alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Magistratura

QABUL 2020


           Andijon davlat tibbiyot instituti magistratura bo‘limi o‘sha davrda rektor vazifasida ishlagan professor M.A.Xo‘jamberdiev tashabbusi bilan 2001-yilda tashkil etilib, 5 ta mutaxassislik– akusherlik va ginekologiya, terapiya, kardiologiya, pediatriya, umumiy jarrohlik bo‘yicha mutaxassislik kafedralarda o‘quv jarayoni tashkil etilgan va bu mutaxassisliklarda 16 nafar talaba tahsil olgan. Ushbu kafedralarda o‘quv jarayonini etarli darajada tashkil etishda professorlar M.A.Xo‘jamberdiev, T.K.Muhitdinova, D.B.Asranqulova, Z.S.Saloxiddinov, Q.D.Djalolov, F.N.Nishonov, A.YA.O‘rinov, X.T.Musashayxov, G‘.M.Xodjimatov, I.I.Alimdjanov, A.SH.Arziqulov, O.S.Toshboevlar shogirdlari bilan sidqidildan mehnat qilishgan.

2005-2010 yillarda tibbiyot fanlari doktori U.M.Qoraboev, professor A.SH.Arziqulov, professor A.I.Xatamov, t.f.d. SH.X.Xamroqulov,X.M.Mamadiyevlar bo‘lim boshligi vazifasida ishlagan va barcha mutaxassisliklarda ta’lim olgan talabalar tarbiyasida, o‘quv jarayoni sifatini oshirishda, magistrlik dissertatsiyalar sifatini yanada yuqori darajaga ko‘tarishda jonbozlik ko‘rsatganlar.

Birinchi bo‘lib professor Q.T.Xudoyberdiev magistratura bo‘limi boshlig‘i etib tayinlagan va uning faol mehnati tufayli mutaxassisliklar soni yildan yilga ortib borgan. 2005-yilga kelib mutaxassisliklar soni 13 taga etdi,  psixiatriya, bolalar yuqumli kasalliklari, bolalar jarrohligi, umumiy onkologiya, neyrojarrohlik, gematologiya va transfuziologiya, dermatovenerologiya, otorinolaringologiya mutaxassisliklari yangi yo‘nalishlar qatoridan joy oldi. Bu davrda ushbu kafedrada professor K.M.Mirzaev, M.T.Tolipov va hozirda ham o‘z tajribasini ayamay mehnat qilib kelayotgan professor M.L.Agranovskiy, A.A.G‘ofurov, Q.T.Xudoybrerdiev, Q.K.Soliev, SH.A.Xamidov, A.B.Paqirdinov, S.S.Ibragimov, A.I.Alimov, Q.Q.Qosimov, dotsent M.YUlchibaev, YO.Q.Qosimov, Y.To‘xtasinov, A.K.Qurbonov, N.A.Akbarov, B.S.Raximov, B.Mirzakirimov, M.K.Sultanqulova, D.Z.Mamarasulova, N.YU.Mirzayuldashev, N.E.YUldasheva, F.SH.Xamidov, K.P.Norboev, O.S.YUldasheva, X.N.Nigmatshaeva, S.E.Djumaboeva, M.A.Jo‘raeva, D.Q.Soliev, N.R.Uzbekova, M.I.Tojiboeva, G.Qodirova, I.Toshtemirova, M.E.Abdulaeva, M.SH.G‘anieva, A.A.G‘aniev, N.E.Bozorov, A.K.Botirov, D.Ten, t.f.d. A.L.Qosimov, X.X.Xamdamovlar faoliyat olib bordilar.

