyot muhandislari tayyorlash tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu dastur tayanch oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, texnika oliy o‘quv yurtlarining elektronika, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, metrologiya, materialshunoslik, biofizika, biotexnologiya tizimlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining tibbiyot-profilaktika, tibbiyot-biologiya kabi yo’nalishlari bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tajribaviy magistratura dasturi asosida modul-kredit tizimida olib borilmoqda. SHu bois, qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish yuzasidan navbatdagi yig‘ilish Andijon davlat tibbiyot institutida tashkil etildi. Yig‘ilishda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, hamkor oliy o‘quv yurtlarining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari, xalqaro aloqalar bo‘limi boshliqlari, magistratura, o‘quv-uslubiy , reja va moliya bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va o‘quv mashg‘ulotlari olib borayotgan professor-o‘qituvchilar qatnashdilar.Yig‘ilishni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor M. Madazimov ochib berib, hozirgi kunda tibbiyot sohasida respublikamizda olib borilayotgan ulkan yangilanishlar, respublikamiz oliy o‘quv yurtlari va chet el oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklar va tashkil etilgan qo‘shma magistrlik dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 5- iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim muassalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018- yil 17 – sentyabrdagi 9-sonli bayoni asosida 2018/2019 o‘quv yili qabuli uchun respublika oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va ikki tomonlama diplom berish amaliyotini joriy etish maqsadida Andijon mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha “Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga 9 nafar talabalar qabul qilinganligini yana bir bor eslatib o‘tdi.
SHu bilan birga, tibbiyot muhandisligi sohasi muhimligi va ularning kasbiy faoliyatiga texnika va ilmiy soha, inson faoliyati, tibbiyot diagnostika uchun asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatish, kasalliklar profilaktikasi va reabilitatsiyasida zamonaviy tibbiyot jihozlari, tibbiy laboratoriya masalalarini yechish uchun dasturiy ta’minotni ishlatish kabilar kiritilganligini institut rektori a’lohida ta’kidlab o‘tdi. So‘ngra, Andijon mashinasozlik institutining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Z. Jo‘raev tibbiyot muhandisligi institutlararo qo‘shma magistrlik dasturining o‘ziga xos xususiyatlari, tarkibiy tuzilmasi, o‘quv mashg‘ulotlari va mutaxassislik fanlari haqida to‘liq ma’lumot berdi. Jumladan, Janubiy Koreyaning Tegu universiteti (Catholic University Of Daegu) va Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda meditsina injeneriyasi (Biomedical Engineering) magistratura mutaxassisligi qo‘shma ta’lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga asosan 1+1 modeli asosida (1-o‘quv yilida Andijon mashinasozlik instituti va Andijon davlat tibbiyot institutilarida va 2- o‘quv yilida Janubiy Koreyaning Tegu universitetida) tashkil etilganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon mashinasozlik instituti bo‘lim boshliqlari o‘z vakolatlari doirasida qo‘shma magistrlik dasturining kelgusi istiqbollari haqida kelishib oldilar. Yig‘ilish so‘ngida, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M. Madazimov institutning kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlariga o‘quv mashg‘ulotlarini doimiy ravishda monitoring olib borish, o‘quv mashg‘ulotlarini kerakli tibbiyot jihozlari va axborot kommunikatsion texnologiya vositalari bilan ta’minlash va ta’lim sifatiga alohida e’tibor berish haqida tegishli kafedralarga topshiriqlar berdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti hamda Koreyaning TEGU universiteti hamkorligidagi “Tibbiyot injeneriyasi” qo‘shma magistrlik dasturi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
2017-2018 o’quv yilidan Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti va Koreyaning Tegu universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan tibbiyot injeneriyasi bo‘yicha institutlararo magistratura tajribaviy dasturi asosida «Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Endilikda bo‘lg‘usi tibbiyot muhandislari 2018-2019 o‘quv yilining 1-semestrida Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil oladilar. 2-semestr o‘quv mashg‘ulotlari Andijon mashinasozlik institutida olib boriladi. Kelgusi o‘quv yilida esa ular Koreyaning Tegu universitetida ta’lim oladilar.
Ana shu munosabat bilan 2018-yil 4-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov magistratura talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida institut rektori “Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan talabalarni qizg‘in tabrikladi. Professor M.Madazimov suhbat chog‘ida tibbiyot muhandisligi sohasini bugungi kunda eng kerakli va muhim soha ekanligini, texnikaning jadal rivojlanishi, mamlakatimizda tibbiyot muassasalariga olib kelinayotgan eng zamonaviy tibbiy asbob –uskunalarni, jihozlarni o‘rnatishda va ulardan xalqimiz salomatligi yo‘lida samarali foydalanishda tibbiyot muhandislariga ehtiyoj juda katta ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutida ularni tibbiyot yo‘nalishida yetarli bilim olishlari uchun har tomonlama zarur sharoitlar mavjudligini aytib o‘tdi.
Kelgusida ularning malakali tibbiyot muhandisi bo‘lib yetishishlari uchun bir vaqtning o‘zida tibbiy va texnik bilimlarni, shu bilan birgalikda chet tilini mukammal o‘rganishlari lozimligini alohida ta’kidladi.
Ularning kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirib, mazkur magistratura mutaxassisligining “birinchi qaldirg‘ochlari”ga chin dildan omad va zafarlar tiladi.