Markaz va bo’limlar

  

Utanov Zafar Muxammadovich –   ATM boshlig`i

Elektron manzil:  zafarutanov3800@gmail.com

Telefon nomer:        +99893 417 78 80

Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot texnologiyalari markazi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:

  1. Axborot tizimlarini joriy etish bo`limi
  2. Axborot xavfsizligini ta`minlash bo`limi
  3. Texnik qo`llab-quvvatlash bo`limi
  4. Tarmoqlarni boshqarish bo`limi

Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

O’quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;

O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;

Talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika va axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish;

Ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchi, ilmiy va o‘quv-texnik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;

Jahon axborot-kompyuter fazosida ishlashni va muloqot olib borish madaniyatini tadbiq etish;

Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish.

Axborot texnologiyalari markazi tomonidan institutdagi zamonaviy kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, ulardagi dasturiy vositalar bilan samarali ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Institutda  o‘rnatilgan 4 dona asosiy serverlar insitutning boshqaruv apparati, ma’lumotlar bazasi, ichki hujjatlar nazorati va masofaviy o‘qitish tizimlarini o‘z ichiga jamlaydi. Server qurilmalari yangi texnologiyalar va dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan bo‘lib, institut bosh o‘quv binosida 107 ta kompyuterlarni internet, korporativ tarmoqlar bilan uzluksiz aloqada bo‘lishini ta’minlab beradi. Serverlar tashqi xurujlardan ximoyalangan va bo‘lim xodimlari tomonidan xar kuni tekshirib profilaktika ishlari olib boriladi.

ATM  ishchi xodimlari tomonidan institutda 15 ta Wi-Fi xududlari tashkil qilingan bo‘lib xududlarda internet va lokal tarmoqlardan simsiz foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Internet tarmog‘idan foylanishga qo‘yilgan talablar malakali xodimlar tomonidan tuzib chiqilgan qoidalar asosida foydalanishga yetkazib beriladi.

Institut rasmiy veb-sayti yangidan yaratildi. Sayt orqali kunlik yangiliklar bilan boyitilib borilmoqda. Intstitut sayti orqali barcha interaktiv xizmalar ko‘rsatiladi, bundan tashqari veb saytda elektron kutubxona tashkil qilingan bo‘lib foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan. Rasmiy veb sayt orqali institutning xozirgi kundagi xayoti, erishgan yutuqlari va o‘zgarishlarini kuzatib borish mumkin.

Bo‘lim tarkibida talabalar bilimini test usulida baholab, monitoringini yuritish maqsadida avtomatlashtirilgan test tizimiga ega kompyuter zali hosil qilingan. Test dasturini zamon talablariga muvofiqlashtirish maqasdida, 2016 yil avgust oyida davlat patent idorasidan DUG 01718 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Universal test” dasturi test markazi serveriga o‘rnatilgan.

Hozirda kompyuter zalida 60 o‘rinli test topshiruvchi kompyuter va texnik qurilmalar hamda ularni bosh markazlashgan holda “Test serveri”dan boshqarilib boriladi. Institutning uchta fakulteti:

  • Davolash ishi
  • Pediatriya ishi
  • Stomotologiya
  • Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti talabalari bilimini tizim orqali baholab borish bo‘limning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Bundan tashqari bo‘lim xodimlari tomonidan institutning professor-o‘qituvchilarini “Kompyuter savodxonligi” bo‘yicha  ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishda ko‘maklashib kelmoqdalar.

ATM xodimlari

Asranov Nasibillo – Zal mudiri

Elektron manzil – nasibiiloasranov@mail.ru

Telefon nomer – +998 97 771 21 01

To’raxonov Nurulloxon –  Axborot tizimlarini joriy etish bo’limi boshlig’i

Elektron manzil – nurillo_1121@mail.ru

Telefon nomer – +998 97 771 21 01

Raxmanov Baxromjon – Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i

Elektron manzil – Plus_max@umail.uz

Telefon nomer – +998 97 2507004

Abdunabiyev Nozimjon – Tarmoqlarni boshqarish bo’limi boshlig’i

Elektron manzil – nozimjon@bk.ru

Telefon nomer – +998999086025

Abduraxmonov Sardorbek – muxandis elektronchi

Elektron manzil – sardorbek- 1982@mail.ru

Telefon nomer – +998 934440011

Ushakov Genadiy – tarmoq administratori

Elektron manzil – asmi-and@mail.ru

Telefon nomer – +998905277247

Abdulxodimov Fayzullo – tarmoq administratori

Elektron manzil – adti_atm@mail.ru

Telefon nomer – +998 914866161

Kamol Karimovich Mirzaev-
Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig’i


Elektron manzili: agmi-361@rambler.ru

Telefon: (0374)-237-56-45

 

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi faoliyati

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 1996 yil 26 aprel 105-sonli buyrug‘iga asosan institutda Nazorat inspeksiyasi tashkil etildi.

Inspeksiya Oliy va o‘rta maxsus o‘kuv yurtlari davlat attestatsiyasi, akkreditatsiyasi va nazorati Bosh boshqarmasining tezkor bo‘limi hisoblanadi.

YUkoridagi buyruqqa asosan inspeksiya boshlig‘ining lavozimi prorektor lavozimiga tenglashtiriladi.

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi 1996 yil 4 noyabrda ichki nazorat inspeksiyasi nomi bilan tashkil etilgan. Inspeksiya boshlig‘i vazifasi institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor Z.S.Salohiddinovga yuklatilgan.

Uslubchilar etib, dotsentlar A.Z.Ishokov, YO.Q.Qosimov va assistent A.SH.SHermatovlar tayinlanganlar.

1997 yilning may oyida ichki nazorat inspeksiyasi boshlig‘i etib professor O.S.Salohiddinov tayinlandi. 1998 yilda dotsent B.Mamadaliev ishga kabul kilindi.

Nazorat inspeksiyasi o‘z faoliyatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tuzilgan ichki nazorat inspeksiyasi Nizomiga asosan o‘z Nizomini ishlab chiqqan, o‘quv jarayoni sifatini nazorat qilish borasida ko‘plab ishlarni rejalashtirib, ularni amalga oshiradi.

Ichki nazorat inspeksiyasi har o‘quv yilida kafedralarda  olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va davolash-otaliq ishlarining  holatini reja asosida o‘rganib borib,  tekshirish natijalari to‘g‘risida institut va fakultet ilmiy kengashlarida, rektorat  yig‘ilishlarida axborot berib boradi. Ko‘rsatilgan kamchiliklar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, ularning bajarilishi nazoratga olinadi.

Ichki nazorat inspeksiyasi nafaqat kafedralar, balki institut bo‘limlari  faoliyati, mehnat intizomi masalalariga ham e’tibor qaratgan. Inspeksiya har yili o‘quv jarayoni haqida alohida tuzilgan va institut ilmiy kengashida tasdiqlangan savolnomalar orqali institut barcha talabalarning shaxsiy fikrlarini o‘rganib boradi. Bu so‘rovnomalar natijasi institut ilmiy kengashida  keng muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, har yilning yakuni bo‘yicha alohida tuzilgan va institut ilmiy kengashida tasdiqlangan savolnoma buyicha test sinovlari asosida professor-o‘qituvchilarni yillik attestatsiyadan o‘tkazadi. Attestatsiya natijalariga muvofiq har yil

o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va davolash-otaliq ishlarida yuksak ko‘rsatkichga erishgan pedagoglarga ilmiy kengash qaroriga asosan oylik maoshiga 50, 40, 30 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilangan.

Inspeksiya boshlig‘i, professor O.S.Saloxiddinov Respublika attestatsiya, akkreditatsiya va nazorat  Bosh boshqarmasi buyrug‘iga asosan 1999 yilning noyabr oyida I-Toshkent Davlat tibbiyot instituti va dekabr oyida Samarqand Davlat tibbiyot instituti faoliyatlarini attestatsiyadan o‘tkazishda xay’at a’zosi sifatida qatnashgan. Bosh uslubchi B.Mamadaliev esa Andijon Davlat tillar instituti  faoliyatini viloyat hay’ati a’zosi sifatida o‘rganib chiqqan. Bu institut nazorat inspeksiyasi hodimlariga Respublika attestatsiya, akkreditatsiya va nazorat Bosh boshqarmasining ishonchidan dalolatdir.

2000-2001 o‘quv yilida nazorat uslubchi A.SHermatov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan uning o‘rniga S.Mamatxo‘jaev  tayinlangan.

2002 yildan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga asosan ichki nazorat inspeksiyasi  «Ichki nazorat va monitoring bo‘limi» deb nomlana boshlandi. Bu bo‘limga  shu yili  uslubchi etib S.Jaloliddinov qabul qilindi. Bo‘limga monitoring xizmati qo‘shilishi bilan Vazirlikning alohida chiqargan buyrug‘iga asosan har chorakda  va yil oxirida ko‘rsatilgan jadvallar bo‘yicha institutning serqirra faoliyati haqida axborotlar berib borilmoqda. Bulim o‘z faoliyatini rektorat tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib boradi.

2005 yilda professor M.R.Mamadiev bo‘lim boshlig‘i vazifasiga tayinlandi. Bo‘limda bosh uslubchi dotsent Q.Omonov, uslubchilar S.Jaloliddinov va  F.Xamidovlar faoliyat ko‘rsatdilar.

2005-2007 yillarda ichki nazorat va monitoring bo‘limi quyidagi tarkibda faoliyat yuritdi: bo‘lim boshlig‘i, professor M.R.Mamadiev, bosh uslubchi, dotsent T.J.Jalilov, dotsent Q.Amonov, uslubchilar: t.f.n. F.SH.Xamidov, S.Jaloliddinov.

Andijon davlat tibbiyot instituti Ichki nazorat va monitoring bo‘limi institut rektorining 2007 yil 28 sentyabrda tasdiqlagan “Andijon davlat tibbiyot instituti Ichki nazorat va monitoring bo‘limi NIZOMI” asosida faoliyat olib bormoqda.

2008 yil 20 dekabrdan boshlab bo‘lim boshlig‘i etib, t.f.d. A.B.Pakirdinov tayinlandi. SHuningdek bo‘limda S.Jaloliddinov va M.Buvabekovlar faoliyat ko‘rsatishdi.

2010 yilning avgustidan boshlab dotsent K.K.Mirzaev bo‘lim boshlig‘i etib tayinlandi. Hozirda bo‘limda bosh uslubchi M.Haydarov, uslubchi S.Jaloliddinov va nazoratchilar F.Xamidov, Z.Nasirdinova hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi ish yurituvchi kotibasi F.SHamsutdinovalar faoliyat olib bormoqdalar.

Nizomi

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi xodimlari

Monitoring va Ichki nazorat  bo`limi uslubchisi
Jalolidinov Sirojidin
Tel: +998906214591
 
Monitoring va Ichki nazorat  bo`limi uslubchisi
Quldashev Ahmadali
Tel: 223-94-66
 
Monitoring va Ichki nazorat  bo`limi inspektori
Qobilov Abdurahim
Tel: +998914912177
 
Monitoring va Ichki nazorat  bo`limi ish yurituvchisi
 Shamsutdinova Fotimaxon
Tel: +998916206606

XODJIMATOV G`ULOMIDDIN MINHODJIEVICH     

Institut ilmiy ishlari bo`yicha prorektor
Tibbiyot fanlari doktori, professor
Qabul kuni: Xar kuni  15-00 18-00 102 xona

Telefon: 0(8374)2375433

Elektron pochta: ilmiy-prorektor@adti.uz

 G.N.Mamatxujaeva.

dotsent G.N.Mamatxujaeva ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi  boshlig‘i

                                         To`rayeva G Yu

Katta ilmiy hodim izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va klinik ordinatorlar bilan ishlash bo`yicha ma’sul

 Madumarova Maxfuza Maksimovna

“Yosh olimlar Kengashi” ning raisi.

1955-1960-yillarda institut endigina tashkil topgan bo‘lib, ilmiy-pedagogik kadrlar masalasida anchagina etishmovchilik  bor edi. Institutning bu sohadagi extiyojini qondirish uchun Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlaridan yosh, iqtidorli pedagog-olimlar Sog‘likni saqlash vazirligining yo‘llanmasi bilan institutga ishlash uchun yuborilgan. Professor va dotsentlar K.A.Zufarov, N.P.Sokolov, E.Kolos, I.G.Mardershteyn, A.YA.YAsnogorodskiy, I.K.Karaev, YO.X.Turaqulov, N.K.Axmedov, P.J.Tulyaganov, V.A.Babaeva, T.M.Koriev, G.F.Korotko, X.K.Saloxitdinov, B.N.Soybel, N.I.Pasternak va boshqalar institutning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi  yo‘lida fidokorona mehnat qildilar. Ularning rahbarliklari ostida ko‘plab iqtidorli  fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi.

Sekin-asta institutning ilmiy va pedagogik salohiyati oshib bordi. Bunday natijaga erishishda institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasini bajargan olimlarning hissasi kattadir.

Institutda faoliyat ko‘rsatgan ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlar:

1957-yil 6 yanvarda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining  buyrug‘i bilan N.P.Sokolov birinchi  ilmiy ishlar prorektori etib tayinlandi.

Professor N.P.Sokolovning 1957-1969 yillar davridagi faoliyatida 8 ta doktorlik, 52 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari 1 ta patent olindi. SHu davr ichida 5 ta ilmiy-amaliy anjumanar  o‘tkazildi.

G.F.Korotko. 1969-1974 yillar davrida professor G.F.Korotko ilmiy ishlar prorektori lovozimida faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda 15 ta doktorlik, 87 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida 78 ta ilmiy maqola, 729 ta ilmiy tezis nashr etildi. Institutning professor-o‘qituvchilari tomonidan 16 ta ratsionalizatorlik takliflari, 181 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi. Ushbu davrda 5 ta ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

 N.N.CHukanin. 1975-yilga kelib ilmiy ishlar prorektori etib 1975-1983 yillarda professor N.N.CHukanin tayinlandi va o‘z faoliyatini 1983 yilgacha olib bordi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 14 ta doktorlik, 98 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Ilmiy jurnallarda 257 ta ilmiy maqola chop etildi, 1881 ta ilmiy tezislar konferensiya to‘plamlarida chop etilib 46 ta patent olindi, 210 ta ratsionalizatorlik takliflari tayyorlandi, 515 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi. SHu davr ichida 11 ta ilmiy-amaliy konferensiya  o‘tkazildi.