2010 yilga kelib institutimiz rektori, professor A.Q.SHadmanov tashabbusi bilan mutaxassisliklar soni 21 taga etdi, ularga nevrologiya, urologiya, morfologiya, normal va patologik fiziologiya, oftalmologiya, bolalar anesteziologiya va reanimatologiyasi, bolalar nevrologiyasi, narkologiya mutaxassisliklari yangi qo‘shildi. Hozirgi kunda institutda jami 25 mutaxassislikda o‘quv jarayoni tashkil qilingan,  yuqumli kasalliklar, ftiziatriya, neonatologiya, sud tibbiyoti ekspertizasi, bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi, travmatologiya va ortopediya, sog‘liqni saqlashni boshqarish, tashhisning instrumental va funksional tekshiruv usullari mutaxassisliklari kafedralarida professor A.I.Xatamov, A.F.Ikramov, dotsentlar SH.U.Usmanov, D.T.Abduqodirova, Z.N.Amanova, U.T.Abduqodirov, U.M.Rustamov, X.M.Aliev, G.J.Ulug‘bekova, SH.X.Xamroqulov, G.N.Mamatxo‘jaeva, A.Qosimov, R.Xakimova, B.B.Inaqova, SH.X.Xakimov, A.R.Mamataliev, J.T.To‘xtaev, S.M.Babich, M.X.Solieva, SH.U.Rashidova, SH.O.Toshboev, M.B.Usmanovalar  kabi yuqori malakali, tajribali, kamtarin ustozlarimiz ishlab kelmoqdalar, jami bo‘lib talabalarga 21 nafar  professor va fan doktorlari, 50 nafar dotsent va fan nomzodlari ta’lim bermoqdalar.

O‘tgan davr mobaynida magistratura mutaxassisliklarining ta’lim sifatini oshirish borasida keng ko‘lamda ijobiy ishlar olib borildi. Bu ishlarning isboti sifatida shuni ta’kidlash joizki, «Bolalar jarrohligi» mutaxassisligi bo‘yicha sobiq  talaba SHerzod Alimov 2005 yilda, “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Nodira Mamajonova 2006 yilda, “Jarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Muzaffar Nosirov 2007 yilda,  “Nevrologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Zikrillo O‘lmasov 2013 yilda, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha YAhyo Ziyaev 2014 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi” sovrindori bo‘ldilar va institutimizning shonli tarixiga o‘z hissasini qo‘shdilar.

Hozirgi kunda 700 dan ortiq bitiruvchilardan 5 nafari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 95 nafari kafedralarda assistent lavozimlarida ishlab kelmoqdalar. So‘nggi yillarda institutimiz kafedralari mutaxassislari ilmiy aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko‘tardilar, natijada respublika va xorijiy  davlatlar nufuzli ilmiy dargohlari bilan tajriba almashish keng yo‘lga qo‘yildi. SHu sababli talabalarimiz ham ushbu dargohlarga borib, yangi innovatsion o‘quv va davolash texnologiyalarini o‘rganib keldilar hamda amaliyotga tatbiq qilmoqda. Bunga misol qilib, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Zulxumor Xoldarova N.N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi, “Neyrojarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Erkin Haydarov Kirov davlat tibbiyot akademiyasi, Abbos Mamadaliev Donetsk milliy tibbiyot universiteti, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Saidalixon Hakimov Qozon tibbiyot universiteti, “Otorinolaringologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Hayot Qosimov Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Otorinolaringologiya kafedrasida, Qudrat Tursunov “Travmatologiya va ortopediya” mutaxassisligi bo‘yicha, Akram Hakimov Toshkent travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish markazida,  “Neyrojarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Mavluda Turg‘unova Respublika neyroxirurgiya ilmiy tekshirish markazida, “Tashhisning instrumental va funksional tekshiruv usullari” mutaxassisligi bo‘yicha Go‘zaloy  Soipova  Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining funksional diagnostika kafedrasida, “Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha Umida G‘anieva Yaponiya davlatining Nagoya tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalarni keltirish mumkin.

        Magistratura – aniq ixtisoslik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan bakalavriatdan keyin uning negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

        Magistrant – har tomonlama bilimdon, fundamental ilmiy asosga ega, ilmiy ijod uslubiyoti, zamonaviy axborot texnologiyasi, ilmiy ma’lumotlar qabul qilish, ulardan foydalanish va saqlash usullarini biladigan, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyor bo‘lgan etuk insondir.

