alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Diqqat, tanlov! “Ikkinchi jahon urushi xotiralarida” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi boshlandi

12:30 17.04.2024

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ikkinchi jahon urushi xotiralarida” nomli ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov ijodning quyidagi yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:

Rangtasvir, Grafika, Haykaltaroshlik.

Tanlovda O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, san’at maktablarining o‘qituvchilari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi,  Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizaeyn instituti talablari va o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin.

Ushbu tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 1-may sanasiga qadar qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Tanlov haqida batafsil ma’lumotlarni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin: Tanlov shartlari-Ikkinchi jahon urushi xotiralarida

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!