 YA.YU.Illek. 1983-1984-yillarda professor YA.YU.Illek ilmiy ishlar prorektori bo‘lib ishladi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 7 ta doktorlik, 26 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 40 ta ilmiy maqolalar, 301 ta ilmiy tezislar konferensiya to‘plamlarida e’lon qilindi va 4 ta patent olindi, 36 ta ratsionalizatorlik takliflari tayyorlandi, 190 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi. SHu davr ichida 3 ta ilmiy-amaliy konferensiya  o‘tkazildi.

V.G.Suxoterin. 1984-1991 yillar davomida professor V.G.Suxoterin ilmiy ishlar prorektori lavozimda faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 8 ta doktorlik, 29 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 298 ta ilmiy maqola jurnallarda nashrdan chiqdi, 2409 ta ilmiy tezislar konferensiya to‘plamlarida chop etildi va  24 ta patent olindi. 492 ta ratsionalizatorlik takliflari tayyorlanib, 963 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 8 ta monografiya va 1 ta darslik  nashr etildi.. SHu davr ichida 10 ta ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilib, institutning 11 nafar professor-o‘qituvchilari xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

Q.D.Jalolov. 1991-1996 yillarda professor Q.D.Jalolov ilmiy ishlar prorektori lavozimida ishladi. Ilmiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha olib borgan faoliyati natijasida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 9 ta doktorlik, 40 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Turli ilmiy jurnallarda  272 ta ilmiy maqola chop etildi va konferensiya materiallarida 1640 ta ilmiy tezislar e’lon qilindi, 20 ta patent olinishi bilan birgalikda 278 ta ratsionalizatorlik takliflari,  353 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 13 ta monografiya, 5 ta darslik  nashr etildi.

 Z.S.Saloxiddinov. Uzoq yillar davomida, ya’ni 1996-2007 yillarda professor Z.S.Saloxiddinov ilmiy ishlar prorektori lavozimida ishladi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 8 ta doktorlik va 53 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi va ilmiy maqolalar ko‘lami ortib, 1692 ta ilmiy maqolalar turli xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida chop etildi. Konferensiya to‘rlamlarida 6507 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. Ixtirochilik sohasida 59 ta patent olindi va 868 ta ratsionalizatorlik takliflari, 1117 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi. 29 ta monografiya va 26 ta darslik nashr etildi. Bu davr ichida 61 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi, 51 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

G‘.M.Xodjimatov. 2007-yildan – hozirgi kunga qadar ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida professor G‘.M.Xodjimatov faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Professor G‘.M.Xodjimatov davrida institutda innovatsion, amaliy va fundamental grant ishlarini takomillashtirishga erishildi. Ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash, ularni yoshartirish bo‘yicha ko‘zga ko‘rinadigan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, yosh olimlarni fanga etaklash, ularga shart-sharoitlar yaratish borasida namunali ishlar bajarildi. Professor-o‘qituvchilari tomonidan 23 ta doktorlik, 94 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 2560 ta ilmiy maqolalar, 16348 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 76 ta patent olindi, 2609 ta ratsionalizatorlik takliflari, 3394 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 63 ta monografiya nashr qilindi. SHu davr ichida 102 ta ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi, 241 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlardagi konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

 Institutda faoliyat ko‘rsatgan ilmiy bo‘lim boshliqlari:

1970-yilning 1 avgustidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan institutda ilmiy bo‘limi tashkil qilindi. Keyinchalik mazkur bo‘lim ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi deb nomlana boshladi.

M.E.Islyamova. Institutda birinchilar qatorida ilmiy bo‘limni boshqargan olima dotsent M.E.Islyamovadir. Uning 1972-1975 yillardagi faoliyati davrida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 13 ta doktorlik, 78 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 82 ta ilmiy maqolalar, 714 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 32 ta ratsionalizatorlik takliflari, 165 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi. SHu davr ichida 4 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi.

L.I.Ushakova.  1975-1997 yillarda dotsent L.I.Ushakova ilmiy bo‘lim boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. Uning davrida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 69 ta doktorlik, 201 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 880 ta ilmiy maqolalar, 5977 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 103 ta patent olindi, 1034 ta ratsionalizatorlik takliflari, 1881 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 27 ta monografiya, 7 ta darslik nashr qilindi. SHu davr ichida 40 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi, 38 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

S.J.Bekbulatova. 1998-1999 yillarda dotsent S.J.Bekbulatova ilmiy bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishladi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 6 ta doktorlik, 22 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 179 ta ilmiy maqolalar, 480 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 11 ta patent olindi, 89 ta ratsionalizatorlik takliflari, 105 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 6 ta monografiya, 2 ta darslik nashr qilindi. SHu davr ichida 3 ta ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi, 5 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

E.S.Dadaxo‘jaev. 1999-2000 yillarda dotsent E.S.Dadaxo‘jaev ilmiy bo‘lim boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta doktorlik, 12 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 38 ta ilmiy maqola, 399 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 3 ta patent olindi, 40 ta ratsionalizatorlik takliflari, 152 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 1 ta monografiya, 1 ta darslik  nashr qilindi. SHu davr ichida 4ta ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi, 5 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

R.M.Yunusov. 2000-2005 yillarda dotsent R.M.YUnusov ilmiy bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishladi Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 12 ta doktorlik, 53 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 943 ta ilmiy maqolalar, 3482 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 23 ta patent olindi, 428 ta ratsionalizatorlik takliflari, 495 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 12 ta monografiya, 11 ta darslik  nashr qilindi. SHu davr ichida 36 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi, 30 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

A.I.Xatamov. 2005-2008 yillarda t.f.d., dotsent A.I.Xatamov ilmiy bo‘lim boshlig‘i  bo‘lib ishladi. A.I.Xatamov faoliyati davrida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 11 ta doktorlik, 44 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 703 ta ilmiy maqolalar, 2855 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 9 ta patent olindi, 371 ta ratsionalizatorlik takliflari, 513 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 7 ta monografiya, 12 ta darslik nashr qilindi. SHu davr ichida 26 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi, 30 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

U.T.Abduqodirov. 2008-2010 yillarda dotsent U.T.Abduqodirov ilmiy bo‘lim boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta doktorlik, 20 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 558 ta ilmiy maqola, 2099 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 5 ta patent olindi, 310 ta ratsionalizatorlik takliflari, 371 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 22 ta monografiya, 13 ta darslik  nashr qilindi. SHu davr ichida 10 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi, 26 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

SH.A.G‘ulomov. 2010-yildan – 2016-yilga qadar dotsent SH.A.G‘ulomov ilmiy-tadqiqot, ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi  boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib keldi. Bu davrda institutda yosh olimlar va iqtidorli talabalarni fanga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘zga ko‘rinadigan ishlar bajarildi. Institutda “YOsh olimlar kengashi” tuzildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendyasi, Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi va jamoat tashkilotlari tomonidan ta’sis etilgan stipendiyalarga da’vogarlarni tanlab olish va tayyorlash bo‘yicha  o‘ziga xos maktab yaratildi. SHu davr ichida 59 ta ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi, 91 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

G.N.Mamatxujaeva. 2016-yildan xozirgi kunga qadar dotsent G.N.Mamatxujaeva ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi  boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmokda.

2017-yil 20-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-2909 – sonli qaroriga muvofiq 2017 – 2021-yillari chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash hamda PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun institumizdan 8 nafar nomzod O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi tanlovida qatnashdilar.

Jamg’arma tanlovida  g‘olib bo‘lgan stipendiatlar quyidagilar:

  • 1-Akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti Shaxnoza Muftaidinova – PhD dasturi bo‘yicha ta’lim olish uchun stipendiat bo‘ldi.
  • Tayanch doktorantlar Dilnoza Malikova va Jasur Ibragimovlar 3 oylik stajirovka o‘tash uchun stipendiat bo‘ldi.
  • 2018-2019-o‘quv yiliga Nilufar Musayeva 3 oylik stajirovka o‘tash uchun stipendiat bo‘ldi.

Institut xodimlari tomonidan 2018yilda dissertatsiya himoyalari:

  1.  Nishanov Murod Fozilovich – “Xirurgiya va urologiya”  kafedrasi assistenti 2018-yil 23-mart kuni akademik V.V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc 27.06.2017.Tib.31.01  raqamli ilmiy Kengashda “O‘n ikki barmoqli ichak yara xastaligi bilan xastalangan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari” nomli PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi (ilmiy rahbar akademik F.G. Nazirov).
  2.  Mamarasulova Dilfuza Zakirjanovna – “Klinik radiologiya va onkologiya” kafedrasi mudiri, dotsent 2018-yil 27-mart kuni akademik V.V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc 27.06.2017.Tib.31.01  raqamli ilmiy Kengashda “Tuxumdon saratonini erta tashxislash va davolashda molekulyar-genetik va gormonal omillarning o‘rni” nomli DSc doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy maslahatchi tibbiyot fanlari doktori Yuldasheva Nargiza Shavkatovna).

Bugungi kunda professor-o‘qituvchilar,  yosh olimlar va iqtidorli talabalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlarini institut qoshidagi Makaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va uning vivariysida olib boradilar.

Institutda yosh pedagoglarga dissertatsiya tadqiqotlarini bajarish uchun, ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishga sharoitlar yaratilmoqda.

2016-yil 28 noyabr kuni katta ilmiy-xodimlar-izlanuvilar institutini “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi buyicha 2015-yilda  bitirgan S.M.SHokirova ToshPTI qoshidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016.Tib.18.01 raqamli ilmiy Kengashda  “Homilaning bachadon ichi infeksiyalanishida kelib chikadigan asoratlarni aniqlash va prognoz qilishni takomillashtirish” nomli DSc doktorlik dissertatsiyasini ximoya qildi (ilmiy maslahatchi professor F.M. Ayupova).

2017-yil 17 iyul kuni katta ilmiy-xodimlar-izlanuvilar institutini “Ichki kasalliklar” mutaxassisligi bo‘yicha 2015-yilda  bitirgan N.R. Uzbekova TTA qoshidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc 27.06.2017. Tib 30.02   raqamli ilmiy Kengashda  “Metabolik sindrom patogenezining neyrogumoral mexanizmi va terapevtik korreksiyalash yo‘llari” nomli DSc doktorlik dissertatsiyasini ximoya qildi (ilmiy maslahatchi professor M.A. Xujamberdiev).

2017-yil 25 sentyabr kuni katta ilmiy-xodimlar-izlanuvilar institutini “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi bo‘yicha 2014 yilda  bitirgan G.M.Maniyozova ToshPTI qoshidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc 27.06.2017.Tib.29.01  raqamli ilmiy Kengashda “Antifosfolipid sindromi va anamnezida reproduktiv yo‘qotishlar mavjud ayollarda perinatal asoratlarning profilaktikasi va davosi” nomli PhD dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy rahbar professor D.K.Najmutdinova).

2017- yil 8 noyabr kuni 2016 yilda mustaqil izlanuvchilik institutini bitirgan M.M.Mirsaydullaev ToshVMOI qoshidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc 27.06.2017.Tib.31.01  raqamli ilmiy Kengashda “YUqori xatar guruhini tashkil qiluvchi OIV bilan infitsirlangan aholi orasida predgipertenziya va arterial gipertenziyaning tarqalishi, klinik kechishi, farmakoterapiyasi, profilaktikasi hususiyatlari” nomli PhD dissertatsiyasini ximoya qildi (ilmiy rahbar professor N.S.Mamasoliev).

2017-yil 30 noyabr katta ilmiy-xodimlar-izlanuvilar institutini “Xirurgiya” mutaxassisligi bo‘yicha 2016 yilda  bitirgan M.G.Teshaboev akad. V.V.Vaxidov nomidagi RIXM qoshidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc 27.06.2017.Tib.31.01  raqamli ilmiy Kengashda “YUz va bo‘yin kuyik asorati bor bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirish” nomli PhD dissertatsiyasini himoya qildi (Ilmiy raxbar professor M.M. Madazimov).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Maxkamasining 2017 yil 22 maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  304-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlanmoqda.

Hozirgi kunda institutimizda 12 nafar talabgor PhD dissertatsiyasini      hamda 5 nafar fan nomzodlari doktorlik dissertatsiyalarini yakunlab Ixtissoslashtirilgan Kengashlarga himoya qilish uchun topshirganlar. Talabgorlardan 17 nafari 2018 yilda, 21 nafari 2019 yilda PhD  va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishni rejalashtirgan.

Institut rektori tomonidan iqtidorli yosh assistentlar bilan o‘tkazilgan suhbat natijasida 2018 – 2022-yillarda ilmiy faoliyatini tayanch doktoranturada hamda mustaqil izlanuvchilar sifatida davom ettirishni bildirgan 43 nafar talabgorlarni  ro‘yxati shakillantirilgan. Ularga institut etakchi olimlari tomonidan PhD dissertatsiyalarning mavzulari berilgan hamda amaliy yordam ko‘rsatib borilmoqda. SHuningdek magistratura talabalari orasidan iqtidorlilari tanlab olinib, magistraturani tamomlagandan so‘ng institutga ishga qabul qilinadi. 2017  yilda 22 nafar magistratura bitiruvchilari ishga qabul qilingan.

Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish,  ta’lim, fan va davolash muassasalari bilan innovatsion korporativ xamkorlikni samarali tashkil etish uchun, Fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish maqsadida institut rektorini buyrug‘iga binoan “Innovatsion markaz” va uning qoshida 4 ta innovatsion guruh tashkil qilingan. Ushbu 4 ta innovatsion guruh tarkibiga 47 ta kafedra fan yo‘nalishiga asosan kiritilgan.

