Ordinatura – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ordinatura

BO’TABOYEV JASURBEK MAHMUDJONOVICH

07.01.1989 yil

Klinik ordinatorlar bilan ishlash bo’yicha ma’sul, PhD, dotsent

Tel: +99893-411-55-05

e-mail: Butabaevjm@mail.ru

SOLIYEV DILGIRBEK MUHAMMADSHARIFOVICH

01.05.1986 yil

Klinik ordinatorlar bilan ishlash bo’yicha ma’sul, yordamchisi assistent

Tel: +99893-415-79-00

e-mail: Solievdilgirbek55@gmail.com

TURSUNOVA RO’ZA TURSUNOVNA

29.08.1977 yil

Klinik ordinatorlar bilan ishlash bo’yicha muxandis

Tel: +99891-167-41-66

 

KLINIK ORDINATURA

Klinik ordinatura (rezidentura) – diplomdan keyingi talim tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan talim, shifokorlarning uzluksiz kasbiy ta’lim tizimining tarkibiy qismidir.

Klinik ordinatura o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2009 yil 18 dekabrdagi “Klinik ordinatura to‘g‘risidagi nizom”ga,  O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi tomonidan 2018 yil 18 dekabrda  ishlab chiqilgan “Klinik ordinaturada ta’limni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar”ga, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590 sonli “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga,  2019 yil 6 maydagi PQ-4310 sonli “Tibbiyot va farmasevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora –tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2020 yil 7 apreldagi PQ-4666 sonli “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga,  2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asoslanib olib boradi.

Andijon davlat tibbiyot instituti qoshida klinik ordinatura ta’lim yo‘nalishlari 1965 yildan faoliyat ko‘rsata boshladi. Qariyb 10 yil davomida, 1975 yilgacha klinik ordinaturada atiga 19 nafar klinik ordinatorlar taxsil olganlar.

Dastlab klinik ordinaturada o‘qish 7ta yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan: Akusherlik va ginekologiya, Ichki kasalliklar, Xirurgiya, Ko‘z kasalliklari, Psixiatriya, Bolalar kasalliklari,  Quloq, tomoq, burun  kasalliklari.

Bu yo‘nalishlarda klinik ordinatorlarga professorlar  Ibadov I.Yu., Xalmatov A.X., Dustmuradov M.D., Boltabaev A.B., Fatxullaev I.F., Muxitdinova T.K.,  Salaxutdinov X.N., Alimov A.I., dotsentlar Chukanina N.N., Adinsova S.A., Ergashev M.A., Tursunova R.S. va boshqalar ta’lim berganlar.1975-1984 yillar davomida Andijon davlat tibbiyot instituti qoshida taxsil olgan klinik ordinatorlar soni 208 nafarga, 1985-1994 yillarda – 709 nafargacha ko‘paydi, 2005-2014 yillar mobaynida esa – 1385 nafarni tashkil etdi.

Andijon davlat tibbiyot institutida klinik ordinaturaga oid ta’lim programmalarini kengaytirish borasida doimiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, 2021 yil 12 avgustda Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya Federatsiyasi  Privolje tadqiqot tibbiyot universiteti o‘rtasida Yuz-jag‘ xirurgiyasi va Xirurgik stomatologiya yo‘nalishlarida klinik ordinatura qo‘shma ta’lim dasturi  imzolandi va ushbu dastur asosida xozirda 3 nafar klinik ordinatorlar taxsil olmoqdalar.

 

 

Xozirgi kunda ADTI klinik ordinaturasida quyidagi mutaxassisliklar  mavjud:

 

Andijon davlat tibbiyot instituti 2023 – 2024 oʻquv yilida klinik ordinatura yoʻnalishlar  mutaxasisliklar nomi
1 Akusherlik va ginekologiya
2 Anesteziologiya va reanimatologiya
3 Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi
4 Bolalar nevrologiyasi
5 Bolalar nefrologiyasi gemodiliz bilan
6 Bolalar terapevtik stomotologiyasi
7 Bolalar xirurgiyasi
8 Bolalar yuqumli kasalliklari
9 Dermatovenerologiya
10 Ichki kasalliklar (Terapiya)
11 Pulmonologiya
12 Kardiologiya
13 Pediatriya
14 Neonatologiya
15 Laboratoriya ishi
16 Nevrologiya
17 Otorinoloringologiya
18 Oftalmologiya
19 Psixiatriya
20 Tibbiy radiologiya
21 Travmatologiya va ortopediya
22 Umumiy onkologiya
23 Umumiy Xirurgiya
24 Endokrinologiya
25 Yuqumli kasalliklar
26 Ftiziatriya
27 Epidemiologiya
28 Patologik anatomiya
29 Sud tibbiyot ekspertizasi
30 Allergologiya va klinik imunnologiya
31 Shoshilinch tibbiy yordam
32 Gematologiya va transfuziologiya
33 Narkologiya
34 Nefrologiya gemodializ bilan

 

FAOLIYAT

Yuz-jag‘ xirurgiyasi va Xirurgik stomatologiya yo‘nalishlarida Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya Federatsiyasi  Privolje tadqiqot tibbiyot universiteti o‘rtasida  klinik ordinatura qo‘shma ta’lim dasturi

CREATOR: gd-jpeg v1.0 (using IJG JPEG v62), quality = 82

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti SH. M. Mirziyoevning tashabbuslari bilan uyushtirilgan Andijon viloyati axolisiga tibbiy ko‘rikni tashkil etish bo‘yicha tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda ADTI birinchi va ikkinchi bosqich klinik ordinatorlari ham faol ishtirok etdilar.

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!