Magistratura bo‘limining maqsadi va vazifalari

– Universitet magistratura bo‘limining asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimining magistratura bosqichida yuqori malakali, yuksak madaniyatli, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk, bilim jihatdan xalqaro standartlarga mos keluvchi raqobatbardosh magistrlarni tayyorlash.

– Magistratura bo‘limi bir necha mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlaydigan universitetning o‘quv-ilmiy va ma’muriy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

– Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari (bundan buyon matnda Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi) va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.

– O‘quv jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda ishtirok etish, magistrantning mustaqil ishlari xajmini belgilash va nazorat qilish.

– Mutaxassislik kafedralari hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasini shaklllantirish.

– Mutaxassislik kafedralarining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik amaliyotini o‘zaro hamkorlikda tashkil etish.

– Magistratura talabalari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlar loyihalarini shakllantirish va universitet rektoriga tavsiya qilish.

– Magistratura talabalari orasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni odob ahloq qoidalari bilan tanishtirish.

– Magistratura talabalarinng ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik amaliyotlarini tizimdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

– Universitet magistraturasiga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish hamda qabul bo‘yicha taklif va mulohazalarni universitet rahbariyati bilan hamkorlikda yuqori tashkilotlarga taqdim qilish.

– Magistratura faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bo‘yicha chet el universitetlari tajribalarini o‘rganish va ularni samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.

ADTI magistratura mutaxassisliklarini  kafedralar bo‘yicha taqsimlanishi 

Shifr Mutaxassisliklar Mutaxassislik kafedralari
1. 5A510101 Akusherlik va ginekologiya 1-Akusherlik va ginekologiya kafedrasi
2 – Akusherlik va ginekologiya kafedrasi
2. 5A510103 Terapiya 1 – UASh tayyorlash kafedrasi
3. 5A510104 Otorinolaringologiya Otorinolaringologiya kafedrasi
4. 5A510105 Kardiologiya Fakultet terapiya kafedrasi
5. 5A510106 Oftalmologiya Oftalmologiya kafedrasi
6. 5A510107 Yuqumli kasalliklar Yuqumli kasalliklar kafedrasi
7. 5A510108 Dermatovenerologiya Dermatovenerologiya kafedrasi
8. 5A510109 Nevrologiya Nevrologiya kafedrasi
9. 5A510110 Umumiy onkologiya Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi
10. 5A510112 Xirurgiya Jarrohlik va urologiya kafedrasi
Umumiy jarrohlik kafedrasi
11. 5A510113 Tashxisning instrumental va funksional usullari Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi
12. 5A510114 Neyroxirurgiya Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi
13. 5A510115 Sog‘liqni saqlashni boshqarish Jamoat salomatligi kafedrasi
14. 5A510117 Urologiya Jarrohlik va urologiya kafedrasi
15. 5A510118 Morfologiya Normal va patologik fiziologiya
Anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi
16. 5A510119 Narkologiya Psixiatriya kafedrasi
17. 5A510121 Travmatologiya va ortopediya Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi
18. 5A510123 Sud tibbiyoti ekspertizasi Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi
19. 5A510127 Sport tibbiyoti Reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi
20. 5A510201 Pediatriya Gospital pediatriya kafedrasi
21. 5A510202 Bolalar xirurgiyasi Bolalar jarrohligi kafedrasi
22. 5A510203 Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi Anesteziologiya, reanimatologiya va shoshilinch pediatriya kafedrasi
23. 5A510204 Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi Gospital pediatriya kafedrasi
24. 5A510205 Bolalar nevrologiyasi Nevrologiya kafedrasi
25. 5A510206 Neonatologiya Fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi
26. 5A510111 Psixiatriya Psixiatriya kafedrasi
27. 5A510120 Anesteziologiya va reanimatologiya Anesteziologiya, reanimatologiya va shoshilinch pediatriya kafedrasi

Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti va Koreyaning Tegu universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan «Tibbiyot injeneriyasi» qo`shma magistirlik dasturi asosida 2018-2019 o`quv yilidan boshlab Andijonda tibbiyot muhandislari tayyorlanadi

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017- yil  5 – maydagi  PQ- 2956-sonli  “O‘zbekiston  Respublikasida  tibbiy  ta’lim  tizimini  yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda  2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli  “Oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  sifatini  oshirish  va ularning  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli  islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari  ijrosini  ta’minlash  maqsadida,  Andijon  davlat  tibbiyot instituti va  Andijon mashinasozlik instituti bilan Koreyaning Tegu universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan  tibbiyot  injeneriyasi  bo‘yicha  institutlararo  magistratura tajribaviy  dasturi  asosida  2018-2019 – o‘quv  yilidan  boshlab  sog‘liqni saqlash  tizimi  uchun  tibbiyot  muhandislari  tayyorlash  tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu  dastur  tayanch  oliy  ma’lumotga  ega  bo‘lgan,  texnika  oliy  o‘quv yurtlarining  elektronika,  texnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirish, metrologiya, materialshunoslik, biofizika, biotexnologiya tizimlari hamda tibbiyot  oliy  o‘quv  yurtlarining  tibbiyot-profilaktika,  tibbiyot-biologiya kabi yo’nalishlari  bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  tajribaviy  magistratura dasturi asosida modul-kredit tizimida olib borilmoqda. SHu  bois,  qo‘shma  ta’lim  dasturini  amalga  oshirish  yuzasidan navbatdagi  yig‘ilish  Andijon  davlat  tibbiyot  institutida  tashkil  etildi. Yig‘ilishda Andijon davlat tibbiyot instituti  rektori, hamkor oliy o‘quv yurtlarining  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  prorektorlari,  xalqaro  aloqalar  bo‘limi boshliqlari,  magistratura,  o‘quv-uslubiy , reja va moliya bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va o‘quv mashg‘ulotlari olib borayotgan  professor-o‘qituvchilar qatnashdilar.Yig‘ilishni  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  rektori,  tibbiyot fanlari doktori, professor M. Madazimov ochib berib, hozirgi kunda tibbiyot  sohasida  respublikamizda  olib  borilayotgan  ulkan  yangilanishlar, respublikamiz oliy o‘quv yurtlari va chet el oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklar va  tashkil etilgan qo‘shma magistrlik dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-  yil  5- iyundagi  PQ-3775-sonli  “Oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  sifatini oshirish  va  ularning  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” gi  qaroridan  kelib  chiqib,  O‘zbekiston  Respublikasidagi  ta’lim muassalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018- yil 17 – sentyabrdagi  9-sonli  bayoni  asosida  2018/2019  o‘quv  yili  qabuli  uchun respublika  oliy  ta’lim  muassasalari  va  xorijiy  oliy  ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va  ikki tomonlama diplom berish  amaliyotini  joriy  etish  maqsadida  Andijon  mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha  “Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga  9 nafar talabalar qabul qilinganligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

