alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT! INSTITUTDAGI ENG NOTIQ TALABA QIDIRILMOQDA!

12:42 15.04.2023

Katta auditoriya qarshisida nutq so‘zlash,  daqiqalar va soatlar davomida kishilarga hech qanday musiqa va sahna harakatlarisiz  nutqiga mahliyo eta olish bu chinakkam san’at.

Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil oluvchi talaba-yoshlar orasidan aynan shunday qobilayatli talabalarni topish maqsadida “Eng yaxshi notiq talaba” tanlovi tashkil qilinmoqda. 

Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqich institutdagi fakultetlar talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi (2023-yil aprel oyining uchinchi 10 kunligi). Ushbu bosqichda faqat 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan talabalarga keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yoʻllanma beriladi. 

2-bosqich yakuniy, institut bosqichi oʻtkaziladi (2023-yil may oyining birinchi 10 kunligi).

Ushbu tanlovda ishtirok etish istagidagi talabalar o‘zlarining guruh tyutorlariga murojaat qilishlarining o‘zi yetarli.

Tanlovni o‘tkazish, baholash tartibi, g‘oliblarni taqdirlash haqida quyidagi Nizomda batafsil tanishishingiz mumkin.

Buning uchun ushbu yozuv ustiga bosing: Notiqlik san’ati tanlovi NIZOMI

Tanlovda ishtirok eting va o‘z qobiliyatingizni namoyon qiling! Unutmang, biz qidirayotgan eng yaxshi notiq talaba aynan siz bo‘lishingiz mumkin.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!