Magistratura

Низом.

XURMATLI  ABITURIYENLAR !

2020/2021 o’quv yilida Andijon Davlat tibbiyot institutining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun abituriyentlardan tushgan arizalar haqidagi kunlik ma’lumotlarni magistr.edu.uz saytining STATISTIKA bo’limidan olishingiz mumkin.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2020/2021 oʼquv yili qabuli uchun respublika oliy taʼlim muassasalari va xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʼshma taʼlim dasturlari va ikki tomonlama diplom berish amaliyotini joriy etish maqsadida Аndijon davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning Rostok universiteti bilan 2019 yil 10 noyabrdagi kelishuv memorandumiga asosan Аndijon Davlat Tibbiyot Instituti 2020-2021 oʼquv yilidan quyidagi magistratura mutaxassisligiga davlat grantlari asosida

“TIBBIYОT  BIOTEXNOLOGIYАSI

 

MАGISTRАTURА MUTАXАSSISLIGIGA

 

QАBUL E’LON QILАDI:

 

 

Germaniyaning Rostok universiteti va Аndijon davlat tibbiyot institutlari bilan hamkorlikda biotibbiyot texnologiyalari magistratura mutaxassisligi qoʼshma taʼlim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga asosan 1+1 modeli asosida (1-oʼquv yillarida Аndijon Davlat Tibbiyot institutida va 2-oʼquv yilida Germaniyaning Rostok universitetida) tashkil etiladi.

XUJJAT TOPSHIRUVCHILARGA TALABLAR:

Biotexnologiya mutaxassisligi boʼyicha bakalavr darajasiga ega boʼlgan (tibbiy biotexnologiya, molekulyar tibbiyot, biotibbiyot muxandisligi) bakalavriat bitiruvchilari ushbu mutaxassislik boʼyicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

 

Chet tillaridan ingliz va nemis tillarini bilish darajasi boʼlishi kerak:

  1. Ingliz tilidan quyidagilardan biri boʼlishi kerak:

– TOEFL (TOEFL) uchun kamida 90 ball.

– IELTS: kamida В 2 sertifikat.

  1. Nemis tilidan: Germaniya Аkademik almashinuv xizmatidan (DAAD) Umumiy yevropa koordinatalari tizimi va UNIcert tizimining vakolat darajalariga muvofiq sertifikat: (C2 / UNIcert IV yoki C1).

Hujjatlar Andijon davlat tibbiyot institutining adti.uz rasmiy saytidagi “XALQARO QABUL 2020” bo’limi orqali onlayn topshiriladi.

Murojaat uchun manzil:

Аndijon shahri, Yu.Otabekov koʼchasi 1-uy.

Tel: 74.2239474