Innovatsion guruhlar tarkibida 545 nafar professor-o‘qituvchilar, 29 nafar doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar, 244 ta magistratura talabalari,  120 nafar iqtidorli talabalar, 51 ta korxona vakillari  faoliyat yuritmoqdalar. Fan va davolash muassasalari bilan innovatsion korporativ xamkorlik natijasida 17 ta monografiya, 37 ta ixtiro, 301 ta ratsionalizatorlik takliflar va 256 ta amaliyotga tadbiq kiritildi.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi ta’sis etgan quyidagi:

  • 1 ta fundamental
  • 1 ta amaliy
  • 1 ta innovatsion

loyihalar bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Ixtiro va patent guvohnomalarni qo‘lga kiritganlar

  1. «Homiladorlarda akusherlik asoratlari profilaktikasi uchun davolash fizkulturasining qo’llanilishi» – mualliflar: Yuldasheva O.S.,  Shokirova M.M.,  Parpiyeva D.A.,   Ibragimova S.R.,  Arzikulov A.Sh., Saliyev A.R. – № DGU 05049, 14.02.2018 yil
  2. “Immunologik bepushtlikni prognozlash usuli” – mualliflar: Negmatshayeva X.N., Turayeva G.Y., Mamajonova S.O., Ismailova Z.U.,  Gafurova Sh.M., Saliyev A.R. – № DGU 05048, 14.02.2018 yil
  3. «Isiriq va yalpizli malhamlar qo‘llash yordamida tug‘ruq asoratlarini oldini olish usuli» – mualliflar: O‘rinboyeva M.O., Asranqulova D.B., Usmonova M.D., Nasirova F.J., Soliyev A.R. – № DGU 05131, 13.03.2018 yil
  4. “Ekstragenital kasalliklar va urogenital infeksiyalarda muddatidan ilgari tug‘ruq profilaktikasiga innovatsion yondoshuv” – mualliflar: Yakubova O.A., Axmedova N.M., Suleymanova N.A., Mamadjanova Sh.K., Dalinova K.M., Satimova Sh.M., Negmatshayeva X.N., Inakova B.B., Yuldasheva A.S., Nasirova F.J., Ergasheva Z.A., Kuziyeva G.A., Maxmudova K.Sh., Usmonova M.D., Soliyev A.R. – № DGU 05080, 05.03.2018 yil

2018yil yanvar, fevral, mart oylarida jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar to‘g‘risida ma’lumot

  • Institut kafedralari tomonidan 78 ta maqola tayyorlanib, O‘zbekiston va xorijiy ilmiy jurnallarga yuborildi.
  • Xorijiy ilmiy jurnallarda – 101 ta maqola chop etildi

2018yil yanvar, fevral, mart oylarida konferensiya to‘plamlarida chop etilgan ilmiy tezislar to‘g‘risida ma’lumot

Institut kafedralari tomonidan 364 ta tezis tayyorlanib, O‘zbekiston va xorijda bo‘lib o‘tadigan  ilmiy-amaliy konferensiyalarga  yuborildi.

Institutimizda o‘tkazilgan ilmiy – amaliy anjumanlar:

  1. 1-Akusherlik va ginekologiya va 2-Akusherlik va ginekologiya kafedralarida 2018-yil 16-fevral kuni «Ginekologiya amaliyotida innovatsion texnologiyalar» mavzusidagi Ukraina Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, Ukraina endokrinologik ginekologiya institutini professori T.F.Tatarchuk ishtirokidagi ilmiy-amaliy konferensiya;
  2. 1-Akusherlik va ginekologiya kafedrasida 2018-yil 22-fevral kuni “OIV infeksiyasini onadan bolaga o‘tishini oldini olish” mavzusida o‘tkazilgan talabalar klinik-amaliy anjumani.
  3. «Nevrologiya» kafedrasida 2018-yil 27-mart kuni «Nevrologiyaning dolzarb muammolari» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani.

Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasining institut bosqichi g‘oliblari:

1-o‘rin. M.Teshaboyev va K.Madazimov – gospital jarrohlik, anesteziologiya va reanimatsiya kafedrasi assistentlari.

2-o‘rin. X.Nigmatshayeva va O.Yuldasheva – 2 – akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsentlari.

3-o‘rin. M.Karimov – onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi assistenti.

Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar: 

  1. Xudoyberdiyev – «Eng yaxshi ixtiro».
  2. Mo‘minova – «Eng faol ayol“.
  3. Rasulov – «Eng yosh tadqiqotchi»  nominatsiyalari  bo‘yicha g‘olib bo‘ldilar.

Yosh olimlar tanlovi g‘oliblari:

1-o‘rin T.Tojiboyev – davolash fakulteti talabasi

2-o‘rin O.Mirzaabdullaxojiyeva – akusherlik va ginekologiya yo‘nalishi magistri

3-o‘rin M.O‘rinboyeva –  davolash fakulteti   5-bosqich talabasi

Andijon Davlat tibbiyot instituti Axborot-Resurs Markazi  

kecha va bugun

Axmedova Muxtaramxon Sanjarovna 
Axborot resurs markazi boshlig’i

Elektron manzil: agmi-361@rambler.ru

Telefon:                 (0374)-237- 01-62

Andijon davlat tibbiyot instituti  kutubxonasi 1955 yil  institut negizida tashkil qilingan. Dastlab kutubxona eski, kutubxona uchun moslashmagan 4 ta kichik xonadan iborat edi.  Kitob fondi  esa Rossiya  tibbiyot institutlaridan yordam sifatida jo‘natilgan 10-15 mingdan iborat adabiyotlar tashkil qilar edi.

Kutubxonaga 1955-1965 yillarda  A.K. Kaunbaev, 1965-1969 yillarda L.N.Illek, 1969-1981 yillarda N.I.Eletskaya, 1981-1987 yillarda L.R.Maynakskaya rahbarlik qildilar, 1988 yildan buyon esa M.Ahmedova  mudirlik qilib kelmoqda.

ARMda 22 nafar xodim xizmat ko‘rsatadi.

  1. Kitob fondi: jami – 279411
Shundan:
Ilmiy adabiyotlar – 62508  nusxa 24276 nomda
O‘quv darsliklar – 91244  nusxa   448 nomda
O‘quv qo‘llanmalar – 48949  nusxa   547 nomda
Xorijiy adabiyotlar- 797 nusxa  114 nomda
Badiiy adabiyotlar – 31956  nusxa  5567 nomda
Boshqa adabiyotlar – 43957 nusxa  11777 nomda
Elektron shakldagi adabiyotlar – 249349 nomda

  1. Kitobxon – 8541 ta
  1. Kitob qatnovi – ( 1oyda)  220   (9 oyda) 235.985
  1. Kitob berilishi – ( 1oyda) 385 (9 oyda)  507.468

ADTI kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 381-sonli  Qaroriga muvofiq Axborot-Resurs Markaziga aylantirildi.

Axborot-resurs Markazi   5  ta bo‘limdan iborat:

  1. Ilmiy uslubiy axborot ma’lumotlar va davriy nashrlar bo‘limi
  2. Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi
  3. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi (abonementlarga xizmat ko‘rsatish, o‘quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda)
  4. Elektron axborot resurslar bo‘limi
  5. Xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi

ARM filiallari: Marxamat tumanida – 2 ta, Shaxrixon tumanida – 3 ta.

ADTI veb-saytiga ARMning “Elektron kutubxona” bo‘limi kiritilgan.

Axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi  “2011-2015 yillarda  axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida  “Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari  xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PK-1487-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2011 yil 24 fevraldagi   “Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari  asosida  axborot-kutubxona va axborot-resurs markazi xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi 56-sonli buyrug‘i asosida ish tashkil qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 18 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron xukumat” to‘g‘risidagi Qonuniga  asosan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2016 yil 11 yanvardagi ”Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 13-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot-resurs Markazida axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yildi.  Shu asosda institut kafedralari va ARM o‘rtasida masofaviy elektron axborot almashinuvi ish boshladi.

Axborot – Resurs Markazi yangiliklari:

 Professor-o‘qituvchilar, magistrlar, klinik ordinatorlar va talabalar uchun ARMda  THOMSON REUTERS WEB OF SCIENCE.COM va EBSCO sayti mavjud.

Joriy yilda  259 yo‘nalish bo‘yicha 13 gb va 1,25 gb yangi axborot resurslar olindi va elektron o‘quv zali bazasiga joylashtirildi.

INSTITUTNING MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT ISHLARI

Abdupatto Habibullayevich Asxanov – Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor
Elektron manzili: asxanov61@mail.ru
Telefon raqami: +99893 786 51 20

1996 yil 16 syentyabrda O’zbyekiston Ryespublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining «Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ma’naviy va ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish to’g’risida»gi buyrug’i e’lon qilindi. Shundan so’ng, institut ryektorining 1997 yil 13 yanvar 12-Sh buyrug’iga asosan, avval tarbiyaviy ishlar bo’yicha proryektor lavozimida ishlab kyelayotgan profyessor X.X.Shyermatov ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha proryektor lavozimiga tayinlandi. 

1997-2002  yillarda ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’icha 1-proryektor  lavozimida profyessor A.K.Karimov, 2002-2004 yillarda profyessor A.K.Shadmanov, 2004-2005 yillarda profyessor M.M.Yo’ldoshyev,  2005-2006 yillarda X.T.Musashayxov, 2007-2017 yillarda profyessor M.M.Madazimovlar faoliyat yuritganlar.

2017 yil 14 sentyabrdan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha proryektor lavozimiga ijtimoiy gumanitar fanlar kafyedrasi dotsyenti A.X.Asxanovga tayiniandi. 2018 yil 22 oktyabrdan  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha proryektor lavozimi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor deb o‘zgartirildi.

Abduraxmon Abdumo‘minovich Abduxalimov –
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
Elektron manzili: abduraxmon777@umail.uz
Telefon raqami: +99893 442 52 00

Institutda 1997 yili ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashkil etilib, dotsyent K.Matyoqubov bo’lim boshlig’i, o’qituvchi M.Xaydarov uslubchi vazifasiga tayinlandi. 1997 yil 25 syentyabrdan boshlab I.Samadjonov bo’im boshlig’i, o’zbyek tili va adabiyoti o’qituvchisi M.Axunova esa uslubchi lavozimida ish boshladilar. 1999 yil iyun oyidan A.Maxammyetova bo’lim uslubchisi lavozimiga ishga qabul qilindi. 

Bo’limda turli davrlarda dotsyent I.Sattiboyev, M.Haydarov, D.Nazarova, A.Qo’ldoshyev va Sh.Rasulovlar boshliq sifatida myehnat qildilar. 2017 yil fyevral oyida A.Abduxalimov bo’lim boshlig’i lavozimiga tayinlangan.

Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limida A.Abduxalimov bo’lim boshlig’i, A.Maxammyetova, R.Usmonova, I.Sattiboyevlar uslubchi hamda U.Mahammetova kotiba ish yurituvchi sifatida talaba-yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruxida tarbiyalashda fidoiylik bilan myehnat qilmoqdalar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar quyidagi  yo’nalishlarda olib borilmoqda:

 

  • Pryezidyent farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Syenatining rasmiy hujjatlarini tushuntirish;
  • G’oyaviy-mafkuraviy yo’nalishda:
  • Ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishda;
  • Diniy ekstryemizm, fundamyentalizm va unga qarshi kurash yo’nalishida;
  • “Ma’naviyat soati”, “Ma’naviyat kuni”, “Kafyedra kuni” mashg’ulotlari va tadbirlari yo’nalishida;
  • Jinoyatchilik, huquqbuzarlik va unga qarshi kurash yo’nalishida;
  • Giyohvandlik va OITS ga qarshi kurash yo’nalishida;
  • Jismoniy tarbiya va sport yo’nalishida;
  • Murabbiylar faoliyatini tashkil etish yo’nalishida;
  • Ijarada yashovchi talabalar o’rtasida ish tashkil etish yo’nalishida;
  • Jamoat tashkilotlari faoliyatini tashkil etish yo’