SHu bilan birga, tibbiyot muhandisligi sohasi muhimligi va ularning kasbiy  faoliyatiga  texnika  va  ilmiy  soha,  inson  faoliyati,  tibbiyot diagnostika  uchun  asbob-uskunalarga  xizmat  ko‘rsatish,  kasalliklar profilaktikasi va reabilitatsiyasida zamonaviy tibbiyot jihozlari, tibbiy laboratoriya  masalalarini  yechish  uchun  dasturiy  ta’minotni  ishlatish kabilar kiritilganligini institut rektori a’lohida ta’kidlab o‘tdi. So‘ngra,  Andijon  mashinasozlik  institutining  xalqaro  aloqalar bo‘limi boshlig‘i Z. Jo‘raev tibbiyot muhandisligi institutlararo qo‘shma magistrlik dasturining o‘ziga xos xususiyatlari,  tarkibiy tuzilmasi, o‘quv mashg‘ulotlari  va  mutaxassislik  fanlari  haqida  to‘liq  ma’lumot  berdi. Jumladan,  Janubiy  Koreyaning  Tegu  universiteti  (Catholic  University  Of Daegu)  va  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  bilan    hamkorlikda meditsina  injeneriyasi  (Biomedical  Engineering)  magistratura mutaxassisligi qo‘shma ta’lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga  asosan  1+1  modeli  asosida  (1-o‘quv  yilida  Andijon mashinasozlik instituti va Andijon davlat tibbiyot institutilarida va 2- o‘quv yilida Janubiy Koreyaning Tegu universitetida) tashkil etilganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Yig‘ilish  davomida  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  va  Andijon mashinasozlik  instituti  bo‘lim  boshliqlari  o‘z  vakolatlari  doirasida qo‘shma  magistrlik  dasturining  kelgusi  istiqbollari  haqida  kelishib oldilar.  Yig‘ilish  so‘ngida,  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  rektori, professor  M.  Madazimov  institutning  kafedra  mudirlari  va  bo‘lim boshliqlariga  o‘quv  mashg‘ulotlarini  doimiy  ravishda  monitoring  olib borish,  o‘quv  mashg‘ulotlarini  kerakli  tibbiyot  jihozlari  va  axborot kommunikatsion  texnologiya  vositalari  bilan  ta’minlash  va  ta’lim sifatiga alohida e’tibor berish haqida tegishli kafedralarga topshiriqlar berdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti hamda Koreyaning TEGU  universiteti  hamkorligidagi “Tibbiyot injeneriyasi” qo‘shma magistrlik dasturi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

       2017-2018 o’quv yilidan Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti  va Koreyaning Tegu universiteti  hamkorligida ishlab chiqilgan tibbiyot injeneriyasi bo‘yicha  institutlararo magistratura tajribaviy dasturi asosida «Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Endilikda  bo‘lg‘usi tibbiyot muhandislari  2018-2019 o‘quv yilining 1-semestrida  Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil oladilar. 2-semestr o‘quv mashg‘ulotlari Andijon mashinasozlik institutida olib boriladi. Kelgusi o‘quv yilida esa ular Koreyaning Tegu universitetida  ta’lim oladilar.

Ana shu munosabat bilan 2018-yil 4-dekabr kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor  M.Madazimov  magistratura talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida institut rektori  “Tibbiyot  va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan talabalarni qizg‘in tabrikladi. Professor M.Madazimov suhbat chog‘ida  tibbiyot muhandisligi sohasini bugungi kunda eng kerakli  va muhim soha ekanligini, texnikaning jadal rivojlanishi, mamlakatimizda tibbiyot muassasalariga olib kelinayotgan eng zamonaviy tibbiy asbob –uskunalarni, jihozlarni o‘rnatishda va ulardan xalqimiz salomatligi yo‘lida samarali foydalanishda tibbiyot muhandislariga ehtiyoj juda katta ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutida  ularni tibbiyot yo‘nalishida yetarli bilim olishlari   uchun har tomonlama  zarur  sharoitlar mavjudligini aytib  o‘tdi.

Kelgusida ularning malakali tibbiyot muhandisi bo‘lib yetishishlari uchun bir vaqtning o‘zida tibbiy va texnik  bilimlarni, shu bilan birgalikda chet tilini mukammal  o‘rganishlari lozimligini alohida ta’kidladi.

Ularning kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirib, mazkur magistratura mutaxassisligining “birinchi qaldirg‘ochlari”ga chin dildan  omad va zafarlar tiladi.

Andijon davlat tibbiyot institutida «O‘zbekistonda klinik injeneriya bo‘yicha qo‘shma magistrlik dasturi” mavzusida seminar o‘tkazildi


Magistraturaning bitiruvchi bosqich talabalariga yakuniy davlat attestatsiyalari o’tkazildi


Koreya Respublikasining TEGU Universiteti bilan hamkorlikdagi magistratura mutaxassisligiga qabul boshlandi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!