alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT, OLIMPIADA!

15:31 02.12.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-72-son farmoyishiga muvofiq, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, asosiy prinsip va qoidalari bo‘yicha bilimlarini oshirishga qiziqtirish, hayotda munosib o‘rin topishlarida Bosh Qomusimizning ahamiyati va rolini tushunib olishlariga munosib sharoitlar yaratish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-noyabrdagi 508-sonli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 4-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasida institut talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada o‘tkaziladi.

 

Olimpiada haqida batafsil havolada tanishishingiz mumkin: Nizom

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!