Magistratura bo‘limi boshlig‘i, dotsent

Tursunov Botirjon Qodirovich

telefon +99874 223 94 53

Email: adti_magistratura @umail.uz

       Andijon davlat tibbiyot instituti magistratura bo‘limi o‘sha davrda rektor vazifasida ishlagan professor M.A.Xo‘jamberdiev tashabbusi bilan 2001 yilda tashkil etilib, 5 ta mutaxassislik– akusherlik va ginekologiya, terapiya, kardiologiya, pediatriya, umumiy jarrohlik bo‘yicha mutaxassislik kafedralarda o‘quv jarayoni tashkil etilgan va bu mutaxassisliklarda 16 nafar talaba tahsil olgan. Ushbu kafedralarda o‘quv jarayonini etarli darajada tashkil etishda professorlar M.A.Xo‘jamberdiev, T.K.Muhitdinova, D.B.Asranqulova, Z.S.Saloxiddinov, Q.D.Djalolov, F.N.Nishonov, A.YA.O‘rinov, X.T.Musashayxov, G‘.M.Xodjimatov, I.I.Alimdjanov, A.SH.Arziqulov, O.S.Toshboevlar shogirdlari bilan sidqidildan mehnat qilishgan.
      2005-2010 yillarda tibbiyot fanlari doktori U.M.Qoraboev, professor A.SH.Arziqulov, professor A.I.Xatamov, t.f.d. SH.X.Xamroqulov,X.M.Mamadiyevlar bo‘lim boshligi vazifasida ishlagan va barcha mutaxassisliklarda ta’lim olgan talabalar tarbiyasida, o‘quv jarayoni sifatini oshirishda, magistrlik dissertatsiyalar sifatini yanada yuqori darajaga ko‘tarishda jonbozlik ko‘rsatganlar.
      Birinchi bo‘lib professor Q.T.Xudoyberdiev magistratura bo‘limi boshlig‘i etib tayinlagan va uning faol mehnati tufayli mutaxassisliklar soni yildan yilga ortib borgan. 2005 yilga kelib mutaxassisliklar soni 13taga etdi,  psixiatriya, bolalar yuqumli kasalliklari, bolalar jarrohligi, umumiy onkologiya, neyrojarrohlik, gematologiya va transfuziologiya, dermatovenerologiya, otorinolaringologiya mutaxassisliklari yangi yo‘nalishlar qatoridan joy oldi. Bu davrda ushbu kafedrada professor K.M.Mirzaev, M.T.Tolipov va hozirda ham o‘z tajribasini ayamay mehnat qilib kelayotgan professor M.L.Agranovskiy, A.A.G‘ofurov, Q.T.Xudoybrerdiev, Q.K.Soliev, SH.A.Xamidov, A.B.Paqirdinov, S.S.Ibragimov, A.I.Alimov, Q.Q.Qosimov, dotsent M.YUlchibaev, YO.Q.Qosimov, Y.To‘xtasinov, A.K.Qurbonov, N.A.Akbarov, B.S.Raximov, B.Mirzakirimov, M.K.Sultanqulova, D.Z.Mamarasulova, N.YU.Mirzayuldashev, N.E.YUldasheva, F.SH.Xamidov, K.P.Norboev, O.S.YUldasheva, X.N.Nigmatshaeva, S.E.Djumaboeva, M.A.Jo‘raeva, D.Q.Soliev, N.R.Uzbekova, M.I.Tojiboeva, G.Qodirova, I.Toshtemirova, M.E.Abdulaeva, M.SH.G‘anieva, A.A.G‘aniev, N.E.Bozorov, A.K.Botirov, D.Ten, t.f.d. A.L.Qosimov, X.X.Xamdamovlar faoliyat olib bordilar.
       2010 yilga kelib institutimiz rektori, professor A.Q.SHadmanov tashabbusi bilan mutaxassisliklar soni 21 taga etdi, ularga nevrologiya, urologiya, morfologiya, normal va patologik fiziologiya, oftalmologiya, bolalar anesteziologiya va reanimatologiyasi, bolalar nevrologiyasi, narkologiya mutaxassisliklari yangi qo‘shildi. Hozirgi kunda institutda jami 25 mutaxassislikda o‘quv jarayoni tashkil qilingan,  yuqumli kasalliklar, ftiziatriya, neonatologiya, sud tibbiyoti ekspertizasi, bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi, travmatologiya va ortopediya, sog‘liqni saqlashni boshqarish, tashhisning instrumental va funksional tekshiruv usullari mutaxassisliklari kafedralarida professor A.I.Xatamov, A.F.Ikramov, dotsentlar SH.U.Usmanov, D.T.Abduqodirova, Z.N.Amanova, U.T.Abduqodirov, U.M.Rustamov, X.M.Aliev, G.J.Ulug‘bekova, SH.X.Xamroqulov, G.N.Mamatxo‘jaeva, A.Qosimov, R.Xakimova, B.B.Inaqova, SH.X.Xakimov, A.R.Mamataliev, J.T.To‘xtaev, S.M.Babich, M.X.Solieva, SH.U.Rashidova, SH.O.Toshboev, M.B.Usmanovalar  kabi yuqori malakali, tajribali, kamtarin ustozlarimiz ishlab kelmoqdalar, jami bo‘lib talabalarga 21 nafar  professor va fan doktorlari, 50 nafar dotsent va fan nomzodlari ta’lim bermoqdalar.
    O‘tgan davr mobaynida magistratura mutaxassisliklarining ta’lim sifatini oshirish borasida keng ko‘lamda ijobiy ishlar olib borildi. Bu ishlarning isboti sifatida shuni ta’kidlash joizki, «Bolalar jarrohligi» mutaxassisligi bo‘yicha sobiq  talaba SHerzod Alimov 2005 yilda, “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Nodira Mamajonova 2006 yilda, “Jarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Muzaffar Nosirov 2007 yilda,  “Nevrologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Zikrillo O‘lmasov 2013 yilda, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha YAhyo Ziyaev 2014 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi” sovrindori bo‘ldilar va institutimizning shonli tarixiga o‘z hissasini qo‘shdilar.
    Hozirgi kunda 700 dan ortiq bitiruvchilardan 5 nafari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 95 nafari kafedralarda assistent lavozimlarida ishlab kelmoqdalar. So‘nggi yillarda institutimiz kafedralari mutaxassislari ilmiy aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko‘tardilar, natijada respublika va xorijiy  davlatlar nufuzli ilmiy dargohlari bilan tajriba almashish keng yo‘lga qo‘yildi. SHu sababli talabalarimiz ham ushbu dargohlarga borib, yangi innovatsion o‘quv va davolash texnologiyalarini o‘rganib keldilar hamda amaliyotga tatbiq qilmoqda. Bunga misol qilib, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Zulxumor Xoldarova N.N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi, “Neyrojarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Erkin Haydarov Kirov davlat tibbiyot akademiyasi, Abbos Mamadaliev Donetsk milliy tibbiyot universiteti, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Saidalixon Hakimov Qozon tibbiyot universiteti, “Otorinolaringologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Hayot Qosimov Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Otorinolaringologiya kafedrasida, Qudrat Tursunov “Travmatologiya va ortopediya” mutaxassisligi bo‘yicha, Akram Hakimov Toshkent travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish markazida,  “Neyrojarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Mavluda Turg‘unova Respublika neyroxirurgiya ilmiy tekshirish markazida, “Tashhisning instrumental va funksional tekshiruv usullari” mutaxassisligi bo‘yicha Go‘zaloy  Soipova  Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining funksional diagnostika kafedrasida, “Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha Umida G‘anieva Yaponiya davlatining Nagoya tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalarni keltirish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 28 yanvardagi 48-sonli «Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash soxasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’grisida»gi 1998 yil 10 noyabr VII-2107-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 1998 yil 17-fevraldagi 325-sonli buyrug‘ini bajarish maksadida Andijon Davlat tibbiyot instituti rektorining 1998 yil 25 martdagi 106-SH sonli buyrugiga asosan «Marketing xizmati» bo’limi tashkil kilindi.

Marketing xizmati bo’limii boshligi etib Normal fiziologiya kafedrasi dotsenti A.Abduraxmonov tayinlandi. 1998-2000 o’quv yillari bo’limni dotsent Abduraxmonov boshkardi. 2000-2005 o’quv yillarida Odam anatomiyasi kafedrasi dotsenti Z.A.Kaxxorov raxbarlik lavozimida faoliyat ko’rsatdi. 2004-2013 o’quv yillari Operativ jarroxlik va topografik anatomiya kafedrasi dotsenti   Z.A.Mamajonov boshkardi. 2013 yildan boshlab to xozirgi kunga kadar A.SH.Ziyaev «Marketing xizmati» bo’limi boshlig‘i lovozimida ishlab kelmoqda.

Xozirda O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining  “ 2005 – 2006 o‘quv yilida O‘zbekiston  Respublikasi oliy   ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risidagi  2005 yil  2-iyun PQ-92- sonli qaroridagi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha  davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash borasidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2007 yil 10 mart «Oliy ta’lim muassasalarida marketing xizmati faoliyatini takomillashtirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash jarayoni nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlarito‘g‘risida»gi 48-sonli buyrug‘iga asosan tuzilgan va institut rektori tomonidan tasdiqlangan, 2007 yilda taxlildan o‘tkazilgan Nizom aosida ish olib bormoqda va xar yili 1 marta institut ilmiy kengashida xisobot beradi.

«Marketing xizmati» bo’limi tomonidan Fargona viloyati Sog’liqni saqlash tizimlari, tibbiyot kollejlari va xususiy sektorda faoliyat ko’rsatgan muassasalarining institutda tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarga bo’lgan extiyojlarini muntazam urganilmokda, ular bilan uzviy alokalar urnatilmokda, ta’lim bozorida institutining rakobatbardoshligini oshirish yuzasidan bir kator ishlar amalga oshirilmokda.

Bitiruvchilarni ishga taksimlashda iste’molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis to’grisidagi tavsiya va takliflarini mavjud vaziyatdan kelib chikkan xolda e’tiborga olinishiga erishildi.

Mexnat bozori konyunkturasini urganish, kabul ko’rsatkichlariga taklifni iste’molchilarning bitiruvchilarga bo’lgan real buyurtmalari asosida shakllantirish, kabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga joylashtirish to’grisidagi respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir xujjatlarni uz vaktida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga takdim etilmokda.

Mutaxassislar tayyorlash buyicha kontraktlarni rasmiylashtirishni va tulov-kontrakt asosida ukiyotgan talabalarni uz vaktida mablaglarni tulashni tashkil etish.

Institutga kabul kilinadigan abiturentlarning xar yiligi mikdoriy ko’rsatkichlarini aniklash va joriy yilning 5 yanvarga kadar rektor tomonidan tasdiklangan kabul rejasi loyixasini vazirlikka takdim etilmokda.

Bo’limda turt kishidan iborat xodimlar ishlamokda, bo’lim zamonaviy kompyuter va lazer printeri bilan jixozlangan. Bo’limning ixtiyorida 54 m2 li xona mavjud va xonalar yumshok va kattik jixozlar bilan ta’minlangan. Bo’limda shaxar telefoni 223-94-73 va ichki telefonlar ishlaydi.

Marketing xizmati bo’limi boshligi:  A.SH.Ziyaev

O`quv-uslubiy bo’lim boshlig’i 

YUSUPOV QAXRAMON MUXIDDINOVICH

Tel: 0374 223-94-58

e-mail: qakhramon1964@mail.ru

 

 

BO‘LIM VAZIFALARI VA MAJBURIYATLARI

  • O`quv jarayoniga oid me`yoriy hujjatlarni sifatli tayyorlanishini ta`minlash va o`quv jarayoniga to`laqonli tatbiq etish;
  • O`quv jarayonini sifatli tashkil qilish, o`quv ishlarini uslubiy jihatdan ta`minlash va takomillashtirish;
  • Institutda o`quv reja va dasturlar asosida o`quv ishlarini amalgam oshirish;
  • O`quv yillari uchun o`quv jarayoni jadvali, dars jadvallarini tuzish;
  • O`quv jarayoniga talabalar bilimini baholash va nazorat qilish bo`yicha reyting tizimini, test nazorati va boshqa o`quv jarayoni sifatini oshiruvchi samarali, progressi vusullarini tatbiq etish;
  • Institut hududidagi va joylardagi kafedralar, auditoriya fondlari va ma`ruza zallaridan to`g`ri foydalanishni ta`minlash va nazorat qilish;
  • Talabalarning o`zlashtirishi bo`yicha xulosalar chiqarish, joriy o‘zlashtirish va Yakuniy Davlat attestatsiyasi natijalarini tahlil qilish va ular asosida institut bo`yicha Kengashga hisobot tayyorlash;
  • Institutning Kengashi, rektorat majlislari, markaziy uslubiy hay`atga o`quv ishlari bo`yicha ma`lumotlar va qarorlar loyihasini tayyorlash;
  • O`quv jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha yuqori turuvchi tashkilotlarning buyruqlari, qarorlari, yo`riqxat, ko`rsatma va tavsiyalarini hamda ilmiy va rektorat kengashi qarorlarini, rektor va prorektor buyruk, farmoyish va joriy ko`rsatmalarini dekanat, kafedra va institutning boshqa bo`limlariga etkazish va ijrosini nazorat qilish;
  • O`quv jarayoni va uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo`yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
  • Muddatli buyurtmalar: professor-o`qituvchi jurnali, ma`ruzalarni qayd etish jurnali, o`qituvchining shaxsiy ish rejasi, reyting daftarchalari, talabalik guvohnomasi va o`quv blankalari bilan tegishli bo‘limlar va kafedralarni ta`minlanishini nazorat qilish;
  • Kafedra va fakultetlarda o`quv ishlariga mutasaddilar bilan o`quv jarayoniga zamonaviy axborot-kompyuter va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo`yicha davriy ravishda seminarlar, konsultatsiyalar tashkil etish;
  • Talabalar kontingentini aniqlash;
  • Dekanatlar va kafedralarning yangi o`quv yiliga tayyorgarligini nazorat

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR

 

Institut tashkil topgan yili dastlab davolash fakulteti tarkibida48 ta kafedra ochilgan. Davolash fakultetiga professor K.A.Zufarov dekan lavozimiga tayinlangan va bu fakultetga 239 nafar talaba qabul qilingan.

Pediatriya fakulteti 1966-yilning 15 noyabrida Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 476-SH sonli buyrug‘i bilan tashkil qilingan. Fakultetning birinchi dekani M.S.Soatov tayinlangan. 1972-yili O‘rta Osiyo pediatriya instituti ochilishi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida pediatriya fakulteti tugatilgan. Pediatriya fakultetida o`qiyotgan talabalar O`rta Osiyo meditsina pediatriya instituti (SAMPI) hozirgi ToshPMI ga ko`chirilgan.

1976-yili institut moddiy texnika bazasining yuksalishi, Farg`ona vodiysi muassasalari uchun yuqori malakali pediatrlar tayyorlashning zaruriyati, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi ochilishi munosabati va institut rektori Yu.O.Otabekovning tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash Vazirligining 01/701-sonli buyrug‘iga asosan Andijon davlat tibbiyot instituti tarkibida qayta pediatriya fakulteti tashkil qilingan va qo`shimcha 12 ta kafedra ochilgan.

1999-yili Oliy hamshiralik ishi fakulteti ochilgan, fakultet dekani etib professor SH.K.Qodirov tayinlangan.

Davolash fakulteti qoshida 2001-yili kasb ta`limi (davolashishi) yo`nalishi ochildi va bu yo`nalishga mas’ul etib dotsent T.Saydullayev tayinlandi.

2001-yildan institutda magistratura bo‘limi ochilib, unga professor K.T.Xudoyberdiyev bo‘lim boshlig‘i etib tayinlandi.

Fakultetlarning birinchi qaldirg‘ochlari:

Davolash fakultetida                                     -1961 yili        -192 nafar

Pediatriya fakultetida                                                -1982 yili        -112 nafar

Oliy hamshiralik ishida                                  -2002 yili        -8 nafar

Magistraturada                                              -2004 yili        -16 nafar

Kasb ta’limi (davolash ishi)                           -2008 yili        -15 nafar

Institut tashkil topgan yildan boshlab iqtidorli talabalarni tanlashga alohida e`tibor berilgan. Barcha kafedralarda professor, dotsentlar iqtidorli talabalar bilan reja bo`yicha qo`shimcha darslar olib borganlar. Talabalarning intilishiga, qobiliyatiga va xohishiga qarab kafedralarda axborot texnologiyalari, chet tillari va mutaxassislik fanlari bo`yicha qo`shimcha darslar tashkil qilinishi natijasida bugungi kunga kelib, aksariyat kafedralarning professor-o`qituvchilarini institut bitiruvchilari tashkil etadi.

Institutda yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashda ilg`or fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar tatbiq qilingan. Ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va klinik fanlar, jumladan, yuqumli kasalliklar, onalik va bolalikni muhofaza qilish kabi ilmiy-amaliy yo`nalishlar bo`yicha erishilgan fan yutuqlari, BMTning YUNISEF, bolalar fondi tomonidan kiritilgan zamonaviy yangiliklari, tasdiqqa asoslangan tibbiyot asoslari hamda tadqiqot natijalari talabalarga turli shakllarda, ilmiy seminar, qo`shimcha ma`ruza va o`quv-laboratoriya mashg`uloti tarzida                                o `tkazilmoqda, ilmiy-amaliy anjuman materiallari sifatida yetkazilishi amalga oshirilgan.

Ayniqsa, mustaqillik yillarida o`quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida ko`plab ishlar amalga oshirildi.

Hozirgi kunda institutda

Davolash ishi

Pediatriya ishi

Stomatologiya

Kasb ta’limi (davolash ishi)

Tibbiy profilaktika ishi

Oliy hamshiralik ishi

Farmatsiya

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari faoliyat yuritadi.

 

Andijon davlat tibbiyot institutida 1955-yildan hozirgi vaqtga qadar o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar

 

Ismi-sharifiYillar
1.Professor Yorqin Xolmatovich To`rakulov1955-1959
2.Professor Valentina Abdullayevna Babayeva1959-1961
3.Dotsent Ismoil Ibragimovich Ibragimov1961-1963
4.DotsentUchqun G`aniyevich G‘aniyev1963-1972
5.Professor Soatqul Usmanovich Jumaboyev1972-1980
6.Professor Komil Mirzayevich Mirzayev1980-1985
7.Dotsent Mamatbotir Otaxonovich Otaxonov1985-1986
8.Professor Mamazoir Axmedovich Xo`jamberdiyev1986-1996
9.Professor Qobil Qosimovich Qosimov1996-2007
10.Professor Alisher Qayumovich Shadmanov2007-2010
11.Professor Madamin Mo`minovich Madazimov2010-2012
12.Professor Ibroxim Inamovich Alimdjanov2012-2018
13Professor  Arzikulov Abdurayim Shamshiyevich2018-hozirgi kungacha

 

Andijon davlat tibbiyot institutida 1955-yildan to hozirgi vaqtga qadar o`quv bo`limi boshliqlari lavozimida ishlagan xodimlar

 

Ismi-sharifiYillar
1.Dotsent Rumiy Said Sobirovich1955-1969
2.Dotsent Maxmudov Aripdjan Maxmudovich1969-1970
3.Martyanov Yuriy Aleksandrovich1970-1972
5.Dotsent Mamajanov Xasanboy Inamovich.1973-1977
6.Xamrakulov Mo`ydin Xamroqulovich1977-1980
7.Elkina Lidiya Aleksandrovna1980-1984
8.Dotsent Legkoeva Galina Aleksandrovna1984-1992
9.Dotsent Jalilov Tojidin Jalilovich1992-1999
10.Abduraxmanova Mavluda Numanovna1999-2005
11.Dotsent AliyevXusniddin Maxmudovich2005-2015
12.Yusupov Qahramon Muxiddinovich2015-2016
13.Dotsent Inakova Barnoxon Baxodirovna2016-2018
14.Dotsent Nazarova Gulchexra Usmanovna2018-2019
14.Yusupov Qahramon Muxiddinovich2019-xozirgi kungacha

Dastlabki institut tashkil qilinganda fanlar bo‘yicha seksiyalar tashkil qilinib, ularni boshqarganlar ro‘yxati:

  1. Jarrohlik seksiyasi -rais prof. Y.Yasnogorodskiy
  2. Akusherlik-ginekologiya seksiyasi -rais dots. A.Yusupova
  3. Umumiyfanlarseksiyasi -rais dots. X.Y.Musayev
  4. Pediatriya seksiyasi -rais dots. E.S.Etsina
  5. Mediko-biologikseksiyasi -rais prof. G. F. Korotko
  6. Terapiya seksiyasi -rais prof. R.Rasulov

Institutda o`quv-uslubiy ishlarni tashkil etilishida markaziy uslubiy hay`at va markaziy fanlar uslubiy hay`atlari faol ishtirok etmoqdalar. Markaziy uslubiy hay`atiga o`quv ishlari bo`yicha prorektor raislik qilib kelmoqda.

Institutda quyidagi markaziy fanlar uslubiy hayt`atlari mavjud:

  1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  2. Tibbiy-biologik fanlar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  3. Terapiya fanlari bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  4. Akusherlik-ginekologiya fanlar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  5. Pediatriya fanlari bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  6. Jarrohlik fanlari bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  7. Yuqumli kasalliklar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at

Markaziy uslubiy hay`atda o`quv-uslubiy qo`llanmalar, monografiya, darsliklar ko`rib chiqiladi va institut Kengashiga taqdim etiladi, bakalavriat hamda magistratura yo`nalishlaridagi o`quv-tarbiyaviy jarayon muhokama qilinadi.

Institut 1955-yildan 2016-yilgacha professor-o`qituvchilar tomonidan 60 ta darslik,                           135 ta o`quv qo`llanma, 3025 ta o`quv-uslubiy qo`llanmalar, 56ta o`quv-uslubiy tavsiyalar, 182 ta ratsional takliflar yaratildi.

Andijon davlat tibbiyot institutiga 1955-yildan 2016-yilga qadar qabul qilingan talabalar soni 32051 nafar. Ulardan: davolash ishi yo`nalishiga – 20408, pediatriya ishi yo`nalishiga – 9324, oliy hamshiralik ishiga – 568, kasb ta`limi yo`nalishiga – 434 nafar, magistraturaga esa – 1317 nafar talaba qabul qilingan.

Institutda so`nggi yillarda o`quv jarayonining sifat va samaradorligini oshirish orqali raqobat bardosh tibbiyot sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun innovatsion ta`lim texnologiyalari bilan bir qatorda axborot kommunikatsion texnologiyalari va xorijiy tillarni o`rganishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi, qarori bo`yicha bajarilgan ishlar

  • asosiy o`quv binoning 2 tama`ruzalar zalida 2 ta elektrondoska va odam anatomiyasi kafedrasida 1 ta multisensorli displey o`rnatilgan.
  • Bioorganik va biologik kimyo kafedrasida tibbiy kimyo fanidan o`quv laboratoriyalari uchun 4 taxona, biologik kimyo fanidan o`quv laboratoriyalari uchun 4 ta xona ajratildi,                2 ta Laboratoriya pasportlari tayyorlanib, topshirilgan. O`quv laboratoriya xonalari uchun kerakli laboratoriya anjomlari va reaktivlarga buyurtmalar berilgan.                  2017-2018-o`quv yilida yangi ochilgan farmatsiya yo`nalishi uchun 1 672 200 so`mlik kimyoviy reaktivlar sotib olingan. Samarqand “XIMREAKTIVINVEST” kompaniyasidan 3 ta mo`rili shkaf va 2 ta (25 l va 15 l) distillyatorlar olib kelingan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–yil 5–maydagi PQ-2956-sonli “O`zbekiston Respublikasida tibbiy ta`lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bo`yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

  • institutda davolash, pediatriya, kasb ta`limi (davolash ishi) yo`nalishlari o`qish muddati 7 yildan 6 yilga o`tkazildi. Bitiruvchi kurslar o‘quv reja va fan dasturlari qayta ko`rib chiqildi va takomillashtirildi.
  • davolash, pediatriya, kasb ta`limi (davolash ishi), stomatologiya, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya ta`lim yo`nalishlarining 1-kurs talabalari uchun Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliginng 2017-yil 22-avgustdagi № 474-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan malaka talablari va fanda sturlari asosida ishchi fanda sturlari ishlab chiqilgan.
  • institutda o`quv jarayoniga zamonaviy innovatsion ta`lim texnologiyalari joriy qilindi, o`quv reja va dasturlarda mutaxassislik fanlarni ulushi 60-65% gacha ko`paytirilgan, o`quv jarayoni davomida amaliy ko`nikmalarni puxta o`zlashtirishi uchun, klinik fanlarda 50%ga nazariy va 50%amaliy qismini bajarilishi ta`minlangan, talabalar amaliy ko`nikmalarni puxta egallashlari uchun simulyatsion xonalar tashkil etilgan: muammoga yo`naltirilgan ma`ruzalar, diagnostika va davolashda klinik vaziyatlar, OSKEni trenajer, simulyatorlar va volonterlardа o`tkazilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
  • talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligini, kasbiy va ixtisoslik fanlari bo`yicha o`quv mashg`ulotlarni klinik amaliyotni kengaytirish hisobiga qaratilgan vazifalarni bajarish, amaliy ko`nikmalarni puxta egallashlari, takomillashtirilgan o`quv reja va dasturlarga muvofiq tegishli shart sharoitlar yaratish maqsadida 24 ta klinik kafedralarda simulyatsion xonalar tashkil etilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–yil 27–iyuldagi “Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3151-sonli qarorining ijrosi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar

  • 2017-yil barcha ta`lim yo`nalishlarining barcha kurslarda 2 tadan guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o`qitish bosqichma-bosqich tashkil etildi.
  • institutda chet tili kafedralari o`qituvchilarini jalb etgan holda professor-o`qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda tegishli mutaxassislik fanlarini chet tilida o`qitish bo`yicha o`quv kurslari tashkil etildi.
  • barcha ta`lim yo`nalishlarida mashg`ulotlar rivojlangan davlatlar nufuzli OTMlari professor-o`qituvchilari tomonidan yaratilgan o`quv adabiyotlaridan foydalanib o`qitilishi yo`lga qo`yilgan.
  • 2017-2018-o`quv yilidan boshlab har haftaning seshanba kunlari bir marta (dars jadvalining 2-juftligida 40 daqiqa “Axborot soati”40daqiqa “Murabbiylik soati” shaklida) barcha guruhlarda “Axborot va murabbiylik soati” mashg`ulotlari yuqori saviyada o`tkazilishi yo`lga qo`yildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3071-sonli qarorida «Sog`liqni saqlashni isloh qilish davlat dasturlari amalga oshirilishi natijasida yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, ko`z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to`ldirilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyat ko`rsatmoqda. Keyingi besh yilda Respublika markazlarida 150 mingdan ortiq operatsiyalar, shu jumladan, 80 mingdan ortiq yuqori texnologik operativ muolajalar bajarildi, davolashning murakkab va noyob uslublari amaliyotga joriy etildi» deb aytib o`tilgan, shuningdek mavjud muammolardan biri bu shifokorlarni kasbiy mahoratlarini oshirish va bunda  klinik amaliy ko`nikmalarga ham e`tibor qaratish lozimligi qayd qilib o`tilgan bo‘lib O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi PQ-3071-sonli qarorining 5-ilovasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining  IV bobi – “Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish” va “Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot instituti negizida o`quv-simulyatsiya laboratoriyalari tashkil etish” belgilab berilgan edi.

Ushbu qaror ijrosi doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida 2018-2019 o`quv yilining sentabr oyidan o`qitish jarayoni sifatini yanada oshirish, tibbiyot xodimlarining malakasini va kasb mahoratini muttasil oshirib borish uchun shart  sharoitlarni ta`minlash maqsadida                                “O`QUV-SIMULYATSION LABORATORIYA” tashkil etildi.

“O`quv-simulyatsion laboratoriya” markazi institut asosiy binosida joylashgan bo`lib, faoliyatini tashkillashtirish jarayonida “O`quv-simulyatsion laboratoriya nizomi” ishlab chiqilgan va ushbu Nizomda barcha xodimlar lavozim yo`riqnomalari belgilangan.

O`quv xonalari zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, o`quv jihozlari, fantomlar, trenajerlar va simulyatorlar bilan jihozlangan bo`lib, talabalar, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilarini mulyajlarda amaliy ko`nikmalarni qadamma-qadam bajarilish va baholash me`zonlarini bajarishlari maqsadida 92 ta uslubiy tavsiyanomalari yaratildi.

Bugungi kunda O`quv-simulyatsion laboratoriya markazida quyidagi yo`nalishlar bo`yicha simulyatsion laborator auditoriyalar tashkil etilgan bo`lib, ular quyidagilar:

  • Xirurgiya
  • Anesteziologiya va reanimatologiya
  • Tez tibbiy yordam
  • Pediatriya
  • Akusherlik va ginekologiya
  • Terapiya
  • Simulyatsion palata
  • Hamshiralik qarovi xonasi
  • Stomatologiya
  • Oftalmologiya
  • Otorinolaringologiya
  • Anatomiya va topografik anatomiya yo`nalishlaridan foydalanib kelinmoqda.

Ushbu yo`nalishlar bo`yicha 46 dona fantomlar, trenajerlar va simulyatorlardan foydanilmoqda.

Institutda 2020-yilda ta`lim sifatini oshirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi.

1.      Masofavi yo`qitish tizimini va informatsion texnologiyalarni qo`llagan holda o`qitish elementlarini o`quv jarayoniga kiritish.
2.      Ta`lim tizimida motivatsiya jarayonini ishlab chiqish.
3.      Moodle o‘qitish tizimi (talabalarni mustaqil amaliy ishlarini, simulyasion o`qitish sinflarini tashkil etish)ni joriy etish.
4.      Tibbiyot OTMlari fakultetlari qoshida kafedralararo fantom markazlarini tashkil etish (bu talablarda amaliy ko`nikmalarni qayta-qayta va nihoyat xatosiz bajarishini ta`minlaydi. Fantom markazlarni asosiy maqsadi talablarda nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llashda qo`rquvni yo`qotishni, dadillikni rivojlantirishni ta`minlaydi).
5.      Tibbiyot OTMlari talabalari dailmiyizlan ishlarolib borish ko`nikmalarini shakllantirish.
6.      Davolash-diagnostika ishlarini kompyuter-imitatsiya qilish innovatsion o`quv texnologiyasini o`quv jarayoniga kiritish.
7.      Nazariy va klinik kafedralar o`qituvchilarining bir-birlari bilan tarmoq orqali bog`lanish imkoniyatini yaratish.
8.      Gibrid shaklidagi o`qitishni o`quv jarayoniga kiritish. Bu shaklda talaba mustaqil (onlayn) hamda kunduzgi shaklda (o`qituvchi ishtirokida) bilim olishi mumkin.
9.      Har bir PO`larni chet tilini o‘rganishini doimiy nazoratini kuchaytirish, o`quv jarayoniga chet tilini to`liq tatbiq etish.
10.  O`quv laboratoriyalar moddiy-texnik bazasini yaxshilash. Ishchi o`quv rejada rejalashtirilgan laboratori shlarni to`liq bajarish uchun kerakli jihozlar va reaktivlar bilan ta`minlash.
11.  Oliygohning «Eng yaxshi guruhi» tanlovini tashkil etish. (Bu usul talabalarni har bir fan bo`yicha materiallarni sifatli o`rganishiga, o‘zini qiziqtirgan fanlar bo`yicha ilmiy ishlarda ishtirok etishiga, institutning jamoat, sport, ma`naviy-ma`rifiy ishlarida faol ishtirok etishga undaydi).
12.  Talabalarni (har kun yakunida) bugun Men o`z bilimimni oshirish uchun nima ish qildim degan savolga real ijobiy baho berishga o`rgatish.
13.  Talabalarga har bir mavzuning murakkab qismlari bo`yicha savollar tayyorlay bilish, guruh va o`qituvchi muhokamasiga tashlay bilishni o`rgatish.
14.  Amaliy mashg`ulotlar ko`nikmalarini mukammal egallash uchun kafedrada simulyatsion auditoriyalar, amaliy mashg`ulot larlaboratoriyasini tashkil qilish va bu yerda har bir amaliy ko`nikmani talabalar tomonidan avtomatizm darajasiga yetkazish.
15.  Kafedralarda integral ma`ruza, master klasslar, kafedralararo va ichki anjumanlarni o`quv yilida davomida o`tkazilishini kuchaytirish.
16.  Yetuk xorijiy ta`lim muassasalaridan yetuk PO`larni o`quv jarayoniga taklif qilish, tajriba almashish maqsadida institut PO`larini xorijiy safarlarini tashkil qilish.
17.  Mutaxassislik fanlaridan xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda muntazam ravishda O`UM yangilab borish, xorijiy adabiyotlar asosida o`quv, o`quv-uslubiy qo`llanmalar yaratish.
18.  Ta`lim sifatini oshirishga talabalar ota-onalarini jalb qilish (talabalar davomati, o`zlashtirish ko`rsatkichlari bo`yicha har semestr yakunida talabalar va ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil qilish).

 

BO‘LIMDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN XODIMLAR

F.I.SHLavozimiTelefon raqamiE-mail
1Rustamova Zeboxon Abduqaxxorovnabo`lim uslubchisi

(+998 91)

497-56-18

adti_uquvbulim@mail.ru
2Tadjibayeva Moxizodaxon Kamildjanovnabo`lim inspektori0374 223-94-58adti_uquvbulim@mail.ru
3Karimova O`lmasxon Mirxaliq qizibo`lim dispetcheri

(+998 91)

618-19-50

adti_uquvbulim@mail.ru
4Axmadjonova E`tiborxon Ulug`bek qizibo`lim dispetcheri

(+998 91)

491-44-94

adti_uquvbulim@mail.ru
5Abdurahimov Shuhratbek Akmalxon o`g`libo`lim ish yurituvchisi

(+998 91)

489-18-19

adti_uquvbulim@mail.ru
6Abdubannopova Barchinoy Adaxamjon QiziInspektor

(+998 95)

202-19-72

adti_uquvbulim@mail.ru
 

        Xodimlar bo‘limi institutning eng to‘ngich bo‘limlardan biri bo‘lib, 1955 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Dastlab xodimlar bo‘limi boshlig‘i vazifasiga R.K.Xolikova tayinlangan va 1958 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan.

      Bu lavozimlarda 1958-1974 yillarda S.T.Teslenka, 1974-1980 yillarda A.N.Zelenkov, 1980-1996 yillarda K.A.Mamadalieva, 1996-2005 yillarda N.I.G‘ofurova, 2005-2008 yillarda M.YU.Solieva ishlagan. 2008 yildan xozirgacha xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida D.A.Nazarova muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda

Nazarova Dildoraxon Alixanovna

Xodimlar bo‘limi boshlig‘i

murojaat uchun telefon: 223-94-71

Bo‘limda 4 nafar xodim bo‘lib, xodimlar bo‘yicha muxandislar– N.T.Umarova, M.T.Sadikova, inspektorlar O.A.Turdieva, V.N.Mirzaxmatova institut xodimlarining shaxsiy xujjatlari, oliy o‘quv yurtiga ishga qabul qilish xaqidagi buyruq va boshqa ko‘plab xuquqiy-me’yoriy xujjatlarni yuritish bo‘yicha malakali xizmat ko‘rsatmoqdalar.

Sadikova Muazzamxon Tursunovna
Xodimlar bo‘limi xodimlar bo‘yicha muxandisi

Umarova Nasiba Tadjidinovna
Xodimlar bo‘limi xodimlar bo‘yicha muxandisi

Turdieva Oyjamol Aysaevna
Xodimlar bo‘limi inspektori

Mirzaxmatova Vasilaxon Ne’matovna
Xodimlar bo‘limi inspektori

Xodimlar bo‘limining vazifalari:

 

Bo‘limning faoliyati va xodimlarining mehnatini tashkil qilish;

Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, modemogramma va telefonogrammalarini ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish;

Oliy o‘quv yurtining rektor nomenklaturasiga kiruvchi barcha xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni rasmiylashtirish, shuningdek yuqori organlar nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tasdiqdan o‘tish uchun xodimlar xujjatini tayyorlash;

Kafedra va institutning boshqa bo‘limlari bo‘yicha shtatlardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishni va joylashni amalga oshirish;

Xodimlarga asosiy mehnat qonunlarini tushuntirish;

Institutning barcha bo‘limlarida ichki tartib va mehnat intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;

Xujjatlashtirishga kiritilgan ariza, bildirishnomalarni ishlab chiqish xamda keyingi rasmiylashtirishda aniqlik kiritish;

Professor-o‘qituvchilar va boshqaruv apparati, ma’muriyat va o‘quv-yordamchi xodimlarning  tabellarini tekshirib borish va haqiqatda ishlamagan xodimlarga ish vaqti qo‘yilishi holatlarini oldini olish choralarini ko‘rish;

Mehnat daftarchalar, shaxsiy guvoxnoma blankalarini xisobga olish va topshirish, rektorga imzo uchun taqdim etiladigan buyruq loyihalarini tekshirish va nazorat qilish;

Professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xo‘jalik bo‘limi xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va joylashtirish bo‘yicha komissiyalar tarkibida qatnashish;

Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning xisobga olish bo‘yicha T-2 shakl barcha shaxsiy varaqchalarini tasdiqdan o‘tqazish, rasmiylashtirish, institut barcha xodimlariga belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’til jadvali asosida ta’tillarini berilishini nazorat qilish, zaxira kadrlar bilan ishlash, yillik, oylik xisobotlarni tayyorlashni ta’minlash va belgilangan muddatlarda taqdim etilishini amalga oshirish;

Xodimlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha belgilangan tartibda mehnat organlariga va yuqori tashkilotlarga xisobotlar tayyorlash va taqdim etishni ta’minlash;

Bo‘sh lavozimlarga iqtidorli yosh magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, kadrlar zaxirasiga kiritish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha rektorga takliflar kiritish.

Bizga ishga kirish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:

  • Mexnat shartnomasidan namuna
  • Fuqarolik pasportining asli
  • Mutaxassislik diplomining asli
  • Harbiy guvohnoma (harbiy xizmatga majburlar uchun)
  • 3×4 rasm
  • 0/86 forma (Sog’ligi xaqidagi tibbiy ma’lumotnoma)

So’ravnoma na’muna

Qaxxorova Maxpura Mirzajonovna-Devonxona va arxiv bo’lim boshlig’i

Elektron manzili: agmi-361@rambler.ru

Telefon: (0374)-223-94-60

Mobil telefon: +998934466411

DEVONXONA VA ARXIV BO’LIMINING MEHNAT FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT 

Devonhona ba arxiv bo’limi 1955 yilda tashkil topgan bo’lib, A.S.Raskova mudir lavozimida ish boshlagan. 1958 yildan 1961 yilgacha V.K.Okolelova, 1961 yildan 1973 yilgacha Z.P.Bikmetova, 1973 yildan 1975 yilgacha Sh.Karimovlar, ishlaganlar. 1975 yildan 1984 yilgacha K.A.Mamadaliyeva, 1984 yildan 1985 yilgacha L.I.Simanova, 1985 yildan 2001 yilgacha V.A.Raximovalar mudir lavozimida ishlaganlar.

2001 yildan to xozirgi kungacha devonhona ba arxiv bo’limi boshlig’i lavozimida M.M.Kaharova ishlab kelmoqda. Bo’lim hodimlari 7 kishidan iborat. Arxiv mudiri N.Kaharova, arhivarius Madumarova N.ish yurituvchi D.Ro’zimatova, nazoratchi  G.Saitqulova, nazoratchi O.Nazarova, kur’er I.Kosimovalar bo’limda faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

Andijon davlat tibbiyot instituti

      DEVONHONA BA ARXIV BO’LIMI

Andijon shahar Yu.Otabekov ko’cha 1-uy              A.Fitrat ko’chasi

Devonhona ba arxiv bo’limi institut bo’yicha ish yuritishni tashkil etish uchun mas’ul bo’lim hisoblanadi. U to’gridan-to’gri institut rektoriga bo’ysunadi. Hat va hujjatlarni bagarilishi, o’z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Andijon davlat tibbiyot institutining tarkibiy bo’limlarida ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilish bo’iycha YO’RIQNOMAga qat’iy amal qilgan holda olib boriladi

Mazkur YO’RIQNOMA quyidagi hujjatlar talablariga muvofiq tuzilgan

O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’grisidagi” O’RQ-378-son Qonuni;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’grisida”gi 12-sonli Qarori;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasining 1999 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-son Qarori;

Vazirliklar, davlat qo’mitalalari, idoralar, xo’jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va xududiy bo’linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi (O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28 avgustda 11-10 son bilan tasdiqlangan).

Boshqaruv  hujjatlarini ishlab chikishning huquqiy asosi bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari.
  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari.
  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari bayonnomasi.
  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari yozma va og’zaki.
  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti kotibiyatining topshiriqlari.
  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslaxatchilarining topshiriqlari.
  7. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishlari.
  8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari
  9. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislar bayoni.
  10. Ro’yhati ish yuritish bo`yicha yo`riqnomada belgilangan xujjatlar asosida olib boriladi va doimiy nazoratga olinadi.

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI BUXGALTERIYA BO‘LIMI

    NURDINOV BAXROMJON – BUXGALTERIYA BO‘LIMI
                                                                           BOSHLIG’I
 

 Telefon:      –     (+998 74) 223 94 67

 Elektron pochta:      –     b.nurdinov1952@umail.uz

 Qabul kunlari:          Seshanba – Juma (14:00 – 16:00)   


Andijon davlat tibbiyot instituti bu
хgalteriya bo‘limi tarixi.

 Buхgalteriya bo‘limi institut tashkil topgan kundan, ya’ni 1955 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shu o’tgan davr ichida bo’limga quyidagilar rahbarlik qilgan:

  1. T.Andriyanova 1955 – 1958 yillar mobaynida faoliyat yuritgan
  2. M.Alieva                1958 – 1964 yillar mobaynida faoliyat yuritgan
  3. Muhammedov    1964 – 1968 yillar mobaynida faoliyat yuritgan
  4. Sh.Burxonov    1968 – 1972 yillar mobaynida faoliyat yuritgan
  5. Nurmatova 1972 – 1976 yillar mobaynida faoliyat yuritgan

1976 yildan hozirgi kungacha bosh buxgalter  lavozimida B.N.Nurdinov muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.

 Institut buхgalteriya bo‘limi faoliyati haqida.

Institut  buхgaltеriyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

Buxgaltеriya, qiziqqan tashqi va ichki foydalanuvchilarga institutning moliyaviy-xo’jalik faoliyati va moliyaviy ahvoli to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarni yеtkazish uchun univеrsitеt buxgaltеriya hisobini tashkil etadi va yuritadi;

Institut  faoliyatinining moliyaviy ahvoli va natijalarini baholash, tahlil qilish, loyihalash va nazorat qilish uchun o’z vaqtida ma’lumotlarni olish imkoniyatini bеruvchi, institut faoliyatining xo’jalik yuritish shartlari, tuzulmasi, tarmoqqa taalluqlilik darajasi xususiyatlaridan va boshqa turdagi imkoniyatlaridan kеlib chiqib buхgaltеriya hisobi to’g’risidagi mе’yoriy – hujjatlarga mos ravishda hisobga olish siyosatini shakllantiradi.

Buхgaltеriya ichki hisobotlari shakllarini, xo’jalik opеratsiyalarini rasmiylashtirish uchun qo’llaniladigan birlamchi hisob hujjatlari shakllarini, statistik va analitik hisoblardan iborat buxgaltеriya hisobi ish rеjasini tayyorlaydi va tasdiqlatadi;

Invеntarizatsiya o’tkazish va mulkni baholash tartibini, mulkning mavjudligi, uning holati va bahosi to’g’risidagi hujjatlarni yuritishni ta’minlaydi;

hujjat aylanish tartibiga rioya etgan holda xo’jalik opеratsiyalarini rasmiylashtirishning to’g’riligini ichki nazorat qilish tizimini tashkil etadi;

Tashqi va ichki foydalanuvchilarga zarur bo’lgan buxgaltеriya ma’lumotlarini taqdim etishni ta’minlovchi, buxgaltеriya, soliq, statistik va boshqaruv hisobi talablariga mos kеluvchi buhgaltеriya hisobi va hisobotlari axborot tizimini shakllantiradi;

Zamonaviy axborot tеxnologiyalarini, hisobga olish va nazorat qilishning progrеssiv shakllari va usullarini qo’llagan holda buxgaltеriya hisobi rеyеstrlarini yuritish bo’yicha ishlarni olib boradi;

Institut  faoliyatining moliyaviy natijalari, moliyaviy, hisob va krеdit opеratsiyalari, moliyaviy mablag’lari, matеrial-ishlab chiqarish zaxiralari, asosiy vositalar, majburiyatlar  va mulkni hisobini yuritish bo’yicha ishlarni amalga oshiradi;

Buxgaltеriya quyidagilarni ta’minlaydi:

Buxgaltеriya hisob raqamlarida xo’jalik opеratsiyalarini, vositalar harakatini, daromad va xarajatlarni shakllantirishni va majburiyatlarni bajarishni aniq va o’z vaqtida aks ettirish;

Soliqlar va yig’imlarni rеspublika, mintaqaviy va mahalliy byudjеtlarga, sug’urta badallarini davlat byudjеtdan tashqari ijtimoiy fondlarga, to’lovlarni krеdit tashkilotlariga, mablag’larni moliyalashtirish obyеktlariga, mablag’larni ssudalar bo’yicha qarzdorlikni yopish uchun o’z vaqtida o’tkazib bеrish;

Tashkilot tomonidan mеhnat uchun haq to’lash fondining sarflanishini va ishchilarga haq to’lash hisoblarining to’g’riligini, invеntarizatsiya o’tkazishni, buxgaltеriya hisobi va hisobotlar  yuritish tartibini hamda qonuniy taftishlar o’tkazilishini nazorat qilish;

Tashkilot ichki auditida buxgaltеriya hisobi va hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida moliyaviy tahlil o’tkazishda va soliq siyosatini shakllantirishda ishtirok etish;

Institutning moliyaviy faoliyati natijalarini yaxshilashga yo’naltirilgan takliflarni ishlab chiqish, moliyaviy yo’qotishlarni va ishlab chiqarishga qaratilmagan xarajatlarni yo’q qilish;

Moliyaviy va g’azna tartib qoidalariga rioya etishni ta’minlash, yеtishmovchiliklarning, dеbitorlik qarzdorliklarning va boshqa yo’qotishlarning buxgaltеriya hisobi hisobotlaridan chiqarishni qonuniyligini ta’minlash bo’yicha ishlar olib borish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining  Andijon davlat tibbiyot institutida   tashkil etilgan bo`limi faoliyati  

 

Andijon Davlat tibbiyot institutida  ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i

 tibbiyot fanlari nomzodi dotsent:

To’ychiev G’olibjon Urmonovich

tel:+99890-145-27-17

e-mail: d.r_golib1964@mail.ru

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini  nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining  qarori qabul  qilindi.

Qarorga asosan Andijon Davlat tibbiyot institutida  ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tashkil etildi. Buyruqga asosan bo’lim boshlig’i etib tibbiyot fanlari nomzodi dotsent To’ychiev G’olibjon Urmonovich, bosh mutaxassislar tibbiyot fanlari nomzodi dotsent Nasirdinova Nargiza Asqarovna, katta o’qituvchi Pakirdinov Alisher Sayfutdinovichlar faoliyat olib bormoqda.

Bo`lim hodimlari

F.I.SHlavozim telefon no`merelektron popchta
Nasirdinova Nargiza Asqarovnabosh mutaxassis, tibbiyot fanlari  nomzodi dotsent+99891-476-84-74nargis.nevro.73@mail.ru
Pakirdinov Alisher Sayfutdinovichbosh mutaxassis,       katta o’qituvchi+99894-431-08-80pakiridinov.dr@umail.uz

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari, professor-o‘qituvchilari, fuqorolar murojaatlari, takliflar va e’tirozlarni institut asosiy o‘quv binosi 2-qavatida joylashgan Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi224-xonada qabul qilinadi.

TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO‘LIMI:

 YIL SARHISOBI

        Andijon davlat tibbiyot institutida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi 2018-yil yanvar oyidan o‘z faoliyatini  boshladi. Institut veb-saytida bo‘lim faoliyatining asosiy maqsadi  yoritib berilib, ish faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yildi.

            O‘quv jarayonidagi  me’yoriy hujjatlar: DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan ta’minlanganlik holati va institut professor-o‘qituvchilarini shaxsiy ish rejalarining yarim va o‘quv yili yakunlari tahliliy o‘rganib chiqilib, natijalari institut ilmiy kengashiga taqdim qilindi.

     Kafedra kesimida moddiy-texnik baza holati (amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan maxsus o‘quv xonalari  va ulardagi jihozlarning mavjudligi, zamonaviyligi, yaroqlilik muddati, zarur moddiy ashyolar bilan ta’minlanganligi va h.k.) ilova-jadval asosida tahlil qilindi, tegishli takliflar tayyorlandi. Kafedralar tomonidan amalga oshirilayotgan grantlar, shartnomalar asosida moddiy-texnik bazani yaxshilashga  qo‘shgan hissasining ulushi o‘rganildi.

O‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati (fanlar va tillar kesimida), to‘liq o‘rganildi.  Yangi adabiyotlarga buyurtmalar berildi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini bosqichma-bosqich tayyorlash bo‘yicha reja muvofiqlashtirildi, uning ijrosi nazoratga olindi.

Institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati ilova-jadval asosida taxliliy o‘rganildi, ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlanib,  institut rektoriga taqdim etildi.

Dars mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi tahliliy o‘rganilib, unda darslarda AKTdan va pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasi, baholar shaffofligiga, reglament, o‘qituvchilarni darsga tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi va natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlanib, institut rektoriga taqdim etildi.

Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalarning mavjudligi, o‘quv-laboratoriya xonalarining zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi, ARMdagi sharoitlar, ish tartibi, kompyuter texnikalari va ularning internetga ulanganligi, ishlash tezligi, Wi-Fi zonalarining mavjudligi, TTJlarda kutubxonalarning mavjudligi, ulardagi sharoitlarning holatlari yil davomida o‘rganilib, tegishli takliflar tayyorlandi. (rasm)

Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari semestr yakuni bo‘yicha solishtirma jadvallar, sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilindi. Reyting ballarining xolisligini, shaffofligi va sifat darajasini  baholash maqsadida (bitiruvchi kurs guruhlaridan har bir yo‘nalishdan, tanlov asosida)  yozma shaklda nazorat o‘tkazildi, turdosh kafedra mutaxassislari tomonidan tahlil qilinib, tafovutlar bo‘yicha takliflar tayyorlandi va institut rektoriga taqdim etildi.

Magistratura mutaxassisliklarida oxirgi 3 yilda magistrlik dissertatsiyalari mavzularining ishlab chiqarishdagi (kadrlar iste’molchilari) dolzarb muammolardan kelib chiqib shakllantirilganligi hamda ulardagi takrorlanishlarning mavjudligi muammolar hay’atlarida o‘rganilib, tahlil qilindi. Institut ilmiy kengashida mavzu va ilmiy rahbar tasdiqlandi. Tahlil natijalari va takliflar institut rektoriga va ilmiy Kengashga taqdim etildi.

Chet tilini o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha kurslarning tashkil etilganligi, ularning samarasi o‘rganilib takliflar tayyorlandi va institut rektoriga taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli Qarori ijrosi yuzasidan ADTI ning 2017 yilgi faoliyatini reyting baholashga oid ma’lumotlar barcha indikatorlar bo‘yicha to‘liq o‘rganilib Davlat inspeksiyasiga taqdim etildi.

Institutda attestatsiya va akkreditatsiya  jarayoniga  tayyorgarlik  maqsadida ichki attestatsiya buyrug‘i, mexanizmi, chora-tadbirlar rejasi  ishlab chiqildi va ichki attestatsiya o‘tkazildi. Attestatsiya natijalari bo‘yicha kafedralarga vazifalar belgilandi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddatlar  belgilanib, bajarilishi nazorat qilib borildi.

Institut akademik litseyi faoliyati ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddatlar belgilandi va takliflar berildi. Ma’lumotlar ADTI rektoriga taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining 2018 yil 5 iyundagi 9498-hh-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida  Oliy ta’lim muassasalarini yangi 2018/2019 o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan “Harakat dasturi” da belgilangan vazifalar ADTIda bajarilishi monitoringi olib borildi va ma’lumotlar Davlat inspeksiyasiga taqdim etildi.

Kafedralar kesimida professor-o‘qituvchilarning 2018/2019 o‘quv yili shaxsiy ish rejalarida belgilangan vazifalarni jamoatchi ekspertlarni jalb etgan holda o‘rganildi. “Vaqt me’yorlari” asosida yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlanganligi tahlil qilindi, muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar holati tegishli bo‘lim, fakultet va kafedralar kesimida o‘rganildi.. Joriy yilda iqtidorli talabalar tomonidan 950 ta ilmiy maqola va tezislar chop etildi, shulardan  xalqaro ilmiy jurnallarda 35 ta, Respublika ilmiy jurnallarida 75 ta, xalqaro konferensiyalarda 45 nafar,  Respublika miqyosida o‘tkazilgan konferensiyalarda 350 nafar, institut miqyosidagi  konferensiyalarda  850 nafar talabalar ishtirok etdilar.

2018 yil davomida Davlat inspeksiyasi tomonidan  kelgan  48 ta xatning ijrosi belgilangan  muddatlarda  ta’minlandi. Institut TSNQB xodimlari tomonidan 2018 yil fevral, iyun oylarida viloyat   xalq ta’limining  2745 nafar pedagog-o‘qituvchisini malaka toifa olishlari uchun onlayn tarzda test topshirish  jarayonida ishtirok etdilar. Andijon viloyati shahar va tumanlarida 35 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 62 ta maktab, 9 ta DIMI , 7 ta kasb-hunar kolleji, Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi, 20 ta nodavlat o‘quv markazlari faoliyati o‘rganildi. 2018 yilda Respublika oliy ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha 5 ta OTM va 2 ta o‘rta maxsus malaka oshirish markazi va bo‘limlari faoliyatini o‘rganishda ishtirok etdilar.

TSNQBning 2018-2019 o‘quv yili uchun ish rejasi ishlab chiqiladi va institut rektori tomonidan tasdiqlandi.

TSNQ Davlat inspeksiyasi tomonidan 2019 yil 7 yanvar №01-15 sonli xatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 371-sonli Qarori ijrosi yuzasidan ADTI ning 2018 yildagi faoliyatini reyting baholashga oid ma’lumotlar barcha indikatorlar bo‘yicha o‘rganilmoqda.

Ta’lim  sifati  samaradorligi  tahlili    

Andijon  davlat   tibbiyot  instituti   Ta’lim  sifatini  nazorat qilish bo‘limi  2019- yil   I-chorak  ish rejasida  kafedralarda ta’lim sifatini samaradorligini  oshirish va talabalar bilim darajasini aniqlash, kafedradagi professor-o‘qituvchilarning faoliyatini o‘rganish, talabalarni fanlar  bo‘yicha baholanishi  shaffoflikda  o‘tkazilishini   ta’minlash, institut o‘rtacha sifat ko‘rsatkichidan  yuqori  va past ko‘rsatkichli  fanlar   kesimida  tahlillar  o‘tkazildi. 

2019-yilning  4-10-aprel  kunlarida  tanlangan  fan  va  guruhlarda  na`munaviy  o‘quv  dasturidagi  mavzularni  to‘liq  qamrab  olgan holda tayyorlangan  biletlar  asosida  yozma  ish  shaklida  sinovlar o‘tkazildi.  Yozma ish  nazorati OHI  yo‘nalishining  201-202-guruhlarida “Akusherlik  va  ginekologiya” fanidan,  pediatriya fakultetining 514-515-guruhlari, “Oftalmologiya” fanidan, davolash fakultetining 403-404 guruhlari Travmatologiya  va  ortopediya” fanidan    va  davolash fakultetining   213 – a,b guruh talabalaridan “Normal fiziologiya” fanidan  olindi.

Olingan natijalar tahliliy o‘rganilganda o‘zlashtirish va baholanishda korrelyasiyasion farqlar meyyor talablariga mos keldi. Ayrim guruhlardagi farqlarning kattaligi,  ayniqsa, klinik fanlarda mavzuga oid videoroliklar, taqdimotlar, simulyasion  markazdagi mashg‘ulotlarni yanada kuchaytirishni belgilaydi.

Kafedralarda o‘tilgan fanlar bo‘yicha  talabalardan  ma’lum bir vaqt oralig‘ida fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini tekshirish,  xalqaro  oliy ta’lim muassasalari tajribalaridan kelib chiqqan holda,  har bir fan bo‘yicha mavzular kesimida ayniqsa klinik fanlarda mavzuga oid videoroliklar, taqdimotlar, simulyatsion  markazda mashg‘ulotlarni o‘tkazilishini ta’minlash, talabalarda nafaqat eslab qolish qobilyatiga ega bo‘lishlari, balki amaliyotda ham muvaffakiyatli qo‘llashlari tajribalarda aniqlangan.

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI QOSHIDAGI TIBBIYOT KOLLEJLARI PEDAGOGLARINI MALAKA OSHIRISH MARKAZI 

Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi tibbiyot kollejlari pedagoglarini malaka oshirish markazi boshlig`i

tibbiyot fanlari doktori dotsent:
Davlatov Baxodir Nabijonovich
tel:+99893-78078-02
e-mail:dbnaprel@mail.ru

NIZOMI

Umumiy qoidalar

  • Malaka oshirish markazi Farg`ona vodiysida joylashgan hududiy tibbiyot kollejlari pedagoglarining malaka oshirish uchun tashkil etilgan.
  • Hududiy tibbiyot kollejlari pedagoglarining mutaxassislik fanlari bo`yicha malaka oshirish muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun yaratilgan. Ularning faoliyati mintaqa va tarmoqning kadrlar malakasini oshirishga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, idoraviy tasarrufidan qat’i nazar kadrlar malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy va informatsion ta’minlashga yo`naltirilgan.
  • Mustaqil ta’lim muassasasi sifatida tashkil qilingan malaka oshirish markazi yuridik shaxs maqomiga ega bo`lib, O`zbekiston Respublikasi qonunlari joriy qilgan tartibda ro`yxatga olingan paytdan ta’sis qilingan deb hisoblanadi.

Malaka oshirish markazi bank muassasalarida hisob raqami, joriy qilingan shakldagi muhr, shtamp va o`z nomi ko`rsatilgan maxsus blankga egadir.

  • Davlat markazlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tuziladi, qayta tuziladi va tugatiladi.
  • Malaka oshirish markazi zamonaviy moddiy-texnika baza va yuqori malakali kadrlarga ega bo`lgan universitet va tarmoq uchun tayanch bo`lgan institutlar qoshida vujudga keltiriladi. Markazning tarkibiy qismini kafedra va o`quv- ilmiy laboratoriyalar tashkil qiladi.

Markaz davlat va nodavlat (tijorat yoki jamoat tashkilotlari, xususiy shaxslar tomonidan tuzilgan) bo`lishi mumkin.

  • Malaka oshirish markazi O`zbekiston Respublikasi ta’sischisi eski ta’sischilarining o`zaro munosobatlari O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq; to`zilgan shartnoma asosida belgillanadi.
  • Markaz ta’lim faoliyatini ko`rsatish huquqiga tegishli litsenziya olgandan keyingina ega bo`ladi. Markaz qayta tuzilganda yoki tuzilganda, uning Ustavi, litsenziyasi va davlat akreditatsiyasi haqida guvohnoma o`z kuchini yo`qotadi.
  • Markazning nomi uni tashkil etish yoki qayta to`zish paytida belgilanadi va ta’sischi yoki ta’sischilar tomonidan (agar bu markazning tashkiliy-huquqiy shakli va mutaxasislar malakasini oshirish yo`nalishlari almashtirilmasa) o`zgartirilishi mumkin.

Davlat tomonidan tuzilgan markazning nomi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o`zgartiriladi.

  • Markaz o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi “Talim tugrisida” gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ta’limini boshqaruvchi tashkilotlarning ko`rsatmalari, O`zbekiston Respublikasi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash haqidagi Nizomi va mazkur ustavga muvofiq olib boradi.
  1. Markaz vazifalari.
    • Markaz o`z faoliyatini vazirlik, idora, korxonalar buyurtmalari asosida tuzilgan yillik va istiqbol rejalari asosida amalga oshiradi.
  • Markazda turli muddatli, saviyali va yo`nalishi qo`shimcha kasbiy ta’lim dasturlari amalga oshirilishi mumkin.

Qo`shimcha kasbiy ta’lim dasturlari malaka oshirish markazi tomonidan buyurtmachi ehtiyojlari va malaka oshirishga qo`yiladigan davlat talablari hisobga olingan holda mustaqil ravishda ishlab chiqariladi, tasdiqlanadi va amalga oshiriladi. Bu dasturlarni ishlab chiqarish va tasdiqlash tartibi markaz Nizomida belgilanadi.

Davlat markazlari uchun qo`shimcha kasbiy ta’lim dasturlarining mavjudligi majburiydir.

  • Markaz o`quv ( shu jumladan,mutaxasislarni yakka tartibda o`qitish bo`yicha ham) rejalarini ustavda belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Markazda o`quv jarayoni kalendar yili davomida tashkil qilinishi mumkin. Pedagoglar yuklamasi markaz ustavida o`quv yili davomiyligi asosida rejalashtiriladi.

  • Ta’lim sifatini yaxshilash, uni mamlakatimiz va jahon pedagogik amaliyoti yutuqlari asosida tashkil etish maqsadida markaz ilmiy-uslubiy ishlar hamda joriy qilingan tartibda nashriy faoliyatini amalga oshiradi, o`quv rejasi va dasturlar, o`quv-uslubiy hujjatlar, ma’ruza matlari va o`quvqo`llanmalarini nashr etadi, ilmiy-uslubiy konferensiya va seminarlar o`tkazadi.
  • Markaz kasbiy oliy ta’lim muassasalari uchun joriy qilingan tartibda ilmiy faoliyat ko`rsatadi. Ilmiy tadqiqotlar mavzulari markaz ilmiy kengashi tomonidan tasdiq
  • Markaz tarmoq vazirliklari, korxona va idoralarga malaka oshirish turlari, shakllari, yo`nalishlari va muddatlari ko`rsatilgan prospektlar tarq
  1. Malaka oshirish markazlarining tinglovchilari.
    • Malaka oshirish markaziga tinglovchilar vazirlik va idoralar tasarrufidagi korxona va tashkilotlar yo`llanmasi hamda tuzilgan shartnomalar asosida qabul qilinadi hamda markaz direktorining buyrugi bilan ro`yxatga olinadi.
    • Tinglovchilar saviyasini aniqlash va guruxlarga taqsimlash maqsadida markaz suhbat asosida tinglovchilar bilimlarining dastlabki nazoratini o`tkazadi.

Malaka oshirish markazida o`qishi davomida tinglovchiga mazkur muassasada o`qish muddatlari ko`rsatilgan ma’lumotnoma beriladi.

  • Tinglovchining huquq; va majburiyatlari O`zbekiston Respublikasi qonunlari, markaz Nizomi va ichki tartib qoidalari asosida belgilanadi.
  • Malaka oshirish markazining tinglovchilari-ta’lim dasturlarini shaklantirishda qatnashish va tegishli o`quv bo`linmalari bilan kelishilgan holda fakultativ va yakka tartibda ta’lim olish uchun fanlarni tanlash;

-markaz ustavida joriy qilingan tartibda markazning fakultet, kafedra va boshqa tuzilmaviy bo`linmalarida mavjud kasbiy faoliyatga oid yo`riqnomalar, meyoriy, o`quv va uslubiy hujjatlardan hamda kutubxona, axborot, jamg`arma va boshqa bo`linmalar xizmatidan foydalanish;

-konferensiya va seminarlarda qatnashish, muassasa nashrlarida chop etish uchun referatlar, attestatsiya ishlari va boshqa materiallarni taqdim etish;

O`zbekiston Respublikasi qonunlari joriy qilgan tartibda ma’muriyat buyruqlari va qarorlari ustidan arz qilish huquqiga egadirlar.

Tinglovchilar O`zbekiston Respublikasi qonunlari va markaz ustavi joriy qilgan boshqa huquqlariga ham egadirlar.

  • Tinglovchilarning bilim darajasi bilimlarning joriy nazorati kurs va attestatsion ishlar, referatlarni himoya qilish, imtihon topshirish, markaz direktori tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiyalar tomonidan o`tkazilgan suhbatlar asosida aniqlanadi.
  • Davlat akreditatsiyadan o`tgan malaka oshirish markazi ta’lim kursini muvaffaqiyatli bitirgan tinglovchilarga o`qish muddatiga muvofiq davlat nusxasidagi hujjatlarni topshiradi.

Malaka oshirish hakidagi ma’lumotlar tinglovchilarning asosiy ish joyidagi kadrlar xizmatiga yuboriladi.

  • Malaka oshirish markazi tinglovchilari o`quv rejasi va dasturlari nazarda tutilgan nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni chuqur o`zlashtirish, o`quv mashgulotlariga qatnashish, markaz, korxona va turar joyidagi ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari shart.

Ichki tartib qoidalarini buzgan tinglovchilarga nisbatan xatto tinglovchilar safidan chiqarishgacha bo`lgan intizomiy jazo choralari quriladi va bu haqda tinglovchining asosiy ish joyiga xabar qilinadi.

  1. Malaka oshirish markazining pedagog kadrlari va xodimlari.
    • Malaka oshirish markazida uning rahbariyatidan tashqari ilmiy pedagogik (professor-pedagoglar,ilmiy xodimlar), injener-texnik, ma’muriy xo`jalik, ishlab chiqarish, o`quv-yordamchi lavozimlari ko`zda tutiladi.
    • Pedagoglar tarkibi konkurs asosida shakllantiriladi va oliy o`quv yurtlari pedagoglari uchun amalda belgilangan limitlardan foydalanadilar.
    • Malaka oshirish markazida iqtisodiyot tarmoqlari sohalari va boshqa oliy yurtlaridagi olimlar, tajribali rahbarlar xodimlar va etakchi mutaxassislarni amaldagi tartibda o`rindoshlik bilan yoki ish haqi soatbay to`lanadigan shakllarda pedagogik faoliyat uchun jalb qilishi mumkin.
    • Malaka oshirish pedagoglari va xodimlar huquqlari, ularning ijtimoiy himoyalanishi, moddiy va ma’naviy taqdirlash shakllari O`zbekiston Respublikasi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash haqidagi ustavga muvofiq belgillanadi.
  1. Malaka oshirish markazini boshqarish
    • Malaka oshirish markazini boshqarish O`zbekiston Respublikasi qonunlari va mazkur ustavga muvofiq amalga oshiriladi.
    • Malaka oshirish markazining ustavi, uning xodimlari umumiy majlisi yoki konferensiyasida qa’bul qilinadi va ta’sischi yoki ta’sischilar tomonidan tasdiq

Ustavga o`zgartirishlar kiritish ilmiy kengashi qarori bilan amalga oshiriladi va ta’sis (ta’sischilar) tomonidan tasdiqlanadi.

  • Markazning umumiy boshqaruvini muassasa rahbari boshchiligidagi ilmiy kengash amalga oshiradi.

Ilmiy kengashni shakllantirish, uning vakolatini va faoliyatini tartibga solish kasbiy oliy ta’lim muassasi haqidagi ustavda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • Markaz faoliyatini bevosita boshqarish uning direktori tomonidan oshiriladi .

Markaz rahbariyati tarkibiga direktor va metodist kiradi.

Bo`sh (vakant) rahbarlik lavozimi egallash tartibi va faoliyat ko`rsatish “Oliy ta’lim haqida” gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. Malaka oshirish markazi faoliyatini nazorat qilish.
  • Malaka oshirish markazi faoliyatini nazorat qilish “Ta’lim to`g`risida” gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Malaka oshirish markazi O`zbekiston Respublikasi qonunlari, meyoriy huquqiy hujjatlari talablari, nizom va litsenziya shartlarini bajarishi hamda uni ta’limiy va moliyaviy-xujalik faoliyatini ustidan bevosita nazorat qilishni o`z vakolati chegarasida ta’sischi (ta’sischilar) amalga oshiradi.

Malaka oshirish markazi tomonidan davlat talablarining bajarilishini xamda kadrlar malakasini oshirish sifatining nazorati mazkur tizimni boshqarish buyicha vakolatli davlat tashkiloti—Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qoshida tuzilgan muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.

  • Ta’lim natijalari bo`yicha tinglovchilarga davlat nusxasidagi hujjat beradigan markaz joriy qilingan tartibda davlat akreditatsiyasidan o`tishi kerak.
  1. Malaka oshirish markazining mulki.
    • Mustaqil ta’lim muassasi sifatida tashkil qilingan tarmoqqa oid mintaqaviy malaka oshirish markazlari fakultet, kafedra, laboratoriya, hisob markazlari, tajriba maydonlari va xo`jaliklari, o`quv teatrlari, boshqa tuzilmaviy bo`linmalar va filiallarga ega bo`lishi mumkin.

Kadrlar malakasini oshirish markazi malaka oshirish muassasalari ishlarini muvofiqlashtirish, kadrlar malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar va boshqa vazifalarini bajarish bo`yicha o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining turli korxonalari, muassasa va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga hamda ta’lim muassasiga yuqori boshqaruv tashkiloti tomonidan yetkaziladigan davlat buyurtmasiga amal qiladi.

  • Davlat markazi faoliyatini ta’minlash maqsadida unga boshqaruv tashkiloti tomonidan mulk obyektlari (yer, binolar, inshootlar, mulk jamlamalari, transport vositalari, jihozlar) hamda Ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun ajratilganlari biriktiriladi.

Kadrlar malakasini oshirish markazi unga biriktirilgan mulkni O`zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan belgilangan faoliyat maqsadiga mos holda tezkor boshqarish huquqiga ega bo`ladi va o`ziga biriktirilgan mol-mulklarni saqlash va ulardan samarali foydalanish majburiyatini oladi.

  • Kadrlar malakasini oshirish markazi o`ziga biriktirilgan mulklarini amaldagi qonunlarga ko`ra ijaraga berish quuqiga egadir.
  1. Moliyaviy ta’minot, uni xisobga olish va hisobot.
    • Kadrlar malakasini oshirish markazi uchun moliyaviy xo`jalik yuritishning quyidagi shakllari belgilanadi.

—byudjetdan moliyalash.

–o`z-o`zini moliyalash.

—byudjetdan va o`z-o`zini moliyalashning aralash turi.

Moliyaviy va xo`jalik faoliyati olib borish shakli kadrlar malakasini oshirish markazi tashkil etilishda ko`rsatiladi va ustavda o`z aksini topadi.

  • har xil davlat boshqaruv tashkilotlari, korxonalar va mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, shu jumladan, chet el firmalari bilan tuzilgan shartnomalar kadrlar malakasini oshirish markazi moliyaviy-xo`jalik faoliyati yuritishning asosi bo`lib xizmat qiladi.
  • Kadrlar malakasini oshirish markazlari mulkini shakllantirish va moliyalash manbalariga quyidagilar kiradi
  • davlat byudjeti

mutaxassislarni maqsadli tayyorlashga sarflangan xarajatlarni qisman qoplash uchun ta’lim muassasalarining vazirliklar va muassasalardan olinadigan mablag`lari

  • turli xo`jalik faoliyatini amalga oshirishdan tushadigan mablag`lar bank kreditlari va ularning kreditorlaridan olinadigan mablaglar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan berilayotgan ixtiyoriy xayriya maqsadli badallar, shu jumladan, xorijiy va boshqa manbalar .
  • Kadrlar malakasini oshirish markaziga ishbilarmonlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqi ( agar u ustavda keltirilgan asosiy faoliyatga zarar yetkizmaydigan bo`lsa) beriladi.

Kadrlar malakasini oshirish markazi mehnatga haq; to`lash shakli va tizimini, qo`shimcha va ustama haq to`lovlari mukofotlar va rag`batlantirish xarakteridagi haq to`lashning boshqa turlarini mexnatga haq to`lash uchun o`zida mavjud bo`lgan mablag`lar doirasida mustaqil belgilaydi.

Kadrlar malakasini oshirish markazi rasmiy tartibda o`z faoliyat natijalari bo`yicha joriy va buxgalter hisobini hamda statistik va buxgalter hisobotini olib boradi.

Mansabdor shaxslar davlat xisoboti buzilganligi uchun O`zbekiston Respublikasi qonunlari joriy qilgan intizomiy,ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Kadrlar malakasini oshirish markazida byudjet va moliya intizomiga rioya qilish nazorati rasmiy tartibda amalga oshiriladi.

Xalqaro hamkorlik

  • Kadrlar malakasini oshirish markazi o`z oldida turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida pedagogik kadrlar malakasini oshirish va ilmiy tadqiqotlar o`tkazish bo`yicha xalqaro alqaqalarda qatnashadi hamda O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofik tashqi iqtisodiy faoliyati amalga oshiradi.
  • Xorijiy fuqarolarning malakasini oshirish hukumatlararo keli- shuvlarga asosan xalqaro va jamoat tashkilotlarining yo`llanmasi bo`yicha hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda chet el o`quv yurtlari, tashkilotlar va korxonalari bilan o`rnini qoplashga yoki bu tashkilotlarning o`quv yurti hisobiga o`tkazilganmablaglariga asoslanib tuzilgan shartnomalar va bitimlar bo`yicha O`zbekiston Respublikasining “ Ta’lim to`g`risidagi” qonuniga mos holda amalga oshiriladi.

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI QOSHIDAGI TIBBIYOT KOLLEJLARI PEDAGOGLARINI MALAKA OSHIRISH MARKAZIDA QUYIDAGI 10 TA YO`NALISH BO`YICHA MALAKA OSHIRILADI

  1. Hamshiralik ishi
  2. Terapiya
  3. Stomatologiya
  4. Tibbiy profilaktika ishi
  5. Mikrobiologiya
  6. Lotin tili
  7. Jarrohlik
  8. Akusherlik ishi
  9. Pediatriya
  10. Anatomiya